Urganch mudofaasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Urganch mudofaasi (1221) — moʻgʻullar istilosi davrida shaharning qahramonona mudofaa qilinishi. Chingizxon xorazmshoxdar saltanati poytaxti Urganch (Gurganj)ni osongina, ortiqcha kuch ishlatmay olish ilinjida Muhammad Xorazmshohning onasi Turkon xotun huzuriga hojib Donishmandni elchi qilib yuboradi va shaharni jangsiz topshirsa unga Xorazm, Xuroson va Jayhunning narigi tarafi va ularga tutash joylarni berishga vaʼda qiladi. Ammo Turkon xotun oʻgʻli Muhammad Xorazmshohning qochganidan xabardor boʻlgach, oʻgʻlining xotinlari va bolalarini, uning xazinasi va qimmatbaho ashyolarini olib, shaharni tashlab ketgan. Hokimsiz qolgan Urganch axli sarosimada qolgan. Shaharda hokimiyatni Ali Kuhiy Darugʻon ismli bir firibgar oʻz qoʻliga olgan, natijada, tartibsizliklar yanada kuchaygan, oʻzaro janjal va bosqinchiliklar boshlangan, fuqaro va devon mollari talontoroj qilingan.

Bir oz vaqtdan soʻng davlat devonining oliy mansabdorlari mushrif Imomiddin va Sharafiddin Koʻppak Urganchga qaytib kelib, oʻlgan xorazmshoh nomidan soxta vakolatnoma xati tuzib, hokimiyatni egallashgan. Shundan soʻng shaharda bir oz tartib urnatilgan. Tez orada Urganchga xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi bilan uning ukalari Oʻzloqshoh va Oqshoxlar kelishgan. Biroq sobiq valiahd Oʻzloqshohning tarafdorlari Jaloliddinning davlat taxtiga boʻlgan haqini tan olishmagan. Ular Turkon xotunning ukasi Xumor teginni sulton deb eʼlon qilishtan. Xumor tegin va amirlardan Oʻgʻul hojib, Shayxxon, Er Bugʻo Paqlavon va Qutlugʻxonning qoʻl ostilarida 90 ming turkiy askarlar bor edi. Bu amirlar Jalolidsinga suikasd uyushtirishgan, lekin, u bundan avvaldan ogoh boʻlgani sababli Temur Malik boshchiligidagi 300 askar bilan Urganchni tark etgan. 3* kundan soʻng moʻgʻullar yaqinlashib kelayotganini eshitgan Oʻzloqshoh va Oqshohlar ham shaharni tashlab ketishgan. Shaharni dastlab Chingizxonning oʻgʻillari Oʻqtoy va Chigʻatoy boshchiligidagi 100 ming kishilik qoʻshin qamal qilgan. Moʻgʻullar oʻsha zamonning eng mukammal qurolaslahalaridan foydalanishgan. Moʻgʻullar harbiy hiyla yshlatib askarlarining bir qismini pistirmada qoldirib, oz sonli qoʻshin bilan hujumga oʻtganlar. Shahardan koʻplab otliq va piyoda guruhyaar chiqib "chekinayotgan" moʻgʻullarni taʼqib eta boshlagan. Urganch yaqinidagi Bogʻi Xurram bogʻlari yonida pistirmadagi moʻgʻul qoʻshini Urganch askarlarini oʻrab olib, minglab kishilarni qirib tashlashgan, shaharliklarning koʻpchiligi Oʻgʻul hojib boshchiligida qurshovdan chiqib Xurosonga qochib ketgan. Moʻgʻullar xorazmliklarning qochganlarini quvib Qobilon darvozasi orqali Urganchning tashqi devorlarining ichiga kirganlar. Lekin ular shahar aholisining qattiq qarshiligiga duch kelganlar va shahardan butunlay haydab chiqarilganlar. Ertasi kuni moʻgʻullar Qobilon darvozasi orqali hujumga oʻtishgan, lekin amir Faridun Gʻuriy askarlari tomonidan uloqtirib tashlangan.

Urganch qamali choʻzilib ketgan, Chingizxon katta oʻgʻli Joʻjini yordamga yuborgan. Joʻji otasi unga butun Movarounnahrni mulk sifatida vaʼda qilgani uchun, boy shahar Urganchni, unga zarar yetkazmay qoʻlga kiritishga harakat qilgan. Shuning uchun shaharliklar oldiga oʻz elchisini yuborib, shaharni gʻoliblarnint rahmshafqatiga topshirilishini taklif etgan. Biroq Chigʻatoy akasiga eʼtiroz bildirib, Urganchni vayron qilinishini talab qilgan. Moʻgʻullarning qamai li 7 oy davom etgan. Chingizxon oʻgʻillari orasidagi raqobatni bartaraf etish uchun barcha qoʻshin va shahzodalarni Oʻqtoyga boʻysundirgan. Shundan soʻng moʻgʻullar shaharga qattiq hujum uyushtirganlar. Xumor tegin va uning mulozimlari shahar darvozalarini ochib taslim boʻlishga qaror qilishgan. Moʻgʻullar shaharga yopirilib kirib, 7 kun davomida aholi bilan koʻcha janglari olib borganlar, bosib olingan uy va binolarni buzib, neft bilan yondirib borishgan. Moʻtullar mahallamamahalla bosib borganlar, faqat 3 ta mahalla qolganda Xorazm muhtasibi faqih Alouddin alHayyot boshchiligidagi shahar elchilari omonlik soʻrashgan. Biroq moʻgʻullar iltimosnirad etishgan. Ular shaharning tirik qolgan barcha aholisini shahar tashqarisiga chiqarib, Moʻgʻulistonga yuborish uchun 100 mingga yaqin hunarmandlarni ajratib olganlar, soʻngra moʻgʻullar Urganchning barcha tirik qolgan aholisini qatl etganlar.

Aholidan oʻch olib boʻlgach, moʻgʻullar shaharni rejali ravishda vayron qilishga oʻtgan. Ular Amudaryodagi toʻgʻonni buzib, shaharni suvga bostirganlar. Noyob madaniy yodgorliklar, kugubxonalar vayron qilingan. Urganch mudofaasidan soʻng moʻgʻullar harbiy harakatlarni Xurosonga koʻchirganlar.

Adabiyot[tahrir]

  • Buniyodov 3. Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097—1231), T., 1998; Shixab adDin Muxammad anNasavi, Jizneopisaniye sultana Djalal adDina Mankburni, Baku, 1973.