Ozad Xabibulin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ozad Garifovich Xabibulin (1949.26.7, Gʻijduvon) — monumental rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2004). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tutatgan (1973). 1974-yildan Toshkent haykaltaroshlik va monumental sanʼat ktida rassom. X. ijodida majoziy qiyofalar shakl va milliy naqqoshlik sanʼatining uygʻunligida oʻziga xos yangicha talqinga ega boʻldi: "Planeta hayoti" (OʻzR Matbuot markazida), "Sharq allomalari" (OʻzR Fan va texnika markazida), "Amir Temur saltanati" (Oʻzbekiston Baynalmilal madaniyat markazida), "Ilhom pariyey", "Sirli olam" (Oʻzbekiston konservatoriyasida); "Baxt uyi" (Navoiy sh.), Oʻzbekiston qurolli kuchlari tarixi muzeyi, "Toshkent" va "Oybek" metro bekatlaridagi kulollik va mozaika bezaklari va boshqa 1977-yildan Respublika va Xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Xabibulin Ozad Garifovich" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil