Aleksandr Samoylovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleksandr Nikolayevich Samoylovich [1880.17(29).12, Nijniy Novgorod – 1938.13.2, Moskva] – turkiyshunos olim, akademik (1929).

Aleksandr Nikolayevich Samoylovich

Sankt-Peterburg universiteti sharq ftini tugatgan (1903). Shu universitetda oʻqituvchi, privatdotsent (1907– 17), professor (1917–22). Leningrad Sharq tillari instituti professor (1920–37), rektori (192225). SSSR Fanlar Akademiyasi gumanitar fanlar boʻlimi akademik-kotibi (1929–33), Sharqshunoslik instituti direktori (1934–37). S. turkman, usmonli turk, oʻzbek, krimtatar tillari, folklori, etnografiyasi, adabiyoti boʻyicha tadqiqotlar olib borgan. Xususan, oʻzbek adabiy tili va mumtoz adabiyoti, folklori va etnografiyasiga oid 100 dan ortiq asar yozgan, oʻzbek adabiy tilining shakllanish yoʻllarini tadqiq etgan ("Chigʻatoy adabiy tilida "joʻqchilik" unsurlari", 1930; "Oʻzbek adabiy tilining qurilish yoʻllari haqida", 1932). Uning "Navoiy tuyuklari" (1917), "Chigʻatoylik Amiriy tuyuqlaridan" (1926), "Lutfiyning chigʻatoycha tuyuklari" (1926), "19 asr Xiva tuyuqlari" (1927) asarlarida oʻzbek adabiyotida tuyuq janri urganilib, uning uziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Atoiy, Bobur asarlarini urganish va nashr etish boʻyicha ham bir qancha ishlarni amalga oshirgan. 1937-yilda nohaq qamoqqa olingan va otib tashlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • K istorii literaturi sredneaziatskoturetskogo yazika. – "Mir Alishir", L., 1928; Sobraniye stixotvoreniy imperatora Babura, ch. 1 Tekst, Petrograd 1917.