Nyu-Jersi provinsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nyu-Jersi provinsiyasi
New Jersey
1664-1673
1702-1783
Nyu-Jersi bayrogʻi
Maqom Angliya mulkdor koloniyasi (1664–1673)
Angliya qirollik koloniyasi (1702–1707)
Buyuk Britaniya qirollik koloniyasi (1707–1783)
Poytaxt Elizabethtown (1664–1673)
Perth Amboy va Burlington (1702–1783)
Rasmiy til(lar) inglis, nemis
Hukumat Nyu-Jersi provinsiya Kengashi
Bosh assambleya
Tarix  
• Asos solingan
1664
• Tugatilgan
1783
Pul birligi New Jersey pound
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Yangi Niderlandiya
Sharqiy Jersi
Gʻarbiy Jersi
Nyu-Jersi
Hozirda hududida quyidagilar mavjud Amerika Qo'shma Shtatlari tarkibida

Nyu-Jersi provinsiyasi Amerikaning oʻrta mustamlakalaridan biri boʻlib, 1783-yilda AQShning Nyu-Jersi shtatiga aylandiriladi. Provinsiya dastlab evropaliklar tomonidan Yangi Niderlandiyaning bir qismi sifatida joylashtirilgan, ammo 1664-yilda Fort Amsterdam taslim boʻlganidan keyin inglizlar hukmronligi ostiga oʻtib, mulkiy mustamlakaga aylandirilgan. Inglizlar bu provinsiyani La-Mansh boʻgʻozidagi Jersi Baylivik sharafiga oʻzgartirdilar. Gollandiya Respublikasi 1673-1674-yillarda qisqa muddatga nazoratni qayta tikladi. Shundan soʻng 1702-yilda qirollik mustamlakasi sifatida birlashtirilgunga qadar ikkita siyosiy boʻlinmadan iborat boʻladi — Sharqiy Jersi va Gʻarbiy Jersi. Provinsiyaning dastlabki chegaralari hozirgi holatidan biroz kattaroq boʻlib, 1773-yilda chegara aniqlanmaguncha, hozirgi Nyu-York shtatining bir qismiga choʻzilgan.[1]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharqiy-Shimoliy Amerikada Yangi Niderlandiya va Yangi Shvetsiyaning nisbiy joylashuvi

Nyu-Jersi provinsiyasi dastlab 1610-yillarda Yangi Niderlandiya koloniyasining bir qismi sifatida joylashtirilgan. 1664-yil sentabr oyida Ikkinchi Angliya-Gollandiya urushida Fort Amsterdamning taslim boʻlishi tufayli butun Oʻrta Atlantika mintaqasi ustidan nazorat inglizlar qoʻliga oʻtadi. Inglizlar Angliya qiroli Genrix VII boshchiligidagi italiyalik Jon Kabot Shimoliy Atlantikaning foydali savdosi ustidan nazoratni oʻrnatish uchun bu joyni birinchi boʻlib kashf qilgan, deb daʼvo qilib, musodarani toʻqtatadilar. Yangi Niderlandiya Bosh direktori Piter Stuyvesant (harbiy mudofaani boshqara olmadi) koloniya nazoratidan voz kechib, mulk huquqi, meros qonunlari va din erkinligi kafolatlarini taʼminlaydi. Taslim boʻlgandan soʻng, Richard Nikolls Yangi Amsterdam va Yangi Niderlandiyaning qolgan qismlari, shu jumladan Bergen nomi bilan mashhur boʻlgan Shimoliy daryoning gʻarbiy tomonidagi (Gudzon daryosi) va Delaver daryosi boʻyida joylashgan Yangi Shvetsiyaning aholi punktlari gubernatorining oʻrinbosari lavozimini egallaydi.

Mulkiy hukumati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
16701 000—    
16803 400+240.0%
16908 000+135.3%
170014 010+75.1%
171019 872+41.8%
172029 818+50.1%
173037 510+25.8%
174051 373+37.0%
175071 393+39.0%
176093 813+31.4%
1770117 431+25.2%
1780139 627+18.9%
1784149 435+7.0%

1664-yil mart oyida qirol Charlz II oʻzining ukasi, York gertsogi Jeymsga Yangi Niderlandiya va hozirgi Meynni oʻz ichiga olgan qirollik koloniyasini boshqarishga beradi.[2] Ushbu nizom shuningdek, koloniya nizomiga zid boʻlgan hozirgi Massachusets shtatining qismlarini ham oʻz ichiga oladi. Nizom Jeymsga anʼanaviy mulkiy huquqlarga ruxsat berdi va uning vakolatlariga bir nechta cheklovlar qoʻydi. Umuman olganda, nizom unga faqat hukumat Angliya qonunlariga muvofiq boʻlish sharti bilan yerga egalik qilish, nazorat qilish va boshqarish huquqini berdi. York gertsogi oʻz koloniyasiga hech qachon tashrif buyurmagan va uni toʻgʻridan-toʻgʻri nazorat qilmagan. U oʻz hukumatini oʻzi tayinlagan gubernatorlar, kengashlar va boshqa zobitlar orqali boshqarishni saylaydi. Saylangan assambleya uchun esa hech qanday shart belgilanmagan edi.

Keyinchalik 1664-yilda York gertsogi Gudzon daryosi va Delaver daryosi orasidagi yangi mulkining bir qismini qarzni toʻlash evaziga ser Jorj Karteretga beradi.[3]Hudud Karteretning ota-bobolarining uyi boʻlgan Jersidagi Bailiwick sharafiga nomlangan edi.[4] Nyu-Jersining boshqa qismi gersogning yaqin doʻsti boʻlgan Strattonlik lord Berkliga sotilgan. Natijada, Karteret va Berkeley Nyu-Jersi shtatining egalari ikkita ingliz lordlari boʻlishadi.[5][6] Nyu-Jersi shtatining ikki mulkdori 1665-yilda Nyu-Jersining barcha aholisiga diniy erkinlik bergan Konsessiya va kelishuv hujjatini qabul qilish orqali koʻproq koʻchmanchilarni viloyatga koʻchib oʻtishga va ularga yer uchastkalarini berishga harakat qilgan.[7] Britaniya hukumati davrida Angliya cherkovi davlat cherkovi boʻlgani sababli diniy erkinlik yoʻq edi. Yer evaziga koʻchmanchilar yillik ijara haqini toʻlashlari kerak edi.

1665-yilda ikki mulkdor Filipp Karteretni Nyu-Jersi shtatining birinchi gubernatori etib saylaydi. U Elizabethni Nyu-Jersi poytaxtiga aylantiradi. Shu paytda darhol Karteret yer egalariga bir nechta qoʻshimcha yer grantlarini beradi. Nyuark (1666), Piskatauey (1666), Bergen (1668), Midltaun (1693), Vudbrij (1669) va Shrusberi shaharlari ishga tushiriladi.

Koʻchmanchilarning ijarani tark etishi tobora qiyin tus oladi, chunki ularning koʻpchiligi ijarani toʻlashdan bosh tortadi.Koʻpchilik Nyu-York gubernatori Richard Nikolsdan yer olgani uchun egalariga hech qanday qarzdor emasligini daʼvo qilishdi. Bu oʻz navbatida Berklini ikki ingliz Jon Fenwick va Edvard Byllynga Gʻarbiy Jersini sotishiga majbur qildi. Yana koʻplab kvakerlar Nyu-Jersida oʻz uylarini qurishadi va inglizlar (Angliya cherkovi) hukmronligidan diniy erkinlik izlashadi.

Bunga qoʻshimcha, Nyu-Jersida mojarolar koʻtarila boshladi. Nyu-York gubernatori Edmund Andros 1680-yilda ser Jorj Karteret vafotidan keyin Sharqiy Jersi ustidan hokimiyatni qoʻlga kiritishga harakat qiladi. Biroq, u gubernator Fillip Karteretdan gubernatorlik lavozimini olib tashlay olmaydi va unga hujum qilish uchun harakat qilib, uni Nyu-Yorkda sudga beradi. Keyinchalik Karteret oqlanadi. Bundan tashqari, Sharqiy va Gʻarbiy Jersiliklar, tubjoy amerikaliklar va Nyu-Jersiliklar, soʻngra turli diniy guruhlar oʻrtasida janjal sodir boʻla boshlaydi.

