P. H. Newby

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
P. H. Newby
Tavalludi 25-iyun 1918-yil
Vafoti 6-sentyabr 1997-yil(1997-09-06)
(79 yoshda)
Garsington, Angliya
Ijod qilgan tillari Ingliz tili
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik va United Kingdom of Great Britain and Ireland

Percy Howard Newby CBE (Britaniya imperiyasi ordeni) (1918-yil 25-iyun - 1997-yil 6-sentyabr) ingliz yozuvchisi va radioeshittirish adminstratori edi. U 1969-yilda „Something to Answer For“ romani uchun oʻzining ilk yutugʻi Buker mukofotini qoʻlga kiritdi[1].

Oʻsmirligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

P.H. Newby nomi bilan tanilgan Howard Newby 1918-yil 25-iyun kuni Sasseks abbatligining Kroboro shahrida tugʻilgan va Vorkestershir abbatligidagi Hanley Castle oʻrta maktabida, undan keyin Cheltenham shahridagi Saint-Poul ta’lim kollejida tahsil olgan. 1939-yil oktyabr oyida Newby Ikkinchi Jahon urushi uchun Fransiyaga, Qirollik Armiyasi Tibbiyot Korpusiga oddiy askar sifatida xizmat qilish uchun yuborildi. Uning boʻlinmasi oxirgi evakuatsiya qilingan boʻlinmalardan biri edi. Keyinchalik u Oʻrta Sharqqa joʻnatilgan va Misr choʻlida xizmat qilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Newby 1942-yil dekabr oyida harbiy xizmatdan ozod qilindi va 1946-yilgacha Qohiradagi King Fuad universitetida ingliz adabiyotidan dars berdi. Uning shogirdlaridan biri misrlik muharrir Mursi Saad El-Din edi.

1949-yildan 1978-yilgacha u BBCda ishlagan, avval radio prodyuseri sifatida ish boshlagan va faoliyati davomida Uchinchi dastur va Radio 3 boʻlimlarining boshqaruvchi derektori boʻlgan. Radio 3 boʻlimidagi faoliyati davomida, Newby dasturga munozarali oʻzgartirishlar kiritmasdan stansiyadagi Klassik musiqa miqdorini koʻpaytirishga erishgan.

Newbyning birinchi romani "A Journey into the Interior" 1946-yilda nashr etilgan. Keyin u ijod qilish uchun Angliyaga qaytib keldi. Oʻsha yili unga adabiyot yoʻnalishi boʻyicha Atlantika mukofoti berildi va ikki yil oʻtib Somerset Moughem mukofotini oldi. 1947-yilda John Lehmann Newbyining oʻgʻil bolalar uchun yozilgan „The Spirit of Jem“ sarguzasht hikoyasini 41 ta chizilgan chizmalar va Keith Vaughanning rangli chang oʻrami bilan nashr etdi.

U BBC Radiosining boshqaruvchi direktori sifatidagi faoliyati uchun CBE (Britaniya imperiyasi ordeni) bilan taqdirlangan.

Newbyning doʻst va hamkasbi Anthony Thwaite oʻzining unga atab yozgan taʼziyanomasida shunday deydi: „P.H. Newby asrning ikkinchi yarmidagi eng yaxshi ingliz romanchilaridan biri edi“[2].

Romanlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • "A Journey to the Interior" (1945)
  • "The Spirit of Jem" (1947)
  • Agents and Witnesses“ (1947)
  • "Mariner Dances" (1948)
  • "The Loot Runners" (1949)
  • "The Snow Pasture" (1949)
  • "The Young May Moon" (1950)
  • "A Season in England" (1951)
  • "A Step to Silence" (1952)
  • "The Retreat" (1953)
  • "Picnic at Sakkara" (1955)
  • "Revolution and Roses" (1957)
  • "Ten Miles From Anywhere" (1958)
  • "A Guest and His Going" (1960)
  • "The Barbary Light" (1962)
  • "One of the Founders" (1965)
  • "Something to Answer For" (1968)
  • "A Lot to Ask" (1973)
  • "Kith" (1977)
  • "Feelings Have Changed" (1981)
  • "Leaning in the Wind" (1986)
  • "Coming in with the Tide" (1991)
  • "Something About Women" (1995)

Badiiy adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • "Mariya Edgeworth" (1950)
  • "The Novel" 1945-1950 (1951)
  • „The Uses of Broadcasting“ (1978)
  • "The Egypt Story" (1979)
  • "Warrior Pharaohs" (1980)
  • "Saladin in His Time" (1983)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Fiction at its Finest“. The Man Booker Prize. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-dekabr 2013-yil.
  2. Thwaite, Anthony. „Obituary: P.H. Newby“. The Independent (9-sentabr 1997-yil). 24-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyul 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]