Rus (davlat)
Qiyofa
Rus, (Rus yeri) — Dnepr daryosi sohilining oʻrta qismida tashkil topgan sharqiy slavyan davlatining dastlabki nomi (9-asr). 12-asr boshigacha Kiyev Rusi hududining nomi. 12—13-asrlarda Qadimgi Rus yerlari va knyazliklarining nomi. 13-asrdan Belaya Rus, Malaya Rus va boshqa joy nomlari paydo boʻlgan. "Rus" atamasi sobiq Qadimgi Rus davlatining shimoli-sharqiy yerlari nomini anglatib, "ruslar" tushunchasining asosiga aylangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |