Pierre-Emerick Aubameyang
![]() Aubameyang with Arsenal in 2018 | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Pierre-Emerick Emiliano François Aubameyang[1] | ||
Tavallud sanasi | 18-iyun 1989-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Laval, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.86 m[3] | ||
Ampluasi | Hujumchi (futbol assotsiatsiyasi)|Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Barcelona | ||
Raqami | 17 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1995-1997 | ASL L’Huisserie[4] | ||
1997-1998 | Nice | ||
1998-2001 | Laval | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008-2011 | AC Milan | 0 | (0) |
2008-2009 | Dijon (qarz evaziga) | 34 | (8) |
2009-2010 | Lille (qarz evaziga) | 14 | (2) |
2010-2011 | Monaco (qarz evaziga) | 19 | (2) |
2011-2013 | Saint-Étienne (qarz evaziga) | 87 | (37) |
2011 | Saint-Étienne II (qarz evaziga) | 2 | (0) |
2013-2018 | Borussia Dortmund | 144 | (98) |
2018-2022 | Arsenal | 128 | (68) |
2022- | Barcelona | 18 | (11) |
Milliy terma jamoa | |||
2009 | France U21 | 1 | (0) |
2009-2012 | Gabon U23 | 3 | (1) |
2009-2022 | Gabon | 72 | (30) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (13-avgust 2022-yil uchun) |
Pierre-Emerik Emiliano François Aubameyang − 1989-yil 18-iyun kuni dunyoga kelgan professional futbolchi, Ispaniya La Ligasining „Barselona“ klubi hujumchisi . U oʻzining tezligi va toʻpdan tashqari harakati bilan mashhur hisoblanadi[5]. Fransiyada tugʻilgan sobiq gabonlik futbolchi va mamlakat tarixidagi eng yaxshi toʻpurar deb qaraladi.
Sobiq gabonlik futbolchi Per Obameyangning oʻgʻli Per-Emerik oʻzining katta klubidagi faoliyatini Italiyaning „Milan“ klubida boshlagan. U 2011-yilda „Saint-Etienne“ga koʻchib oʻtgan. U yerda Aubameyang Coupe de la Ligue Liga kubogini qo‘lga kiritgan va 2013-yilda Dortmundning „Borussiya“ klubi safiga qoʻshilgan. Germaniyada Aubameyang 2016-2017-yilgi mavsumda liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlgan va DFB-Pokal gʻolibi boʻlgan. U shuningdek, klub tarixidagi eng koʻp gol urgan yettinchi sufatida chi oʻrinni egallab turibdi[6]. 28 yilda Obameyang „Arsenal“ga 56 million funt sterling (60 million yevro) evaziga imzolanganda, oʻsha paytdagi klub rekordi boʻlgan futbol transferi amalga oshirilgan hamda uni barcha davrlarning eng qimmat gabonlik futbolchisiga aylantirgan[7]. „Arsenal“ bilan u Angliya kubogini qoʻlga kiritgan, shuningdek, 2018-2019-yilgi mavsumda liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[8]. 2022-yilda Aubameyang „Arsenal“ bilan shartnomasi oʻzaro kelishuv asosida bekor qilinganidan keyin „Barselona“ safiga qoʻshilgan.
Aubameyang — Gabon tarixidagi eng yaxshi toʻpurar boʻlib, 2009-yilda 19 yoshida Gabon terma jamoasi safida debyut qilgan va toʻrt marta Afrika Millatlar kubogi turnirida va 2012-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. 2016-yilda Aubameyang Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan birinchi Gabonlik va Yevropada tugʻilgan ikkinchi futbolchi boʻlgan[9].
Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
AC Milan[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aubameyang 2007-yilning yanvarida „Milan“ning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. Avgust oyida u Malayziyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Chempionlar kubogining birinchi bosqichida toʻrtinchi oʻrinni egallagan jamoaning bir qismi boʻlib, u yerda oʻz oʻrniga ega boʻldi va shu orqali xalqaro miqyosda skautlar eʼtiborini tortdi. U „Milan“ bilan oʻynagan barcha raqiblari darvozasini ishtirok etib, oltita oʻyinda yettita gol kiritgan[10].
2008-2009: Dijonga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]
2008-2009-yilgi mavsumda Aubameyang asosiy jamoada tajriba orttirish uchun Fransiyaning 2-Ligadagi Dijon klubiga ijaraga berilgan[11]. U yerdagi chiqishlari uni 2009-yilning yozida Jahon Futbolining Talent Scout boʻlimida paydo boʻlishiga olib kelgan[12]. U barcha musobaqalarni jami oʻnta gol va ikkita golli uzatma bilan yakunlagan, jumladan, Selongeyga qarshi Fransiya Kubogi bahsida ikkita gol kiritishga erishgan[13].
2009-2010: Lillga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]
2009-yil 24-iyunda 1-Liga klubi „Lill“ Aubameyangni ijaraga olishga qaror qilgani eʼlon qilgan[14]. Oʻzining oldingi mavsumiga nisbatan, Aubameyang unchalik yaxshi oʻyin koʻrsata olmagan, xususan, 14 oʻyinda atigi ikkita gol urib, bor yoʻgʻi toʻrtta oʻyinda asosiy tarkibga kiritilgan.
2010-2011: Monako va Sent-Etyenga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]
2010-2011-yilgi mavsumda Aubameyang „Monako“ jamoasiga ijaraga berilgan. 2010-yilning 21-avgustida u „Monako“ safidagi ilk golini safarda „Lens“ jamoasiga qarshi o‘yinda kiritgan, so‘ngra 29-avgust kuni „Oser“ klubiga qarshi o‘yinda yana gol urib, „Monako“ning 2:0 hisobida g‘alaba qozonishiga munosib hissa qoʻshgan[15]. 2011-yilning yanvarida, klub tarkibida olti oy boʻlgach, Aubameyang 2010-2011-yilgi mavsum oxirigacha „Sent-Etyen“ klubiga ijaraga berilgan va mavsumni toʻrtta gol va uchta golli uzatma bilan yakunlagan. 2011-yil iyul oyida kredit butun 2011-2012-yilgi mavsum uchun uzaytirilishiga kelishilgan.

Borussiya Dortmund[tahrir | manbasini tahrirlash]
2013-2015: DFL-Superkuboklar[tahrir | manbasini tahrirlash]
2013-yil 4-iyulda Aubameyang 2012-2013 yilgi Chempionlar ligasi finalchisi Dortmundning „Borussiya“ jamoasiga besh yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[16]. U 2013-yilning 27-iyulida DFL-Superkubogi doirasida „Bavariya“ga qarshi oʻzining yangi jamoasidagi debyutini oʻtkazgan hamda Dortmundning 4:2 hisobidagi gʻalabasining soʻnggi 18-daqiqasida Yakub Blashchikovskini almashtirib, Marko Roys tomonidan kiritilgan golga assistentlik qilgan. 10-avgust kuni Aubameyang Bundesligadagi debyutini oʻtkazgan va „Augsburg“ ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan. Shu orqali Aubameyang ham Bundesligada maydonga tushgan ilk gabonlik futbolchiga aylangan[17]. 27-noyabr kuni u Chempionlar ligasidagi ilk golini 2013-2014-yilgi musobaqaning guruh bosqichida „Napoli“ga qarshi oʻyinda (3:1) kiritgan[18]. Keyinchalik u „1860 Myunxen“ jamoasiga qarshi penaltini amalga oshirish orqali „Dortmund“ni 2013-2014-DFB-Pokalning keyingi bosqichiga olib chiqqan. Aubameyang yilni ligadagi 13 ta gol va barcha musobaqalarda 16 ta gol bilan yakunlagan.

Arsenal[tahrir | manbasini tahrirlash]
2018-yilning 31-yanvarida Aubameyang Premer-liganing „Arsenal“ klubi bilan o‘sha vaqtdagi rekord darajadagi pul £56 million evaziga shartnoma imzolagan[19].
Barselona[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yilning 2-fevralida „Barselona“ Aubameyangni jamoaga qo‘shilishi borasida kelishuvga erishgan. Aubameyang jamoa bilan 2025-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzolagan[20]. Shartnomada, qoʻshimcha 100 million yevro (83,4 million funt) evaziga futbolchini sotib olishni ham rejalashtirgan[21]. Aubameyang 2022-yilning 6-fevralida „Barselona“da debyut qilgan va „Atletiko“ga qarshi o‘yinda (4:2) zaxiradan maydonga tushirilgan[22]. 20-fevral kuni u „Barselona“ safidagi toʻrtinchi oʻyinida oʻzining birinchi gollarini kiritgan va „Mestalla“ stadionida „Valensiya“ ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda xet-trik qayd etgan[23][24]. 2022-yil 20-martda Aubameyang dubl qayd etib, undan tashqari Ferran Torresga o‘zining birinchi El Klassikosida assistentlik qilishga erishgan. Bu oʻyinda „Barselona“ning liga peshqadamlari ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonishga yordam bergan[25].
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aubameyang Fransiyaning Laval shahrida tugʻilgan[26]. U sobiq gabonlik futbolchi Per Obameyangning oʻgʻli va Milanning yoshlar jamoalarida oʻynagan Katilina va Villining kichik ukasi[27]. Uning onasi ispan millatiga mansub[28]. U Alysha Behague bilan turmush qurgan, Aubameyangning Kertis va Per ismli ikki oʻgʻli bor[29][30].
