Vladimir Fyodorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vladimir Ivanovich Fyodorov (1955.5.1, Toshkent viloyati — 1979.11,8, Dneprodzerjinsk shahri yaqinidagi Kurilovka qishlogʻi) — futbolchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1976). Toshkentdagi olimpiya zaxiralari bilim yurtini tugatgach, "Paxtakor" jamoasida hujumchi (1972—1979). Oliy va birinchi tabaka oʻyinlarida 187 (108+79) marta maydonga tushib, 58 (26+32)ta toʻp kiritgan. 1974 va 1976 yilda mamlakatning eng kuchli 33 futbolchisi roʻyxatidan joy olgan. Yoshlar terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni (1976), olimpiya terma jamoasi safida olimpiada bronza medali sovrindori (1976, Monreal). Fyodorov aviatsiya halokatida nobud boʻlgan. Kurilovka qishlogʻidan keltirilgan ramziy xoki Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan. Toshkent shahridagi koʻchalardan biriga uning nomi qoʻyilgan.