Pavel Falyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pavel Aleksandrovich Falyov
Tavalludi 8-oktabr 1888-yil
Sankt-Pеtеrburg, Rossiya imperiyasi
Vafoti 3-iyul 1922-yil (33 yosh)
Fuqaroligi Rossiya Rossiya RSFSR
Sohasi turkologiya va etnografiya
Ish joylari
  • Imperator Sankt-Peterburg universiteti
  • Markaziy Jonli Sharq tillari instituti
Taʼlimi Imperator Sankt- Peterburg universiteti Sharq fakulteti (1912)
Ilmiy unvoni professor

Pavel Aleksandrovich Falyov (1888-yil 8-oktabr, Sankt-Peterburg — 1922-yil 3-iyul) — rus va sovet etnografi va turkologi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1888-yil 8-oktabrda[1] Sankt-Peterburgda tug‘ilgan. 15-Rojdestvo boshlangʻich maktabini (1900) va 3-shahar real maktabini (1907) tugatgan. Sankt-Peterburg imperator universiteti sharq fakulteti arab-fors-turk-tatar adabiyoti yo‘nalishiga oʻqishga kirgan. N. Ya. Marr, V. D. Smirnov, A. N. Samoylovichlar qo‘l ostida tahsil olgan. 1912-yilda ,,Edigey va Toʻxtamish haqidagi noʻgʻay afsonalari" bitiruv malakaviy ishi uchun 1-darajali diplom va oltin medalni qoʻlga kiritib, professorlikka tayyorlash uchun universitetda qoldirilgan. 1913-yil mart oyida bilimini oshirish maqsadida Yevropaning Gota, Drezden va Leyptsig kutubxonalariga ilmiy sayohat uyushtirgan. 1914-yil aprel oyida Pavel Aleksandrovich turk-tatar adabiyoti boʻyicha magistrlik imtihonini topshirgan va Sharq fakulteti Ilmiy kengashi tomonidan Qrim tatarlari va noʻgʻaylar haqidagi afsonalarni yigʻish uchun Tavriya viloyati va Stavropol oʻlkasiga yuborilgan[2].

1915-yil iyul oyida Pavel Aleksandrovich Petrograd universitetining Usmonli adabiyoti bo‘limiga o‘qituvchilikka qabul qilingan. 1915-yil sentabrda dotsent bo‘lgan. 1916-yilda Fanlar akademiyasi topshirig‘iga ko‘ra Kavkaz frontiga qadimiy yodgorliklarni ro‘yxatga olish va muhofaza qilish ishlarini olib borish uchun ketgan. Tbilisi va Bokuda ozarbayjon tilini oʻrgangan. Osiyo muzeyida kichik assistent sifatida Van ekspeditsiyasidan kelgan turk tilidagi qoʻlyozmalarning inventarini tuzish ustida ishlagan. Inqilobdan keyin Pavel Aleksandrovich kafedrada ishlashni davom ettirgan. 1919-yilda ijtimoiy fanlar fakultetining professori bo‘lgan. Shu bilan birga Sharq fanlari amaliy akademiyasining Usmonli tili bo‘limida dars bergan. Akademiya  Xalq xo‘jaligi instituti bilan birlashgandan keyin ham shu kafedrada faoliyatini davom ettirgan. 1920-yildan Markaziy tirik Sharq tillari institutida ,,qirgʻiz" (qozoq) tilidan dars bergan[2].

1921-yilda institut topshirig‘iga binoan mahalliy aholining tili va hayotini o‘rganish bo‘yicha o‘quv amaliyotiga yuborilgan talabalar ekspeditsiyasi boshlig‘i sifatida Turkistonga yuborilgan. Turkiston Sharq institutida (Toshkent) ,,qirg‘iz" (qozoq) tili va turkiy filologiyaga kirish fani o‘qituvchisi bo‘lish taklifini qabul qilgan.  Turkiston davlat xalq kutubxonasi bibliografiya bo‘limi mudiri lavozimida ham ishlagan. Turkiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Xalq Komissarlari Sovetining iltimosiga binoan Toshkentda abadiy qolishga qaror qilib, oilasi va shaxsiy buyumlarini topshirish va tashkiliy masalalarni hal qilish uchun Petrogradga jo‘nab ketgan. Pavel Aleksandrovich Falyov yo‘lda ketayotganida tif kasalligi bilan zararlanishi oqibatida 1922-yil 3-iyulda vafot etgan.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qrimda etnografik tadqiqotlar bilan shug‘ullangan. U yerda yashovchi Usmonli turklari orasida yangi usmonli tilini, Qrim tatarlari folklorini o‘rgangan. 1914-yil 3-sentabrdan Taurida ilmiy arxiv komissiyasi (TUAK) aʼzosi. A. N. Samoylovich bilan birgalikda A. A. Bodaninskiy, E. M. Martino va O. Murasovlarning materiallarini o‘z ichiga olgan Qrim tatarlarining maqollari, ibora va belgilari to‘plamini tizimlashtirish va qayta ishlash ustida ishlagan. Falyovning mazkur to‘plamga yozgan so‘zboshi qimmatli ilmiy ahamiyatga ega. V. A. Gordlevskiy ushbu nashr haqida o‘zining „mulohazalari“ ni quyidagicha ifodalagan:
"P. A. Falyov timsolida oldimizda turkiy qabilalar xalq adabiyoti yodgorliklariga katta qiziqish va bilimdonlikni ochib beruvchi yangi turkolog turibdi".

