Artrit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Artrit (yun. arthron – boʻgʻim, itis – yalligʻlanish) – boʻgʻimlarning yalligʻlanishi. Asosiy kasallik (mas, spondiloartrit) yoki boshqa kasallik (mas, revmatizm) belgisi boʻlishi mum-kin: bir (monoartrit) yoki bir necha boʻgʻim (poliartrit) zararlanadi. In-feksiya (tif, paratif, sil, brutsellyoz va boshqalar), moddalar almashinuvining bu-zilishi, lat yeyish, surunkali kasalli-klar (murtak bezlari, oʻrta quloq, burun yondosh boʻshliqlarining yalligʻlanishi, kasallangan tishlar) va boshqa sa-bab boʻladi. Intoksikatsiya (zaharlanish), sovqotish, odam organizmida mikroblarga qarshilik koʻrsatish qobiliyatining susayishi natijasida ham A. roʻy be-radi. Oʻtkir, surunkali, allergik, yuqumli, revmatik (poliartrit), eks-sudatli va boshqa A. farq qilinadi. A.da boʻgʻimlar ogʻriydi, qizarib shishadi, shakli oʻzgaradi va harakati cheklanadi; yalligʻlangan boʻgʻim sohasida suyuqlik (ekssudat) yigʻiladi. Bemor darmonsiz-lanadi, harorati koʻtariladi. Kasallik endi boshlanayotganda davo (dori-darmon, davo fizkulturasi, massaj) qilinsa, bemor tezda sogʻayib ketadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil