Oʻgʻuzxon Prezident saroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻgʻuzxon Prezident saroyi
Oguz han köşgi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, prezident Gurbanguli Berdimuhamedov bilan (2018-yil) saroyda
Umumiy maʼlumot
Shahar Ashxobod
Mamlakat Turkmaniston
Qurilishi boshlangan 2008-yil
Qurilishi tugagan 2011-yil[1]
Narxi 250 million dollar
Egasi Turkmaniston hukumati
Dizayn va konstruksiya
Asosiy pudratchilar Bouygues[2]
Oʻgʻuzxon Prezident saroyi

Oʻgʻuzxon saroyi (turkmancha: Oguz han köşgi) Turkmanistonning poytaxti Ashxobod shahridagi Mustaqillik maydonida joylashgan Turkmaniston prezidentining rasmiy qarorgohi va asosiy ish joyidir. Saroy 1990-yillarning oxiridan beri Turkmaniston prezidentining qarorgohi va prezidentining uyi bo‘lib kelmoqda. Prezident Saparmirat Nyazov 1997-yildan 2006-yil vafot etgunga qadar saroyda yashagan. Oʻgʻuzxon Prezident saroyi 2011-yilning may oyida [3], Turkmenboshi saroyi oʻrniga qurilgan[4][5].

Saroy Mustaqillik maydonining gʻarbiy tomonida joylashgan Prezident Koʻshgi („Prezident saroyi“) majmuasining bir qismi hisbolanadi. Saroy shimolida Koshk Köçesi ("Saroy koʻchasi", sobiq Karl Marks koʻchasi), janubida Galkynysh Köçesi ("Uygʻonish koʻchasi"), janubi-sharqida Galkynysh meydany („Uygʻonish maydoni“) va sharqida Beyik Saparmirat Turkmenboshi koʻchalari joylashgan.

Turkmanboshi saroyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saroyning asosiy tantanalar zali xorijiy davlat rahbarlarini kutib olish marosimlari uchun foydalaniladi

Fransiyaning Bouygues qurilish firmasi 1997-yilda Turkmanistonning o‘sha paytdagi prezidenti Saparmirat Nyyazov uchun prezident saroyini qurgan.

Evolyutsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gurbanguli Berdimuhamedov saroy darvozasida.

Keyinchalik Bouygues turkiy xalqlarning afsonaviy avlodi sharafiga Oʻgʻuzxon nomiga atab yangi saroy qurdi. Qurilish 2008-yilda boshlangan va 2011-yil 18-mayda yakunlangan. Ochilishda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etadi[6][7][8]. Yangi saroyning narxi 250 million dollar[9].

Saroy zallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saroyning markaziy zalida tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish marosimlari o‘tkaziladi. „Oltin zal“ deb nomlanuvchi bu zal oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar uchun mo‘ljallangan. Gorkut Ata zali — yana bir anjumanlar zali hisoblanadi. Saljuqiy Xon zali ikki tomonlama bitimlar va hukumatlararo bitimlar imzolanadigan zal. Bayram Xan zali matbuot anjumanlari va matbuot brifinglari uchun foydalaniladi. Magtimguli zali turli uchrashuvlar va madaniy tadbirlar uchun foydalaniladi[10][11]. Saroy majmuasida, shuningdek, tashrif buyurgan davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlarining koʻngil ochish uchun alohida banket zallari mavjud.

Numizmatika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]