Oʻqilon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻqilon (Psammophis lineolatus) — suvilonlar oilasiga mansub ilon. Gavdasi ingichka, uz. 90 sm gacha. Tanasining orqa tomonida 4 ta boʻylama qoramtir yoʻli bor. Tangachalari silliq. Zahar soluvchi tishlari yuqori jagʻ suyagining keyingi qismida. Markaziy va Gʻarbiy Osiyoda, jumladan, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo va Sharqiy Zakavkazyeda tarqalgan. Choʻl va chala choʻllarda yashaydi; togʻlarda ham uchraydi. Juda tez ("oʻqdek") harakat qiladi (nomi shundan). Asosan, kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Chaqqon, oʻljasini bir necha sekundda oʻldiradi. Urgʻochisi iyun— iyulda 2—6 ta tuxum qoʻyadi. Chaqishi odam uchun xavfli emas; chunki Oʻ. ogʻiz boʻshligʻining keyingi qismida joylashgan zahar tishidan foydalanolmaydi.