Ota Polvonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Polvonov Ota (1867 — Xiva -1972)— yogʻoch oʻymakori; Xiva yogʻoch oʻymakorligi maktabining yirik namoyandasi. Xiva yogʻoch oʻymakorligi maktabi rivojiga salmokli hissa koʻshgan. Bobosi usta Abdusattor va otasi usta Polvonlar bilan birga ishlab qunar oʻrgangan. Xivadagi koʻpgina binolarning darvo-zasi, eshik, ustunlarini bezashda qat-nashgan. Xivadagi "Umid" artelida oʻyma-korlik brigadasiga boshchilik qilgan (1930—40-yillar). A.Boltayevnit naqsh mujassamotlari asosida shogirdi Safo Bogʻbekov bilan birgalikda naqshlagan us-tun va ikki tabaqali eshik Parij xalq-aro amaliy sanʼat koʻrgazmasida namo-yish kilingan (1937). Navoiy teatri binosi uchun eshiklar tayyorlagan (1947), Urganch vokzali binosi uchun 4 ta 2 tabaqali eshikni bezagan (1952). Badiiy koʻrgazmalar va panoramalar direksiyasi (hozirgi Zamonaviy sanʼat muzeyi) uchun ustun va eshiklar tayyorlagan. P. ishlaridan namunalar OʻzR va xo-rijiy mamlakatlar muzeylari va toʻplamlaridasaqlanadi. P. yaratgan naksh mujassamotlari (asosan, islimiy) mu-rakkab va jozibador boʻlib, oʻymalarining chuq. 2 mm.dan 30 mm.gachadir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil