Oqbeshim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oqbeshimshahar harobasi. Qir-gʻizistondagi Chu vodiysida, Toʻqmoq shahridan 12 km jan.-gʻarbda joylashgan. 1894-yil V. V. Bartold tomonidan ochilgan. U 1012-asrlardagi Qoraxoniylar davlatining poytaxti Bolasogʻun O. oʻrnida boʻlgan deb taxmin etgan. O. shahriston, ark, mustahkamlangan rabod va viloyatni koʻchmanchilar hujumidan mu-dofaa etish maqsadida qurilgan. "Uzun devor" dan tarkib topgan. Shahar maj-muasiga Kichik O. (shahar harobasidan shim.-gʻarbda joylashgan qalʼa) ham kirgan. 1938—40 yillarda O.ni A. N. Bernshtam tadqiq etib qisman qazish-ma ishlarini olib borgan. 1953—54 yillarda L. R. Kizlasov shahristonning madaniy qatlamida (5—10-asrlar) 4 qurilish davrini aniklagan. O. rabo-dida 68-asrlarga oid yodgorliklar oʻrganilgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, O.dagi shahar hayoti 10-asrga kelib barham topdi, shuning uchun Bolasogʻun bilan aynan deb hisoblash nooʻrin boʻlib chikdi.[1]

Yana qarang: Oq-Beshim (Chuy tumani)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil