Kallyus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kallusdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Kallyus, kallus (lot. callus — qadoq) — oʻsimlikning shikastlangan (kesilgan) joyida hosil boʻladigan toʻqima. Yaraning bitishiga yordam beradi. K. yupqadevorli parenxima hujayralaridan iborat boʻlib, boʻrtma (baʼzan yupqa qavat) koʻrinishida boʻladi. Yalangʻochlanib qolgan turli toʻqimalar qujayralarining boʻlinishidan paydo boʻladi. Payvandlashda payvandtag va payvandustning birikib ketishiga, qalamchalardan koʻpaytirishda qoʻshimcha oʻsimta ildizlar va kurtaklar paydo boʻlishiga yordam beradi. Terak, tok qalamchalari K. hosil qilib ekilganda bexato tutib ketadi. KALMARAZ, oʻsimliklar kalmarazi, parsha — aksariyat zamburugʻlar (baʼzan bakteriyalar) qoʻzgʻatadigan kasallik. Asosan, oʻsimliklarning ustki toʻqimalari shikastlanadi. Kutikula yoki novdalarda dogʻlar, yaralar, buqoqlar paydo boʻladi. Koʻpchilik q.x. ekinlari kasallanadi. K. koʻproq olma, nok, kartoshka va sitrus ekinlari (limon, apelsin)da uchraydi. Olma, nok daraxtlari K.ni Venturia inaeguaties va V. pinna zamburugʻlari qoʻzgʻatadi. Olmada barg va mevalar, nokda novdalar ham zararlanadi. Daraxtlarning barglarida kulrang toʻgarak dogʻlar hosil boʻladi, barg shapalogʻining orqa tomonida dogʻlar toʻq yashil rangli baxmalsimon gʻubor bilan qoplanadi. Mevalarda esa gʻubor bilan qoplangan kumushrang hoshiyali qoʻngʻir dogʻlar paydo boʻladi. Bu dogʻlar keyinchalik kengayib, koʻpincha bir-biriga tutashadi. Kasallangan barglar toʻkiladi. Mevaning shikastlangan joyidagi toʻqimalari yogʻochsimon boʻlib qoladi, kasallik yanada avj olib ketganda bu joylar yoriladi. K. bilan kasallangan daraxtlarning hosili kamayadi, mevalari sifatsiz boʻlib qoladi.

Kartoshka K.ni aksinomitsetlar (oddiy K. qoʻzgʻatuvchisi — Actinomuces scabies, A. tricolor va b.), zamburugʻlar [gʻuborli K. qoʻzgʻatuvchisi — Spongospora subterranea), qora K. (rizokotonioz) qoʻzgʻatuvchisi — Rhizoctonia solani] har xil turlari qoʻzgʻatadi. Tuganaklari zararlanadi.

Kurash choralari: kuzda yerga toʻkilgan mevalar yigʻib olinib, yoʻqotiladi va bogʻ qator oralari shudgorlanadi. Koʻklamda, kurtaklar burta boshlaganda daraxtlarga 3% li bordo suyukligi purkaladi. Bahorda yogʻingarchilik koʻp boʻlgan yillarda daraxtlar guldan tushganidan keyin 1% li bordo suyuqligi purkaladi. Kartoshka K.ga qarshi kurashda kasallikka chidamli navlarni tanlash, urugʻlikni fungitsidlar bilan ishlov berib ekish, agrotexnika tadbirlariga qatʼiy rioya qilish kerak.

Sulton Alimuhameoov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil