Salmon Rushdiy
Salmon Rushdiy | |
---|---|
![]() Rushdiy Tribeca Film Festivalda, 2012 | |
Asl ismi | अहमद सलमान रुशदी |
Tugʻilishi |
19-iyun 1947-yil (73 yosh) |
Ahmad Salmon Rushdiy (kashm. अहमद सलमान रुशदी, ingl. Ahmed Salman Rushdie; t. 19-iyun 1947[1]) britan-hind yozuvchidir. Uning ikkinchi romani, Midnight's Children ("Yarimkecha bolalari"; 1981), 1981-yili Booker mukofotini oldi. Koʻp asarlarida voqealar Hindiston yarim orolida boʻlib oʻtadi. Roman va esselari sehrli realizm va tarixiy janrlarda yozilgan; asarlari Sharq va Gʻarb orasidagi aloqalarga bagʻishlangan.
Uning toʻrtinchi romani, The Satanic Verses ("Shayton oyatlari"; 1988), islom dunyosida janjalga sabab boʻlib, musulmonlar eʼtirozini keltirib chiqardi. 1989-yil 14-fevralida Eron oyatullohi Ruhulloh Xomeyniy Rushdiyni oʻldirishga chaqiruvchi fatvo chiqardi.
Rushdiyga 1999-yil yanvarida Fransiyaning Sanʼat va adabiyot ordeni berildi.[2] 2007-yil iyunida Qirolicha Elizabeth II Rushdiyni adabiyotdagi xizmatlari uchun ritsar-bakalavr unvoniga koʻtardi.[3] 2008-yili The Times uni ellik eng buyuk britan yozuvchilari roʻyxatida oʻn uchinchi oʻringa qoʻydi.[4]
2000-yildan beri Rushdiy Qoʻshma Shtatlarda yashab, u yerdagi Emory universitetida ishlab kelmoqda.
Manbalar[tahrir]
- ↑ British Council profile
- ↑ "Rushdie to Receive Top Literary Award", Chicago Tribune, 7 January 1999. Retrieved 26 March 2012.
- ↑ "Birthday Honours List—United Kingdom", The London Gazette, Issue 58358, Supplement No. 1, 16 June 2007. Retrieved 26 March 2012.
- ↑ "The 50 Greatest British Writers Since 1945". The Times, 5 January 2008. Retrieved 1 January 2010. Subscription required.
Havolalar[tahrir]
![]() |
![]() |
Vikiomborda Salmon Rushdiy haqida turkum mavjud |