Olimning ayrim maqolalari („Arab romani no‘g‘ay dostonida“, „Qrim-tatar ziyolilari mafkurasidan“) TUAK nashrlarida chop etilgan. 1915-yilda Falyov Evliya Chalabiyning Qrimga qilgan safari haqidagi eslatmalarini TUAK uchun rus tiliga tarjima qilgan. 1915-yildan boshlab Falyov Rossiya arxeologiya jamiyatining Rus geografik va Sharqiy bo‘limining Sharqiy yo‘nalishi bilan hamkorlik qilgan. Kafedra yig‘ilishlarida Stavropol no‘g‘aylari va qrim tatarlarining xalq eposi haqida maʼruzalar o‘qigan. 1918-yilda Stavropol va Shimoliy Qoradengiz mintaqasi nog‘aylari folkloriga oid „Oq-Kobok no‘g‘ay ertagi“ asarini, Qrim tatarlarining xalq dostonini nashr etgan. „Manas“ dostonining bir qismini tarjima qilish bilan shug‘ullangan. 1921-yilda Rus geografiya jamiyatining Turkiston boʻlimi aʼzosi etib saylangan.

P. A. Falyov asarlarining bibliografik tavsifi bilan A. E. Shmidt, B. V. Lunin shug‘ullangan. Olimning vafotidan keyin qoʻlyozma merosi V. V. Bartold tomonidan saqlab qolingan. 1922-yil 20-avgustda A. I. Markevich unga Falyovdan kelgan 16 ta xatni TUAK kutubxonasiga topshirgan[3].

Ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Пословицы, поговорки и приметы крымских татар, собранные А. А. Боданинским, Э. Л. Мартино и О. Мурасовым. Симферополь: тип. Тавр. губ. земства, 1914. 
  • Poslovitsi, pogovorki i primeti Krimskix tatar, sobrannie g. g. Bodaninskim, Martino i Murasovim / pod red. A. N. Samoylovicha i P. A. Falyova; predisl. P. A. Falyova // Izvestiya Tavricheskoy uchyonoy arxivnoy komissii. — Simferopol, 1915. — № 52. — S. 1—67.
  • Arabskaya novella v Nogayskom epose // Izvestiya Tavricheskoy uchyonoy arxivnoy komissii. — Simferopol, 1915. — № 52. — S. 196—212.
  • Турецкие писатели о причинах упадка Турции. Пг.: Типо-лит. Н. И. Евстифеева, 1916. 
  • Iz ideologii krimsko-tatarskoy intelligensii // Izvestiya Tavricheskoy uchyonoy arxivnoy komissii. — Simferopol, 1918. — № 54. — S. 279—288.
  • Osmanskie rukopisi, postupivshie v Aziatskiy Muzey Rossiyskoy Akademii Nauk s Kavkazskogo fronta // Aziatskiy sbornik. Iz Izvestiy Rossiyskoy Akademii Nauk. Novaya seriya. — Pg., 1918. — S. 1549—1630.
  • Nogayskaya skazka ob Ak-Köbök’e // Sbornik Muzeya antropologii i etnografii imeni imperatora Petra Velikogo. — Pg., 1918. — T. V, vip. 1. — S. 189—196.
  • Введение в изучение тюркских литератур и наречий : Лекции, читанные профессором П. А. Фалёвым в 1921 году в Туркестанском восточном институте. Ташкент: Туркестанск. гос. изд-во, 1922. 
  • Fet-ali-Axundov. Obmanutie zvyozdi. Rasskaz / per. s tur. P. Falyova; vstup. zametka P. F. // Vostok. Jurnal literaturi, nauki i iskusstva. — M.; Pb., 1923. — № 2. — S. 58—76.
  • Staro-osmanskiy perevod „krimskoy“ poemi // Zapiski Kollegii Vostokovedov pri Aziatskom Muzee Rossiyskoy Akademii Nauk. — L., 1925. — T. I. — S. 139—160.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Павел Александрович Фалёв (08.10.1888 — 03.07.1922)“. ИВР РАН (Санкт-Петербург). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 Сосницкий Д. А., Ростовцев Е. А. „Фалёв Павел Александрович“. Биографика СПбГУ. Санкт-Петербургский государственный университет. 2019-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-oktyabr.
  3. Филимонов С. Б.. Хранители исторической памяти Крыма: О наследии Таврической учёной архивной комиссии и Таврического общества истории, археологии и этнографии (1887—1931 гг.), 2-е изд., перераб. и доп, Симферополь: ЧерноморПРЕСС, 2004 — 143 bet. ISBN 966-572-604-8. 

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gordlevskiy V. A. Akademik V. A. Gordlevskiy : Izbrannie sochineniya : v 4 t.. — M. : Nauka, 1968. — T. IV. — 611 s.
  • Biobibliograficheskiy slovar otechestvennix tyurkologov. Dooktabrskiy period / red. A. N. Kononov. — 2-e izd,, pererab. — M.: „Nauka“, Glavnaya redaksiya vostochnoy literaturi, 1989. — 298 s. — ISBN 5-02-016550-6.