Anita Brookner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anita Brookner (1928-yil 16-iyul — 2016-yil 10-mart)[1] ingliz yozuvchisi va sanʼatshunosi.. U 1967—1968-yillarda Kembrij universitetida tasviriy sanʼat boʻyicha Sleyd professori boʻlgan va ushbu universitetda mehmon professor unvonini olgan birinchi ayol oʻqituvchi hisoblanadi. Anita 1984-yilda „Hotel du Lac“ romani uchun Buker-MacConnell mukofotini qoʻlga kiritgan.

Shaxsiy hayot va taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brookner (Bruckner) Londonning chekkasida joylashgan Herne Hill koʻchasidagi xonadonda tugʻilgan[2][3]. U Newson Brookner va Maude Schiskaning yolgʻiz farzandi boʻlib, otasi Newson Brookner Polshaning Piotrkow Trybunalski shahridan Londonga kelgan yahudiy muhojir, onasi Maude Schiska esa qoʻshiqchi boʻlgan. Maude Schiskaning bobosi Polshaning Varshava shahridan Londonga koʻchib kelib tamaki fabrikasiga asos solgan va keyinchalik Newson Brookner 18 yoshida Britaniyaga koʻchib kelgandan soʻng ushbu fabrikada ishlagan. Anitaning onasi turmushga chiqqach, qoʻshiqchilik faoliyatini toʻxtatgan va qizining soʻzlariga koʻra, umrining soʻnggiga qadar baxtsiz yashagan[4][5]. Maude Britaniyaliklarning nemislarga qarshi tushunchasi tufayli familiyasini Brooknerga oʻzgartiradi[6]. Anita Brookner buvisi va amakisi bilan birga yashashiga qaramay bolalik yillarini yolgʻiz oʻtkazadi. Anitaning ota-onasi cherkov qaramogʻidan chiqqan, sekulyar yahudiy boʻlishlariga qaramasdan, 1930 — Ikkinchi Jahon urushi yillarida nemislardan qochgan yahudiy qochqinlarga boshpana bergan. Anita Paris Review jurnaliga bergan intervyusida shunday deydi: „Men Londondagi eng yolgʻiz ayollardan biriman“[7].

Anita Jeyms Allen xususiy Qizlar maktabida[8] tahsil olgan. 1949-yilda London Kingʻs kollejida tarix sohasi boʻyicha bakalavr darajasini, 1953-yilda London universitetining Courtauld sanʼat institutida sanʼat tarixi yoʻnalishi boʻyicha doktorlik darajasini olgan[9]. Curtauld sanʼat institutining oʻsha paytdagi direktori Anthony Blunt rahbarligi ostida dastlab fransuz janrida ijod qiladigan rassom Jean-Baptist Greuze boʻyicha Anitaning magistrlik dissertatsiyasi doktorlik darajasiga koʻtarildi[5]. Biroq, u 1950-yilda Fransiya hukumati stipendiyasini qoʻlga kiritib, uni Ekole du Louvre institutiga topshiradi va keyingi oʻn yilni Parijda oʻtkazdi[8].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akademik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anita 1967-yilda Kembrij universitetida Slade tasviriy sanʼat professori unvonini olgan ilk ayol oʻqituvchi hisoblanadi[9]. 1959-yildan 1964-yilgacha u Reading universitetida mehmon maʼruzachi oʻqituvchi (visiting lecturer) sifatida ishlagan, shu bilan birga Courtauld sanʼat institutida ham maʼruzachi boʻlgan. U 1977-yilda Courtauld institutida Reader (akademik daraja) lavozimiga koʻtarilgan va u yerda 1988-yilda nafaqaga chiqqunga qadar ishlagan[5]. U oʻz karyerasini 18-asr fransuz sanʼati boʻyicha mutaxassis sifatida boshlagan, ammo keyinchalik tajribalarini romantikaga kengaytirgan[5]. Anita 1950—1960-yillarda ArtReview jurnaliga maqolalar yozish bilan faoliyatini davom ettirgan[10].

Uning Courtaulddagi talabalari orasida sanʼatshunos Olivier Berggruen ham bor edi. Anita uning bitiruv ishlariga koʻmaklashgan[11]. U London Kingʻs kolleji va Kembrijdagi New-Hall jamiyati (2008-yildan Murray Edwards kolleji) aʼzosi edi.

Anita Brookner tomonidan olingan fotosuratlar bugungi kunda Courtauld institutidagi Conway sanʼat va arxitektura kutubxonasida saqlanadi[12].

