Mixail An

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Mixail Ivanovich An (1952.19.2, Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani – 1979.11.8, Dneprodzerjinsk sh., Kurilovka qishlogʻi yaqini) – futbolchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1976). Olimpiada rezervlari bilim yurtini tamomlagach, "Paxtakor" futbol jamoasi yarim ximoyachisi (1971 – 79). Oliy va birinchi tabaqa oʻyinlarida 52 toʻp kiritgan. 1974 va 1978-yillarda mamlakatning eng kuchli 33 futbolchisi roʻyxatidan joy olgan. U sardorlik qilgan mamlakat oʻsmirlar terma jamoasi Yevropa chempioni boʻlgan (1976). Milliy futbol terma jamoa tarkibida oʻynagan (1978). An aviatsiya halokati natijasida nobud boʻlgan. Toshkent shahrida dafn etilgan. Toshkent shahridagi kuchalardan biri uning nomi bilan ataladi. Bolalar va oʻsmirlar futbol jamoalari oʻrtasida har yili An xotira turniri oʻtkaziladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil