Yuriy Zagumennix
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Yuriy Timofeevich Zagumennix | ||
| Tavallud sanasi | 7-iyun 1947-yil | ||
| Tavallud joyi | Vladivostok, RSFSR | ||
| Vafot sanasi |
11-avgust 1979-yil (32 yoshda) | ||
| Vafot joyi | Kamianske, SSSR | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1964—1969 | Luch | ? | (?) |
| 1970—1975 | Zenit (Leningrad) | 134 | (1) |
| 1977—1979 | Paxtakor | 80 | (6) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Yuriy Timofeevich Zagumennyx (1947-yil 7-iyun – 1979-yil 11-avgust, Dnepropetrovsk viloyati) – sovet futbolchisi, himoyachi[1].
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faoliyatining boshida u Vladivostokning „Luch“ jamoasida oʻynagan.
1970-yilda uni bosh murabbiy Evgeniy Goryanskiy „Zenit“ ga taklif qildi va u yerda ishonchli tarzda himoyaning chap qanotidan joy oldi va bir necha yil davomida ishonchli futbol namoyish etdi. SSSRda mavsumning eng yaxshi 33 nafar futbolchisi roʻyxatiga kiritilgan (1972-yil).
1975-yil aprel oyida u mashgʻulotlarda jiddiy jarohat oldi. Orqa miya operatsiyasidan soʻng u ikkinchi guruh nogironiga aylandi, lekin taslim boʻlmadi va avval xona boʻylab harakatlana boshladi, soʻngra koʻchada yurdi, shundan soʻng u mashgʻulotlarga kirishdi. Bir yarim yil oʻtgach, u toʻpga birinchi zarbani berdi. 1977-yilda u katta futbolga qaytdi. Ammo „Zenit“da „bizga nogironlar kerak emas“, deb eshikni koʻrsatishdi. Zagumennix „Paxtakor“ ga yoʻl oldi. „Zenit“da boʻlgani kabi u toshkentliklar klubning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi.[2]
„Zenit tarixi“[3] nashriga koʻra „Zenit“ tarixidagi eng yaxshi 55 nafar futbolchi roʻyxatiga kiritilgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1979-yil 11-avgustda Ukraina osmonida „Paxtakor“ jamoasi bilan birga aviahalokatda vafot etdi.
U Sankt-Peterburgdagi Kinoveevskiy qabristoniga dafn etilgan. Kenotaf Toshkent shahridagi 1-qabristonga oʻrnatildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „25 yil muqaddam Toshkentning “Paxtakor” jamoasi futbolchilari aviahalokatda vafot etgan edi.“. 2022-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
- ↑ „"Пахтакор-79"ни хотирлаб: Юрий Загуменних“. 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
- ↑ „55 лучших футболистов в истории «Зенита» – левые защитники“. История "Зенита". 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 7-iyunda tugʻilganlar
- 1947-yilda tugʻilganlar
- Vladivostokda tugʻilganlar
- 11-avgustda vafot etganlar
- 1979-yilda vafot etganlar
- Kamianskeda vafot etganlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- SSSR erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- FC Luch Vladivostok futbolchilari
- FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Dneprodzerjinsk osmonida 1979-yil 11-avgustda aviahalokatda halok boʻlganlar
- Kinoveevskoye qabristoniga dafn etilganlar
