Kontent qismiga oʻtish

Oyoq kasalliklari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
To'piq va tizza artriti bilan kasallangan 55 yoshli bemor ayolning yassi oyog'i
O'ziga xos siyanoz va oyoq barmoqlarining qon tomir ishemiyasi bilan kasallangan oyoq
Chilblans kasalligi, shuningdek pernioz deb ham ataladi
Bunion va bolg'acha barmoq kasalligi bor oyoq
Ziguinchor kasalxonasidagi bemorning oyoq kasalligi. Senegal, 1973-yil
Sportchining oyog'i, zamburug' kasalligi

Oyoq kasalliklari odatda cheklanmagan bo'ladi, ya'ni ular bilan bog'liq bo'lgan kasalliklar tananing boshqa joylarida namoyon bo'lishi ham mumkin. Biroq, ko'p hollarda oyoq kasalliklarning belgi yoki alomatlari asosan oyoqda paydo bo'ladi[1]. Bunga oyoqlarning markaziy qon aylanish tizimidan uzoqligi, yurak va unga yerdan bo'ladigan doimiy bosimga ta'sir qilishi va tananing og'irligi sababdir.

Oyoq 26 ta suyak, 33 ta bo'g'im, ko'plab mushaklar, nervlar va turli xil ligamentlardan iborat bo'lgan murakkab tuzilmadir. Oyoqning har qanday qismiga kasalliklar ta'sir o'tkazishi mumkin, bunda yengil og'riqlardan tortib jiddiyroq og'riqlar yurish yoki og'irlikni ko'tarish qobiliyati susayishiga olib keladi. Ko'p hollarda oyoq og'rig'ining yengil holatlari uy sharoitida davolanish orqali muolaja qilinadi. Biroq, oyoqda kuchli og'riqlar mavjud bo'lsa, tibbiy yordam talab qilinadi, chunki bu nogironlik holatidir. Agar oyoq og'rig'i o'z vaqtida davolanmasa, bu uzoq muddatli nogironlik va oyoqning doimiy og'rishiga olib kelishi mumkin[2].

Oyoq og'rig'ining eng keng tarqalgan sabablaridan biri - noto'g'ri, yomon poyabzallar kiyishdir. Ayollar odatda tor va toraytiruvchi poyabzallar kiyishadi, shuning uchun ularda oyoq muammolari ko'proq uchraydi. Qattiq poyafzallar ko'pincha oyoq barmoqlarining haddan tashqari poyabzal ichida siqilib qolishiga olib keladi va natijada oyoqda turli xil strukturaviy nuqsonlar paydo bo'ladi. Oyoq kasalliklarining keyingi eng ko'p tarqalgan yan bir sababi - haddan tashqari oyoqdan ko'p foydalanish yoki travmatik shikastlanishlardir[3].

Jismoniy tekshiruvdan tashqari, yumshoq to'qimalar va qon tomirlarni holatini aniqlash uchun uchun rentgen MRI yoki ultratovush tekshiruvi qilinishi ham mumkin. Amerika ortopedik oyoq va to'piq jamiyati (AOFAS)ning anketalariga o'xshash standartlashtirilgan so'rovnomalar va hisoblash tizimlari oyoq va to'piq kasalliklariga aniq tashxis qo'yish uchun zarur bo'lgan tarix va jismoniy tekshiruvni aniqlashga yordam beradi[4].

Teri va tirnoqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ko'pincha dorsal teri va pteri kasalliklari o'rtasida farq bo'ladi. Umumiy misollar orasida kallus qalinlashgan teri, terining zamburug' infektsiyalari (sportchilarning oyog'i) yoki tirnoqlar (onikomikoz), verrucae nomli virusli infektsiya va oyoq tirnoqlarining ichkariga qarab o'sishi tirnoqlarning bakterial infektsiyasi (paronixiya)ga olib kelishi mumkin.

Oyoq barmoqlarining qalin teri qismi va oyoqdagi qadoqlar - terini bosim va ishqalanishlardan himoya qilish uchun oyoqlarda paydo bo'ladigan qalin va qattiq teri qatlamlaridir. Oyoq barmoqlarining qalin teri qismi va oyoqdagi qadoqlar juda keng tarqalgan bo'lishiga qaramay ular yoqimli ko'rinmaydi. Oyoq barmoqlarining qalin teri qismi va oyoqdagi qadoqlar inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatgandagina ularni davolash zarur bo'ladi. Aksariyat odamlar uchun oyoq barmoqlarining qalin teri qismi va oyoqdagi qadoqlar davolashning eng yaxshi usuli - bu ishqalanish yoki oyoq ezilishini bartaraf etishdir[5].

Tirnoqning ichkariga qarab o'sishi- bu tirnoqni barmoqning yumshoq go'shtli sohasiga qarab o'sishi bilan bog'liq bo'lgan oyoq kasalligidir. Bu kuchli qizarish, og'riq va shishishni keltirib chiqaradi. Tirnoqning ichkariga qarab o'sishi asosan katta barmoqda sodir bo'ladi. Barmoqdagi tirnoqning ichkariga qarab o'sishi uchun eng yaxshi davo bu - tirnoqning qisman yoki to'liq olib tashlanishidir[6].

Oyoqning artrit kasalliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oyoqdagi artrit ko'pincha tananing boshqa sohalaridagi artritdan farq qiladi. Axilles tendiniti kasalligi boldir mushaklari va Axilles tendonidagi stressdan kelib chiqadi. Bu kuchli tendon ko'pincha basketbol sport turidan orttirilgan yallig'lan ishdan so'ng bo'ladi. Tendonni ortiqcha tirnash o'rtacha og'riqga sabab bo'ladi. O'z vaqtida davolansa, tendinit yaxshilanadi. Ba'zida Axilles tendoni haddan tashqari cho'zilgan bo'lsa, yorilishi mumkin. Axilles tendoni yorilib ketganda, oyoqda ovoz paydo bo'ladi va odam o'tkir og'riqni his qilishi mumkin. Axilles tendoni yorilganda yurish qobiliyatini imkonsiz qiladi.

Bunyon - oyoqning bosh barmog'ida hosil bo'ladigan va tashqariga qarab yo'nalgan g'ayritabiiy suyak massasi. Bu deformatsiya yoqimsiz va og'riqlidir. Oyoqning katta barmog'i tagi kattalashganda, u boshqa barmoqlarni bir-biriga qarshi to'planishiga majbur qilishi mumkin. Vaqt o'tishi bilan bosh barmog' tashqariga itariladi va oyoqning normal holatini o'zgartiradi. Bunyonlarning payo bo'lish sabablari ko'p, lekin eng keng tarqalgani bu- to'g'ri poyabzal kiymaslik, artrit va turli xil irsiy nuqsonlarining borligidir.

Yassi oyoqlar ( Pes planus oyoq) oyoqning tovon qismi tekis ekanligini anglatadi. Bu juda keng tarqalgan og'riqsiz kasallik tug'ishda yoki homiladorlikdan keyin paydo bo'lishi mumkin. Yassi oyoqlar odatda muammo tug'dirmaydi, lekin ba'zida oyoqning ichkariga burilib qolishiga olib kelishi mumkin (pronatsiya). Yassi oyoqlarni to'g'rilashga yordam beradigan ortotik poyafzal pataklari (oyoq ortezlari) mavjud. Jarrohlik tekis oyoqlarni tuzatmaydi va undan qochish kerak. 

Bolg'a barmoqlar ko'rimsiz bo'lib va barmoqning o'rta bo'g'imining egilish tufayli o'ralgan barmoqga o'xshaydii. Bolg'a barmog'i, asosan, poyabzalning old tomonida juda qattiq yoki tovonlari juda baland bo'lganligi sababli paydo bo'ladi. Bunday hollarda, oyoq barmoqlari poyabzalning old qismiga siqilib, g'ayritabiiy burilishga olib keladi. Og'riqni yo'qotish, poyabzal kiyishini almashtirish yoki poyabzal qo'shimchasini kiyish ko'pchilik uchun etarli.

  1. [1] Top of Foot Pain: Causes and Treatments. Retrieved on 2017-01-01
  2. Foot Injuries and Disorders Medline Plus. Retrieved on 2010-01-20
  3. Orthopedic Surgery Mayo Clinic. Retrieved on 2010-01-20
  4. „AOFAS ankle-hindfoot score description and calculator – orthotoolkit“. Qaraldi: 2018-yil 10-yanvar.
  5. Foot & Ankle Fractures, Sprains and Dislocations (Wayback Machine saytida March 12, 2010, sanasida arxivlangan) New York Online Access To Health. Retrieved on 2010-01-20
  6. Ingrown Toenails Podiatry Network. Retrieved on 2010-01-20