Nikolay Marr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nikolay Yakovlevich Marr [1864.12 (1865.6.1), Kutaisi - 1934.20.12, Leningrad] — sharqshunos, tilshunos olim.

Rossiya Fanlar Akademiyasi akademik (1912). Peterburg universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1890). Tadqiqotlarini armangruzin tilining genetik aloqalarini oʻrganishdan boshlagan ("Arman va gruzin filol. boʻyicha matnlar va izlanishlar", l-13-asrlarboʻyicha; 1900-13). M., shuningdek, Kavkaz tillari (kartvel, abxaz va boshqalar), tarixi, arxeologiyasi va etnografiyasi sohalarida asarlar yozgan. Kartvel tillari grammatikasini oʻrganish jarayonida bu tillarning jahondagi boshqa tillar bilan qarindoshligini aniqlashga uringan va bir qator faraziyalar (kartvel tillarining semit, bask va boshqa tillar bilan qarindoshligi)ni bayon etgan. Ammo bu faraziyalari ilmiy tilshunoslik faktlari bilan mos kelmagach, mutlaqo yangi lingvistik nazariyani — "yafetik nazariya" ni ilgari surgan (lekin bu nazariya ham umum tomonidan qabul qilinmagan). Marr til va jamiyat, til va tafakkur munosabati muammolarini oʻrganish tilshunoslik taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlagan. Marr bir qator tillarni oʻrganish va yozuvi boʻlmagan tillarning yozuvlarini yaratish sohasida koʻp ishlar qilgan.[1]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Izbrannie raboti, t. 1—5, M. — L., 1933-37.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Marr Nikolay Yakovlevich" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil