Oʻktam Salomov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
O'ktam Salomov
Tavalludi 1977-yil 20-yanvar
Buxoro viloyati
Taʼlimi Toshkent Davlat unversiteti
Faoliyat yillari Andijon mashinasozlik instituti (2016-2019), Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (2019-2020) rektori, 2020-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o’rinbosari, 2021-yil 14-yanvardan buyon Farg'ona politexnika instituti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.
Bolalari Oilali, 4 nafar farzandning otasi
Veb-sayti Telegram[1] Instagram[2] Facebook[3]

Oʻktam Salomov Rahimovich — Fargʻona politexnika instituti rektori, Fizik, fan doktori.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salomov Oʻktam Raximovich 1977-yil 20-yanvar kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1994-yilda maktabni bitirgach Toshkent Davlat universitetiga oʻqishga qabul qilinadi.

Salomov talabalik yillarida ustozlari rahbarligida fizika fanining sir-asrorlarini chuqur oʻrgangan va 1999-yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Issiqlik fizikasi boʻlimi aspiranturasiga qabul qilingan. 2003-2004-yillarda esa ilmiy izlanishlarini Fransiya davlatining Pyer va Mariya Kyuri nomidagi 6-Parij universiteti aspiranturasida davom ettirgan. 2004-yilda shu yerda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

2004-2008-yillarda yosh olim Oʻ.R.Salomov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Issiqlik fizikasi boʻlimida kichik ilmiy tadqiqot ishlarida faoliyat koʻrsatgan hamda 2008-2010-yillarda shu yerda u doktoranturani oʻtagan. Doktoranturadan soʻng u 2010-2011-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yangi loyihalar boʻyicha muxandis lavozimida ishlagan.

Ilmiy izlanishlarga boʻlgan ishtiyoq uni 2011-yilda Italiyaning Turin politexnika universiteti doktoranturasiga yetaklagan va 2014-yilda ilmiy izlanishlarini yakunlab, doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va unga doktorlik ilmiy darajasi berilgan.

Talabalikdan soʻng, taʼlim sohasidagi muvaffaqiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻ.R.Salomovdagi ilmiy salohiyat, rahbarlarga hos qatʼiyat va ustozlarga hos fazilatlarini sezgan Davlatimiz rahbari uni 2016-yilda Andijon mashinasozlik instituti rektori lavozimiga tayinlagn. Bu dargohda u 2019-yilgacha yoshlarga bilim berish, ilmiy salohiyatni koʻtarish va xalqaro aloqalarni rivojlantirish yoʻlida samarali mehnat qilgan.

2019-2020-yillarda u Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori[4], 2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari[5] lavozimlarida ishlagan.

2021-yilning 14-yanvar kunidan boshlab u Fargʻona politexnika instituti rektori lavozimiga tayinlangan[6] va hozirga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda.

Oilasi haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻ.A.Salomov katta oilaning boshligʻi, toʻrt nafar farzandning otasi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://t.me/salomov_blog
  2. https://www.instagram.com/salomov_blog/
  3. https://m.facebook.com/salomovblogs
  4. https://kun.uz/uz/36892071?utm_source=uznet.press&utm_medium=topic&utm_campaign=self
  5. https://qalampir.uz/uz/news/kirkukda-turkmanlarning-yirik-namoyishi-bolib-otmoqda-22459
  6. https://abt.uz/blog/oliy-va-orta-maxsus-talim-vazirining-birinchi-orinbosari-ishdan-ketdi