Sharqiy Jersi va Gʻarbiy Jersi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1706-yilgi Sharqiy va Gʻarbiy Jersi xaritasi



Jon Worlidge boshchiligida Jon Torton tomonidan chizilgan.

1674-yildan 1702-yilgacha Nyu-Jersi provinsiyasi Sharqiy Jersi va Gʻarbiy Jersi ga boʻlingan, ularning har biri oʻz gubernatoriga ega. Har birining oʻz konstitutsiyasi bor: Gʻarbiy Jersi Konstitutsiyasi (1681) va Sharqiy Jersi Konstitutsiyasi (1683).[8][9]

Gʻarbiy va Sharqiy Jersi oʻrtasidagi aniq chegara koʻpincha bahslarga sabab boʻlgan. Ikki tomon oʻrtasidagi chegara hozirgi Atlantik Siti shimolidagi Atlantika okeanigacha yetib boradi. Chegara chizigʻi Jorj Keyt tomonidan yaratilgan boʻlib, uni hali ham Burlington va Okean, Hunterdon va Somerset okruglari oʻrtasidagi chegaralarda koʻrish mumkin. Keyt liniyasi Kichkina Garbor shaharchasining janubiy qismidan shimoli-gʻarbiy tomonda, Takertondan shimolga oʻtib, Delaver suv boʻshligʻidan shimolda joylashgan Delaver daryosi boʻylab yuqoriga koʻtariladi. Keyinchalik, 1676 -yilda Quintipartite Deed nizolarni kamaytirishga yordam beradi, yaʼni mulk bilan bogʻliq nizolarni hal qilish uchun aniqroq soʻrovlar va xaritalar tuzadi. Natijada, 1696-yilda chizilgan Tornton chizigʻi va 1743-yilda chizilgan Lorens chizigʻi qonuniy maqsadlar uchun yakuniy chiziq sifatida qabul qilinadi.[10]

Yangi Angliya hukmronligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi Angliya hukmronligi qisqa muddatli maʼmuriy birlashma hisoblanib, 1688-yil 7-mayda Nyu-York viloyati, Sharqiy va Gʻarbiy Jersi provinsiyasi hukmronlik tarkibiga qoʻshilgan. Poytaxt Bostonda joylashgan boʻlib, kattaligi jihatidan Nyu-York shahri leytenant gubernatori tomonidan boshqariladigan Nyu-York, Sharqiy va Gʻarbiy Jersidan keyin turadi. 1688-yilgi shonli inqilobda Orange Uilyam tomonidan Jeyms II ning agʻdarilishi haqidagi xabar Bostonga etib borgach, mustamlakachilar qoʻzgʻolon koʻtaradilar va hukmronlik 1689-yilda tarqatib yuboriladi.

Qirollik koloniyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1702-yil 17-aprelda qirolicha Anna hukmronligi ostida mulkiy koloniyaning ikki qismi birlashtiriladi va Nyu-Jersi qirollik koloniyasiga aylantiriladi. Edvard Xayd, Lord Kornberi qirollik koloniyasi sifatida koloniyaning birinchi gubernatori boʻladi. Biroq, u porachi, samarasiz va buzuq hukmdor edi. 1708-yilda lord Kornberi Angliyaga chaqiriladi. Keyin Nyu-Jersi yana Nyu-York gubernatorlari tomonidan boshqarilishi Nyu-Jersi koʻchmanchilarini gʻazablantirib, gubernatorlarni Nyu-Yorkka xayrixohlikda ayblaydi. Sudya Lyuis Morris alohida gubernatorlik ishini boshqargan va 1738-yilda qirol Jorj II tomonidan gubernator etib tayinlangan.[11]

Nyu-York — Nyu-Jersi urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nyu-York — Nyu-Jersi urushi 1701-1765-yillar oraligʻida ikki Amerika koloniyalari — Nyu-York va Nyu-Jersi provintsiyalari oʻrtasidagi bahsli chegarada yarim asrdan koʻproq vaqt davomida sodir boʻlgan bir qator toʻqnashuvlar asosida paydo boʻlgan edi. Chegara urushlari mustamlakalarni joylashtirishning dastlabki kunlarida odatiy hol emas, baʼlkim qarama-qarshi yer daʼvolarini keltirib chiqargan. Yakuniy kelishuvga erishilgunga qadar jaholat, qasddan mensimaslik va huquqiy noaniqlik singari nizolar mahalliy ko‘chmanchilar ishtirokida yuzaga kelib turgan. Ushbu janjallarning eng kattasida Nyu-York va Nyu-Jersi oʻrtasida taxminan 210,000 kvadrat kilometr yer xavf ostida boʻlgan. Nihoyat, 1769-yilda qirollik komissiyasi tomonidan mojaro hal qilinadi.

