Kontent qismiga oʻtish

Pnevmosistoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pnevmosistoz

Pnevmosista bakteriyasi hosil qilgan sporangiy
pneumocystis carinii
MedlinePlus Pnevmoniya

Pnevmosistoz – sporalilar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasallik. Bu kasallikda oʻpka alveolalari zararlanadi va oʻpkada pnevmoniya shakllanadi.

Qoʻzgʻatuvchisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻzgʻatuvchisi – pnevmosista (pneumocystis carinii) oval shaklida boʻlib, kattaligi 2—3 mkm ga teng. Boʻlinish yoʻli bilan koʻpayadi, avval qobiq ostidan teng ikkiga boʻlinadi, soʻngra esa qobiqning oʻzi ham boʻlinadi. Bir necha boʻlinishlardan keyin ayrim trofozoitlardan sporagoniyalar rivojlanadi, yaʼni jinsiy ko‘payish sikli boshlanadi. Trofozoitning parazitar tanachalari kattalashadi, sistalar devori shakllanadi va yadro 2,4 va 8 ta yadrolarga bolinadi[1]. Natijada sporosista hosil boʻladi, unda 8 ta ovalsimon yoki noksimon spora joylashadi, har bir sporaning kattaligi 1—2 mkm ga teng. Sistalar diametri 10 mkm ga yaqin boʻladi. Romanovskiy usulida boʻyaganda pnevmosistalar binafsha rangga, yadro esa – toʻq koʻk rangga boʻyaladi[2].

Yuqish yoʻllari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Infeksiya manbai – odam , qo‘ylar, itlar va kemiruvchilar hisoblanadi. Pnevmosistalar bronxial shilliq tomchilari, so‘lak va balg‘am bilan ajraladi. Asosan havo-tomchi yo‘li bilan, baʼzan esa transplatsentar yo‘l bilan ham yuqadi[3].

Oʻpkadagi pnevmosistalarning koʻrinishi

Parazitlar oʻpka alveolalarida joylashib alveolalar orasidagi toʻsiqlarni zararlaydi va surunkali interstitsial pnevmoniyaga sabab boʻladi. Alveolalar va bronxiolalar koʻpiksimon massa bilan toʻladi, natijada gaz almashinuvi buzilib, kislorod yetishmovchiligi kuzatiladi.

Klinik manzarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yashirin davr 30 kundan 3 oygacha davom etadi. Kasallik avj olganda tana harorati subfebril koʻrsatkichda boʻladi. Bu davrda surunkali pnevmoniya belgilari kuzatiladi[4]. Quruq yo‘tal, nafas yetishm asligi, sianoz va nafas olishning tezlashishi aniqlanadi[5]. Kasallik 8 oygacha davom etadi, oqibati koʻpincha yomon tugaydi. Pnevmosistoz odatda ko‘krak yoshidagi, ayniqsa chala tugʻilgan va nimjon bolalarda koʻp uchraydi. Baʼzan sil kasalligining kechishini ogʻirlashtiradi. Koʻpincha OITS ga chalingan kishilarda rivojlanadi[6]. Kasallik koʻproq bolalar orasida tarqaladi. Tug‘ruqxona va chala tugʻilgan bolalar[7] uchun moʻljallangan boʻlim xodimlari orasida uzoq vaqt davom etadigan tashuvchanlik kuzatilishi mumkin.

Diagnostikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bevosita laringoskopiya usulida pnevmosistalarni topish uchun bolalardan olingan[8] va kateter yordamida traxeya yoki yuqori nafas yoʻllaridagi shilliqdan tayyorlangan surtmalar Romanovskiy usulida boʻyalgandan soʻng mikroskopiya qilinadi[9]. Bundan tashqari, balgʻam yoki suv bugʻlari bilan ingalyatsiya qilingandan keyin kuchli yoʻtal natijasida nafas yoʻllarining pastki boʻlimlaridan olingan shilimshiqdan tayyorlangan surtmalar ham tekshiriladi. Pnevmosistalar kasallikning 2-haftasidan boshlab topiladi. Surtmalarni bevosita mikroskopiya qilish hamma vaqt ham ijobiy natija bermaydi, chunki yadroli tipik sistalar nisbatan kam topiladi, qolgan vegetativ turlarini esa u yerda odatda har xil hujayralar va koʻp m iqdorda ularning qoldiqlari uchrashi tufayli hamma vaqt ham ajratib boʻlmaydi. Oʻlim kuzatilganda gistologik kesmalar va oʻpkadan olingan surtmalar tekshiriladi. Serologik tekshirish usullari ham ishlab chiqilgan[10].

Profilaktikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallik profilaktikasida bemorlarni oʻz vaqtida aniqlash[11] va ularni izolyatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Kichik yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan tibbiy xodimlarni pnevmosistalarga tekshirish zarur. Oʻtkaziladigan umumiy tadbirlar bolalardagi boshqa respirator infeksiyalar vaqtida oʻtkaziladigan tadbirlarga oʻxshaydi[12].

  1. „Pneumocystis pneumonia“. www.cdc.gov. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  2. „Bakteriyalarni bo’yab o’rganish Romanovskiy-Gimza, Nesser va Burri usullari“. azkurs.org. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  3. „YUQUMLI KASALLIKLARDA HAMSHIRALIKI SHI“. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  4. „Pnevmoniya (zotiljam) — sabablari, alomatlari, davolash, asoratlari va prognozi“. med360.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  5. „Цианоз“. medlife.uz.
  6. „OIV, OITS: sabablari, yuqish yo‘llari, belgilari, davolash va oldini olish“. avitsenna.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  7. „Muddatidan oldin tug‘ilgan bola parvarishi“. avitsenna.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  8. „Laringoskopiya tafsilotlari“. www.alfplus.com. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  9. „Bakteriyalarni bo’yab o’rganish Romanovskiy-Gimza, Nesser va Burri usullari“. azkurs.org. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  10. „Serologiya“. adabor.ru. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  11. „Профилактика болезней“. www.tervisekassa.ee. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  12. „Invazion kasalliklarga qarshi kurashish chora - tadbirlari“. scienceweb.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]