U koʻp tillarni biladi. Jumladan, fransuz, ingliz, ispan, italyan va nemis tillari shular jumlasidan[31].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Pierre-Emerick Aubameyang: 10 things on the Borussia Dortmund and Gabon star“. Bundesliga. Qaraldi: 21-fevral 2019-yil.
- ↑ „Pierre-Emerick Aubameyang: Overview“. ESPN. Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
- ↑ „Pierre-Emerick Aubameyang: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
- ↑ „Joueur – Pierre-Emerick AUBAMEYANG“. French Football Federation. 24-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Ten things about Aubameyang“. Bundesliga (13-avgust 2013-yil). 3-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-noyabr 2014-yil.
- ↑ „The 100 best footballers in the world 2016 – interactive“. The Guardian (20-dekabr 2016-yil).
- ↑ „Pierre-Emerick Aubameyang completes £56m Arsenal move“. The Guardian (31-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2018-yil.
- ↑ „Aubameyang: Arsenal's talisman“ (1-avgust 2020-yil).
- ↑ „Pierre-Emerick Aubameyang beats Yaya Toure to Caf award“. BBC Sport (7-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2016-yil.
- ↑ „CYC: Juventus battuta di misura“ (it). Eurosport (19-avgust 2007-yil). Qaraldi: 9-avgust 2008-yil.
- ↑ „AC Milan, Aubameyang to Dijon“. TransferMarketWeb (21-iyun 2008-yil). Qaraldi: 9-avgust 2008-yil.
- ↑ Gleeson, Mark. Talent Scout: Tomorrow's Stars Today. World Soccer (summer 2009), s. 75.
- ↑ „Résultat Selongey - Dijon, Coupe de France, 8e tour, Samedi 13 Décembre 2008“. lequipe.fr. Qaraldi: 15-fevral 2021-yil.
- ↑ „Pierre-Emerick Aubameyang rejoint le LOSC !“ (fr). losc.fr (24-iyun 2009-yil). Qaraldi: 25-iyun 2009-yil.
- ↑ „Monaco vs. Auxerre – 29 August 2010“. Soccerway (29-avgust 2010-yil). Qaraldi: 10-avgust 2013-yil.
- ↑ „Borussia Dortmund sign Pierre-Emerick Aubameyang from St-Etienne“. The Guardian (5-iyul 2013-yil). Qaraldi: 21-iyul 2013-yil.
- ↑ „Aubameyang hat-trick has Dortmund flying“. Bundesliga.de. 13-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-avgust 2013-yil.
- ↑ „Borussia Dortmund gain lifeline after turning on the style against Napoli“. The Guardian (27-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 19-dekabr 2013-yil.
- ↑ Arsenal F.C. (31-yanvar 2018-yil). „Pierre-Emerick Aubameyang signs for the club“. Press-reliz.
- ↑ „FC Barcelona sign Pierre-Emerick Aubameyang“ (en). www.fcbarcelona.com. Qaraldi: 2-fevral 2022-yil.
- ↑ „Barcelona confirm Aubameyang signing“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2-fevral 2022-yil.
- ↑ „Pierre-Emerick Aubameyang makes Barcelona debut in clinical win over Atletico Madrid - European round-up“. Sky Sports (7-fevral 2022-yil). Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
- ↑ „Valencia - Barcelona en directo de 25a Jornada en Estadio de Mestalla – SPORT“ (es). Sport (14-fevral 2022-yil).
- ↑ „Pierre-Emerick Aubameyang nets first Barcelona goals as Xavi Hernandez's side stick four past Valencia“. Eurosport (20-fevral 2022-yil).
- ↑ „La Liga: Barca take stunning 4-0 lead at Real Madrid in Clasico“ (en-GB). BBC Sport (19-mart 2022-yil). Qaraldi: 20-mart 2022-yil.
- ↑ „Pierre-Emerick Aubameyang“ (fr). L'Équipe. Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
- ↑ „How brilliant is Dortmund's Aubameyang?“. UEFA.
- ↑ Arnaud Bodin & Guillaume André. „Aubameyang, une star 'made in Laval'“. l'édition du soir (26-may 2016-yil).
- ↑ „Aubameyang celebrates sons Pierre Jr & Curtys Birthday with a "Harry Potter" themed birthday party after FA Cup magic“. Futball News (4-avgust 2020-yil).
- ↑ Fowler. „Who is 's wife? Age and Instagram of Alysha Behague“ (en-GB). HITC (27-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 15-fevral 2021-yil.
- ↑ „Pierre-Emerick Aubameyang: "I have something in mind for my 100th goal, but it's a surprise“. bundesliga.com. Qaraldi: 9-sentyabr 2020-yil.