Oqbuloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

OqbuloqToshkent viloyatida joylashgan soy. Chatqol daryosining eng yirik irmogʻi. Chatqol tizmasining suvayirgʻich qismidagi (3477 m.) kichik togʻ kulidan boshlanadi. Uz. 40 km, havzasining maydoni 818 km². Yuqori oqimida vodiysi kengroq, quyi oqimida vodiysi juda tor, yon bagʻirlari tik. Qor va yomgʻirdan toʻyinadi. Umumiy uz. 135 km boʻlgan 85 ta irmogʻi bor. Eng yiriklari Toshkeskansoy, Qoʻshmonsoy, Sargardonsoy, Qorarchasoy.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil