Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi
Qisqartma | BQ |
---|---|
Turi | Iqtisodiy, Huquqiy, Harbiy |
Maqomi | Qo‘mita |
Shiori | "Shaffoflik zamirida iqtisodiy xavfsizlik" |
Ishga tushgan sanasi | 1991 yil 24 oktyabr |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Qo‘mita raisi | Mavlonov Akmalxuja |
Ishchilar soni | 4200 dan ortiq |
Vebsayti | customs.uz/uz |
Til(lar)i | Oʻzbek tili |
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi(kelgusida BQ) – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi bojxona maʼmuriyatchiligi soxasida vakolatli huquqni muhofaza etuvchi organ. Asosiy vazifalariga bojxona qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, tashqi savdo va trans-chegaraviy tovar aylanmasini statistikasini yuritish, kontrabandaga qarshi kurashish kiradi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qolga kiritgach, 1991-yil 24 oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni, Bojxona ishini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq meʼyorlari bilan uygʻunlashtirildi. 1997-yil 8-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Bojxona xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997-yil 29 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9 sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining „Boj tarifi toʻgʻrisida“, „Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida“gi Qonunlari, 1997-yil 26 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi (qarang Bojxona kodeksi). Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida bojxona xizmati boshqarmalari, qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlaridagi magistral yoʻllarda shu boshqarmalarga qarashli Bojxona postlari faoliyat koʻrsatadi.
BQ maxsus belgilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 630-son qaroriga asosan BQ quydagi farqlash belgisi va bayrogʻi tasdiqlandi:
-
Bayroq UZB customs.jpg Oʻzbekiston Respublikas Boʻjxona organlari bayrogʻi
Tashkiliy tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tashkiliy tuzilmasi
Raislar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rais | Unvoni | Xizmat davri |
---|---|---|
Abgʻaniyev Uraim Abgʻaniyevich | Militsiya – General-mayori | 01.08.1992-18.01.1994 |
Alimbayev Sabit Axmadovich | Bojxona xizmati – General-mayori | 18.07.1994-15.07.1997 |
Komilov Oʻtkir Tolipovich | General-mayori | 11.07.1997-27.01.2000
15.01.2001-24.04.2002 |
Aripov Said-Azim | Bojxona xizmati – General-mayori | 16.02.2000-17.01.2001 |
Haydarov Ravshan Haydarovich | Ichki xizmat – General-mayori | 16.05.2002-30.11.2002 |
Parpiyev Botir Raxmatovich | General-mayori | 03.12.2002-06.02.2004 |
Matlyubov Baxodir Axmedovich | General-leytenant | 17.02.2004-05.01.2006 |
Nasirov Sadirxon Xalxojayevich | Bojxona xizmati – General-mayori | 05.01.2006-01.02.2011 |
Dusanov Zoxid Abdukayumovich | Bojxona xizmati Polkovnigi | 20.12.2016-13.02.2018 |
Azimov Murotjon Berdaliyevich | Bojxona xizmati – General-mayori | 13.02.2018-18.11.2021 |
Akmalxuja Yusupovich Mavlonov | Bojxona xizmati - General-mayori | 18.11.2021- h/v |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni
- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
- Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
- Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi