Kontent qismiga oʻtish

Osman Asanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Osman Abitovich Asanov
qrim tatarcha: Osman Abıtovıc Asanov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 24-dekabr 1923-yil
Küçükköy qishlogʻi, Qrim ASSR
Vafoti 25-noyabr 2005-yil(2005-11-25)
(81 yoshda)
Simferopol, Ukraina
Fuqaroligi

SSSR bayrogʻi SSSR

Ukraina bayrogʻi Ukraina
Kasbi xonanda, musiqachi, kompozitor, oʻqituvchi
Janr milliy qoʻshiqlar
Faoliyat yillari 19552005

Osman Abitovich Asanov (1923-yil 24-dekabr, Küçükköy (talaffuzi: Kichikkoʻy) qishlogʻi, Qrim ASSR2005-yil 24-noyabr, Simferopol, Ukraina) — sovet va ukrain xonandasi, musiqachi, kompozitor, oʻqituvchi, kuchli va keng diapazon tovushga ega tenor. Xaytarma (qrim tatarcha: Qaytarma) musiqiy ansambli aʼzosi (1957—1964). Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (1999)[1].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osman Asanov 1923-yil 24-dekabrda Qrim ASSR, Kichikko‘y qishlog‘ida tug‘ilgan[2]. 1939-yilda Pyotr Ilich Chaykovskiy nomidagi Simferopol musiqa bilim yurtida oʻqishni boshlaydi, ammo Ikkinchi jahon urushi tufayli oʻqishini tugata olmaydi. 1944-yilda qrim tatarlari deportatsiya qilinganidan keyin O‘zbekiston SSR, Namangan viloyati, Chust tumanida yashay boshlagan. 1955-yilda Namanganda qrim tatarlarining musiqiy ansamblini tuzadi. 1957—1964-yillari Toshkentdagi qrim tatarlarining Xaytarma (qrim tatarcha: Qaytarma) musiqiy ansamblida vokalchi va skripkachi boʻlgan[3]. Bu musiqiy ansambl Rossiya, Qozogʻiston, Kavkaz boʻylab gastrol safarlari uyushtirishgan. 1966-yili Namangan musiqa bilim yurtida tahsil olgan. 1976-yilda Toshkent davlat konservatoriyasining vokal fakultetini tamomlagan. 19641991-yillarda Farg‘onadagi musiqa maktabiga o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Shuningdek, Fargʻona to‘qimachilik kombinati qarashli madaniyat saroyida qrim tatarlarining „Xoran“ ansamblini tuzadi[3]. 1991-yilda Qrimga qaytib ketadi[2]. Qrim tatar, rus, ukrain, oʻzbek tillarida qoʻshiqlar ijro etgan. „Guljian“, „Yalta tangosi“ qoʻshiqlariga musiqa yozgan[2]. „Ural dağı“, „Tatarlığım“, „Menim adım Seyit oğlu Seydamet“ kabi qoʻshiqlar muallifi. Koʻplab shogirdlari hozirda Avstriya, Germaniya, Belgiya, Isroilda faoliyat olib borishmoqda. 1999-yilda Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan taqdirlangan[1]. 2005-yil 24-noyabr kuni Simferopolda vafot etgan[2].

  1. 1,0 1,1 Заир Акадыров. „Осман Асанов – выдающийся исполнитель народных песен“ (rus tilida) (2022-yil 24-dekabr). 2023-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Осман Асанов(1923 – 2005)“ (rus tilida) (2016-yil 5-sentyabr). 2023-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyun.
  3. 3,0 3,1 „Асанов Осман Абітович“ (ukrain tilida). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-iyun.