Allantois
Allantois, embrion qovugʻi (Al-lantois) — sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar — amniotalarning embrion pardalaridan biri. Orqa ichak-dan hosil buladi, amnion bilan seroz par-da orasida joylashadi. Embrionda nafas olish, chiqarish va oziqlantirish vazifa-sini bajaradi. Sudralib yuruvchilar va qushlarda A. yaxshi rivojlangan. Sut emi-zuvchilarda embrion bachadonda taraqqiy etganligidan A. bir qancha oʻzgarishlarga uchraydi va yuldosh (platsenta) shaklla-nishida qatnashadi. A. devoridagi bir talay qon tomirlari embrion bilan tashqi muhit yoki embrion bilan ona organizmi ur-tasida gaz almashinuvini taʼminlaydi. Embrion rivojlanishining soʻnggi dav-rlarida A.ning embrionda qolgan qismi qovuqqa aylanadi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |