Sista
Sista (yunoncha: pufak) — koʻpchilik bir hujayrali organizmlarning vaqtinchalik yashash shakli; muhofaza qobigʻi. Bir hujayrali hayvonlar (ayrim xivchinlilar, soxta oyoqlilar, sporalilar, infuzoriyalar)da tinim davri va koʻpayish Sistasi boʻladi. Tinim davri Sistasi noqulay sharoit (qurgʻoqchilik, sovuq)da hosil boʻladi. Parazit bir hujayralilar Sistasi ularni tashqi muhit orqali bir organizmdan ikkinchisiga oʻtishini taʼminlaydi. Bunday Sista bir necha yil saqlanib krladi. Koʻpayish Sistasi qisqa vaqt davomida hosil boʻladi; bu vaqt davomida sista ichidagi organizm boʻlinib, bir necha organizmni hosil qiladi.
Oʻsimliklar va zamburugʻlarda Sista koʻpchilik bir hujayrali suvoʻtlar (peridinen xrizomonadlar, evglenalar va boshqalar)da hamda xitridiyevsimon zamburugʻlarda bor. Sista hujayra devori qalinlashuvi natijasida, koʻpincha ob-havo yomonlashganda hosil boʻladi. Qulay sharoit boʻlishi bilan sista pusti yorilib, organizm oʻsa boshlaydi.
Bakteriyalarda Sista grammanfiy bakteriyalar (azotobakter, spiroxetalar va boshqalar)ning anabiotik davrga utishi bilan bogʻliq. Bakteriyalar Sistasining hujayra devori kalinlashgan; radiatsiya va qurgʻoqchilikka chidamli. "Sista" termini mikrobakteriyalar mevali tanasi maxsus qismi — miksosporalar toʻplamiga nisbatan ham qoʻllanadi (yana qarang Bakteriyalar, Bir hujayralilar)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Sista“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (S-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |