Paronixiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Paronixiya
Sinonimlari Tirnoq atrofidagi teri infeksiyasiTirnoq atrofidagi teri infeksiyasi
Mutaxassislik Dermatologiya, xirurgiya
Turlari Oʻtkir va surunkali

Paronixiya — tirnoq atrofidagi teriga infeksiya tushishi natijasida kelib chiqqan kasallik boʻlib, u odatda Staphylococcus aureus bakteriyasi tufayli toʻsatdan paydo boʻlishi yoki Candida albicans zamburugʻi tufayli asta-sekin rivojlanishi mumkin[1][2][3]. Bu atama grekcha: παρωνυχία para 'atrofidaʼ, oniks 'tirnoq' va -ia qoʻshimchasidan iborat. Xavf omillari qatoriga tirnoqlarni tishlash holatlari[1] yoki tirnoqlar atrofining kesilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kesikula shikastlanishi kiradi. Davolash antibiotiklar va fungitsid dori vositalari bilan hamda yiring mavjud boʻlsa, kesma ochish va drenajlash amaliyotlari bilan olib boriladi[1].

Etiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir paronixiyaga odatda bakteriyalar sabab boʻladi. Koʻpincha antibiotiklar bilan davolanadi. Antibiotiklar mahalliy (teriga qoʻllaniladi) yoki ogʻiz orqali (ogʻiz orqali qabul qilinadi) qabul qilinadi. Surunkali paronixiya koʻpincha tirnoq atrofidagi yumshoq toʻqimalarning kandidamikoz infeksiyasi natijasida kelib chiqadi. Ammo, nafaqat zamburugʻli, balki bakterial infeksiya natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Agar yalligʻlanish jarayoni surunkali tus olsa, sabab koʻpincha zamburugʻ boʻladi va uni davolash uchun fungitsid krem yoki tabletkalar qoʻllaniladi[4].

Paronixiyaning diabetiklarda, dori-darmonli immunosupressiya yoki pemfigus kabi tizimli kasalliklarda paydo boʻlishi xavfi yuqoriroq[5].

Simptomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu kasallik bilan koʻpincha koʻrsatkich va oʻrta barmoqlar zararlanadi va qizarish, shishish, ogʻriq bilan namoyon boʻladi[1].

Diagnostikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paronixiya rivojlanishiga qarab toʻsatdan paydo boʻladigan oʻtkir va uzoq davom etadigan surunkali turlariga boʻlinadi[6].

Oʻtkir turi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir paronixiya — bu olti haftadan kam davom etadigan barmoq va tirnoqlarni oʻrab turgan toʻqimalarning infeksion yalligʻlanishi hisoblanadi[3]. Infeksion jarayon odatda tirnoqning yon tomonidagi paronixiyada mahalliy qizarish, shishish va ogʻriq belgilari bilan boshlanadi[7]. Oʻtkir paronixiya odatda kesikula yoki tirnoq burmasining toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita shikastlanishi natijasida yuzaga keladi[8].

Surunkali turi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surunkali paronixiya — bu olti haftadan koʻproq davom etadigan barmoq va tirnoqlarni oʻrab turgan toʻqimalardagi infeksion jarayondir[3]. Surunkali paronixiya qoʻllari yoki oyoqlari doimiy nam muhitda boʻladigan odamlarda keng tarqalgan tirnoq kasalligi boʻlib, koʻpincha kontakt dermatit bilan bogʻliq boʻladi[7]. Bu kasallikda kesikula tirnoq plastinkasidan ajralib, proksimal tirnoq burmasi va tirnoq plastinkasi orasidagi hududni infeksiyaga qarshi himoyasiz qoldiradi[9]. Bu idishlarni yuvish, barmoqlarni soʻrish, kesikulalarni agressiv tarzda kesish yoki kimyoviy moddalar (engil ishqorlar, kislotalar va boshqalar) bilan tez-tez aloqa qilish natijasida infeksion jarayon rivojlanishiga olib keladi.

Shu bilan bir qatorda, paronixiyani quyidagicha tasniflash mumkin[7]:

  • Candidal paronixiya — C. albicans infeksiyasi natijasida rivojlangan tirnoq burmasining yalligʻlanishi[6].
  • Piogenik paronixiya — bakteriyalar keltirib chiqaradigan tirnoq atrofidagi teri burmalarining yalligʻlanishi[6].

Differensial diagnostikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paronixiyaning differensial diagnostikasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Sellulit yuzaki infeksiya boʻlib, tananing taʼsirlangan qismida eritema va shish shaklida namoyon boʻladi. Davolash enteral antibiotiklarni qabul qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi[10].
  • Onikomikoz — bu tirnoqlar rangini oq-sargʻish rangga kelib qolishiga sabab boʻladigan tirnoqning zamburugʻli kasalligidir[10].
  • Tirnoq psoriazi tirnoq va oyoq tirnoqlariga taʼsir qilishi mumkin. Bu tirnoqlarning chuqurlashishi, tizmalari, tartibsiz konturlari va hatto tirnoq oʻz joyidan koʻtarilishi bilan qalinlashishiga olib kelishi mumkin[10].

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh barmoqning paronixiyasidan keyingi kesma, tirnoqni qisman olib tashlash amaliyoti

Hali yiring paydo boʻlmagan vaqtda, oʻtkir paronixiya uchun iliq muolajalarni qoʻllash maqsadga muvofiqdir[11].

Surunkali paronixiya uni qoʻzgʻatuvchisining nima ekanligidan qatʼiy nazar, iloji boricha fungitsid va steroid dori vositalari bilan davolanmaydi. Davolash samarasiz boʻlgan holatlarda tirnoq burmasini jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash ham mumkin[12].

Antibiotiklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy va enteral antibiotiklarni tavsiya qilish uchun yetarli maʼlumotlar yoʻqligi sababli, bunday dorilarni qoʻllash shifokorga bogʻliq boʻladi. Qoʻllaniladigan antibiotiklar S. aureus qoplamasiga ega boʻlishi kerak. Mahalliy antibiotikli malhamlardan bakitrasin yoki mupirosin kabilarni qoʻllash mumkin. Mahalliy davolanish muvaffaqiyatsiz boʻlgan bemorlarda yoki ogʻirroq holatlarda ogʻiz enteral antibiotiklar qabul qilinadi. Bularga dikloksatsillin yoki sefaleksinlar misol boʻla oladi[11]. Agar xoʻppoz belgilari (yiring mavjudligi) paydo boʻladigan boʻlsa, absess yuzasi ochilib, drenaj qoʻyiladi[11].

Epidemiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollarda paronixiya erkaklarnikiga qaraganda koʻproq uchraydi. Chunki odatda ayollar qoʻl yoki oyoqlarini uzoq vaqt davomida suvga botirishni talab qiladigan kasblarda ishlashadi (masalan, idishlarni yuvuvchi lavozimida)[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 James G. Marks „21. Nail disorders“,. Lookingbill and Marks' Principles of Dermatology E-Book, Fifth, Elsevier Saunders, 2013 — 256 bet. ISBN 978-1-4557-2875-6. 
  2. "Acute and chronic paronychia". Am Fam Physician 77 (3): 339–46. February 2008. PMID 18297959. 
  3. 3,0 3,1 3,2 Rockwell PG (March 2001). "Acute and chronic paronychia". Am Fam Physician 63 (6): 1113–6. PMID 11277548. 
  4. „Doctor's advice Q: Whitlow (paronychia)“. bbc.co.uk. Qaraldi: 2008-yil 10-may.
  5. "Nail disease in pemphigus vulgaris". Dermatol. Online J. 15 (7): 2. 2009. PMID 19903430. http://escholarship.org/uc/item/4x05d6vh. 
  6. 6,0 6,1 6,2 James, William D.. Andrews' Diseases of the Skin: clinical Dermatology. Saunders Elsevier, 2006. ISBN 978-0-7216-2921-6. 
  7. 7,0 7,1 7,2 Fitzpatrick's Dermatology in General Medicine, 6th Freedberg, Irwin M.: , McGraw-Hill Publishing Company, 2003. ISBN 978-0071380768. 
  8. Rigopoulos, Dimitris; Larios, George; Gregoriou, Stamatis; Alevizos, Alevizos (2008). "Acute and Chronic Paronychia". American Family Physician 77 (3): 339–346. PMID 18297959. http://www.aafp.org/afp/2008/0201/p339.pdf. Qaraldi: January 7, 2013. Paronixiya]]
  9. Rigopoulos, Dimitris; Larios, George; Gregoriou, Stamatis; Alevizos, Alevizos (2008). "Acute and Chronic Paronychia". American Family Physician 77 (3): 339–346. PMID 18297959. http://www.aafp.org/afp/2008/0201/p339.pdf. Qaraldi: January 8, 2013. Paronixiya]]
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 Dulski, Anne; Edwards, Christopher W (2020). "Paronychia". Statpearls. PMID 31335027. 
  11. 11,0 11,1 11,2 Ritting, AW; O'Malley, MP; Rodner, CM (May 2012). "Acute paronychia.". The Journal of Hand Surgery 37 (5): 1068–70; quiz page 1070. doi:10.1016/j.jhsa.2011.11.021. PMID 22305431. 
  12. Rigopoulos, Dimitris; Larios, George; Gregoriou, Stamatis; Alevizos, Alevizos (1 February 2008). "Acute and Chronic Paronychia". American Family Physician 77 (3): 339–346. ISSN 0002-838X. PMID 18297959. https://www.aafp.org/afp/2008/0201/p339.html.