Yozuvchi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brookner oʻzining "<a href="https://en.wikipedia.org/wiki/A_Start_in_Life_(Brookner_novel)" rel="mw:ExtLink" title="A Start in Life (Brookner novel)" class="cx-link" data-linkid="113">A Start in Life</a>" (1981) nomli ilk romanini 53 yoshida nashr etadi. Shundan soʻng u yiliga bir marta kitob nashr qilib borgan. Brookner stilist sifatida tanilgan. Uning romanlarida ruhiy yoʻqotish, jamiyatga moslashish bilan bogʻliq qiyinchiliklar va muhabbatda yolgʻizlik va umidsizlikka uchragan oʻrta qatlam ayollarining mavzulari oʻrganiladi. Yozuvchi qahramonlarining aksariyati Britaniyaga koʻchib kelgan, kelib chiqishi yahudiylardan boʻlgan yevropalik muhojirlarning farzandlari[13]. Anitaning toʻrtinchi romani „Hotel du Lac“ (1984), Buker-MacConnell mukofotiga sazovor boʻlgan.

Shaxsiy hayot va shuhrat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brookner umri davomida turmushga chiqmagan, lekin ota-onasi qariganida ularga gʻamxoʻrlik qilgan. Brookner intervyularidan birida unga turmush qurish boʻyicha bir nechta takliflar kelganini aytgan, lekin ularning barchasini rad etgan. „Erkaklar oʻz kun tartibiga ega boʻlgan odamlardir, ular sizni maʼlum imkoniyatlardan cheklab qoʻyish orqali boshqarishga urinadilar. Sen ularni uzoqdan turib kuzat“[14].

Anita 1974-yilda „Aspects of Art“ maʼruzasini oʻqidi[15][16]. 1990-yilda u Britaniya Imperiyasi Komandiri ordeni (CBE) bilan mukofotlangan[9].

Anita Brookner 2016-yil 10-martda 87 yoshida[17] Londonning Kensington va Chelsi qirollik okrugida vafot etgan[8].

Nashrla[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sanʼat tarixi sohasidagi ayollar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Anita Brookner, Booker Prize-winning author, dies age 87, Times announces“. BBC News (14-mart 2016-yil). Qaraldi: 14-mart 2016-yil.
  2. Free BMD: Births Jul-Sep 1928 Bruckner, Anita Schishka (mother) Camberwell 1d 991
  3. „Anita Brookner, 1928– Notebooks, ca. 1986–1994“. The University of Texas at Austin. 2009-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Anita Brookner“. The Times (15-mart 2016-yil). Qaraldi: 29-mart 2020-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 McNay, Michael. „Anita Brookner obituary“. The Guardian (15-mart 2016-yil). Qaraldi: 29-mart 2020-yil.
  6. Gutteridge, Peter. „Doctor Anita Brookner: Art historian who began writing novels at the age of 53 and won the Booker Prize for Hotel du Lac. The Independent (15-mart 2016-yil). 7-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart 2020-yil.
  7. Alam, Rumaan. „In Praise of Anita Brookner“. The New York Times (1-mart 2018-yil). Qaraldi: 29-mart 2020-yil.
  8. 8,0 8,1 8,2 „Anita Brookner, novelist - obituary“. The Daily Telegraph (15-mart 2016-yil). Qaraldi: 29-mart 2020-yil.
  9. 9,0 9,1 9,2 Cowell, Alan. „Anita Brookner, Whose Bleak Fiction Won the Booker Prize, Dies at 87“. The New York Times (15-mart 2016-yil). Qaraldi: 29-mart 2020-yil.
  10. "What is Romanticism", ArtReview, 12 September 1959}
  11. Olivier Berggruen. „Olivier Berggruen on Anita Brookner (1928—2016) - artforum.com / passages“. Artforum.com. Qaraldi: 21-iyun 2016-yil.
  12. „Who made the Conway Library?“. Digital Media (30-iyun 2020-yil). 3-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-oktabr 2022-yil.
  13. Malcolm. „Understanding Anita Brookner“. University of South Carolina. 2001-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  14. Morrison, Blake. „A game of solitaire“ (inglizcha). The Independent (18-iyun 1994-yil). 7-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart 2022-yil.
  15. „Aspects of Art Lectures“. The British Academy.
  16. Brookner, Anita (1975). „Jacques-Louis David: A Personal Interpretation“ (PDF). Proceedings of the British Academy. 60-jild. 155–171-bet. 2021-09-18da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 2022-10-28.
  17. „DOR Q1/2016 in KENSINGTON AND CHELSEA (239-1C)“. GRO Online Indexes. General Register Office for England and Wales. Qaraldi: 22-fevral 2022-yil.

Qoʻshimcha oʻqish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]