Boris Vladimirovich Lunin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Boris Vladimirovich Lunin (1906.18.7, Jeneva — 2000.18.10, Toshkent) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), tarix fanlari doktori (1966), professor (1970). Shimoliy Kavkaz Oʻlka arxeologiya, tarix, etn. jamiyati boshqarmasi aʼzosi (1925— 31), Shimoliy Kavkaz (soʻngra AzovQoradengiz) Oʻlka byurosining ilmiy kotibi va raisi oʻrinbosari (1926—37). Shimoliy Kavkazdagi qator institutlarda oʻqituvchi (1937—41), 1941—53 yillarda armiya safida. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida katta ilmiy xodim (1953—68), 1968—88 yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining boʻlim mudiri, 1988—2000 yillarda bosh ilmiy xodim. Asarlari Oʻzbekiston fan va madaniyati muammolariga oid. "Oʻzbekiston tarixi manbalarda" (rus tilida) nomli 3 jildli kitob tuzgan.

Manbalar[tahrir]

  • Srednyaya Aziya v dorevolyusionnom i sovetskom vostokovedenii, T., 1966.