O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Qo‘mitasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi
Qisqartma BQ
Turi Iqtisodiy, Huquqiy, Harbiy
Maqomi Qo‘mita
Shiori "Shaffoflik zamirida iqtisodiy xavfsizlik"
Ishga tushgan sanasi 1991 yil 24 oktyabr
Hududiy xizmati Oʻzbekiston
Qo‘mita raisi Mavlonov Akmalxuja
Ishchilar soni 4200 dan ortiq
Vebsayti customs.uz/uz
Til(lar)i Oʻzbek tili
Map

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi(kelgusida BQ) — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi bojxona ma'muriyatchiligi soxasida vakolatli huquqni muhofaza etuvchi organ. Asosiy vazifalariga bojxona qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash, tashqi savdo va trans-chegaraviy tovar aylanmasini statistikasini yuritish, kontrabandaga qarshi kurashish kiradi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qolga kiritgach, 1991-yil 24 oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. Tashki iqtisodiy faoliyatni, Bojxona ishini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq meʼyorlari bilan uygʻunlashtirildi. 1997-yil 8-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Bojxona xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997-yil 29 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9 sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Boj tarifi toʻgʻrisida", "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida"gi Qonunlari, 1997-yil 26 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi (qarang Bojxona kodeksi). Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida bojxona xizmati boshqarmalari, qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlaridagi magistral yoʻllarda shu boshqarmalarga qarashli Bojxona postlari faoliyat koʻrsatadi.

BQ maxsus belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 630-son qaroriga asosan BQ quydagi farqlash belgisi va bayrog'i tasdiqlandi:

Tashkiliy tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi tashkiliy tuzilmasi

Raislar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Militsiya general-mayori Uraim Abdugʻaniyev
Rais Unvoni Xizmat davri
Abgʻaniyev Uraim Abgʻaniyevich Militsiya - General-mayori 01.08.1992-18.01.1994
Alimbayev Sabit Axmadovich Bojxona xizmati - General-mayori 18.07.1994-15.07.1997
Komilov Oʻtkir Tolipovich General-mayori 11.07.1997-27.01.2000

15.01.2001-24.04.2002

Aripov Said-Azim Bojxona xizmati - General-mayori 16.02.2000-17.01.2001
Haydarov Ravshan Haydarovich Ichki xizmat - General-mayori 16.05.2002-30.11.2002
Parpiyev Botir Raxmatovich General-mayori 03.12.2002-06.02.2004
Matlyubov Baxodir Axmedovich General-leytenant 17.02.2004-05.01.2006
Nasirov Sadirxon Xalxojayevich Bojxona xizmati - General-mayori 05.01.2006-01.02.2011
Dusanov Zoxid Abdukayumovich Bojxona xizmati Polkovnigi 20.12.2016-13.02.2018
Azimov Murotjon Berdaliyevich Bojxona xizmati - General-mayori 13.02.2018-18.11.2021
Akmalxuja Yusupovich Mavlonov Bojxona xizmati - General-mayori 18.11.2021- h/v

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]