Provinsiya kongressi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharq va Gʻarbga boʻlingan Nyu-Jersi provinsiyasi, odatda Jersi deb ataladi.



Uilyam Faden tomonidan 1777-yil chizilgan xarita

Nyu-Jersi provinsiya kongressi Amerika inqilobining dastlabki davrlarida boshqaruv organi edi. U birinchi marta 1775-yili qirollik gubernatorini almashtirish uchun Nyu-Jersi shtatining oʻn uchta okrugi vakillari bilan uchrashadi.

Birinchi davlat konstitutsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nyu-Jersi shtatining birinchi konstitutsiyasi 1776-yil 2-iyulda qabul qilingan.[12] Bu paytda Amerika inqilobiy urushi davom etayotgan, general Jorj Vashington yaqinda Nyu-Yorkda magʻlub boʻlib, shtatni bosqinchilik xavfi ostida qoldirgan edi.[12] 1776-yilgi Nyu-Jersi shtati Konstitutsiyasi besh kun ichida ishlab chiqilgan boʻlib, keyingi ikki kun ichida vaqtinchalik hukumatni oʻrnatish uchun ratifikatsiya qilinadi va shu bilan Nyu-Jersi qulashi va anarxiyaga tushishining oldini olinadi.[13] Boshqa qoidalar qatorida, u turmushga chiqmagan ayollar va mulkiy talablarga javob beradigan qora tanlilarga ovoz berish huquqini berdi.[12]

Sud hokimiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy sud 1704-yilda Pert Amboy va Burlingtonda navbatma-navbat oʻrnatirish uchun tashkil etilgan boʻlib, u bosh sudya, ikkinchi sudya va bir nechta yordamchi sudyalardan iborat.

Oliy sudyalar [14]
Amaldagi Egalik Izohlar
Ishga kirgan Ishdan boʻshagan
Rojer Mompesson 1704-yil oktabr 1709
Tomas Gordon 1709-yil 28-aprel 1709
Rojer Mompesson 1709 1710-yil 14-fevral
Devid Jeymison (siyosatchi) 1710 1723
Uilyam Trent 1723-yil 23-noyabr 1724-yil 25-dekabr
Robert Lettis Xuper 1725-yil 2-yanvar 1728
Tomas Farmar 1728 1728
Robert Lettis Xuper 1729 1738
Robert Hunter Morris 1739-yil 17-mart 1757-yil 27-yanvar 1754-yilda isteʼfoga chiqdi, 1757-yilda Angliyaga joʻnadi
Uilyam Aynsli 1757-yil 16-fevral 1758-yil may
Robert Hunter Morris 1761-yil 1764-yil 27-yanvar lavozimiga tiklandi
Charlz Rid 1764-yil 20-fevral 1764
Frederik Smit 1764-yil 17-oktabr 1766

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The New York – New Jersey Line War (also known as the „N.J. Line War“) refers to a series of skirmishes and raids that took place between 1701 and 1765 at the disputed border between two American colonies — the Province of New Jersey and the Province of New York.
  2. „Timeline“. New York State Senate. Qaraldi: 2016-yil 15-iyul.
  3. Turner, Jean-Rae and Richard T. Koles. Elizabeth: First Capital of New Jersey. Arcadia Publishing, Aug 27, 2003 — 11 bet. ISBN 0738523933. 
  4. The province was also called „the Province of New Caesaria or New Jersey“.
  5. Rieff, Henry, „Interpretations of New York-New Jersey Agreements 1834 and 1921“ (PDF), Newark Law Review, 1 (2), May 6, 2006da asl nusxadan (PDF) arxivlandi
  6. "Land Speculation and Proprietary Beginnings of New Jersey". The Advocate (New Jersey Land Title Association) XVI (4): 3, 20, 14. http://www.njlta.org/Dec2004.pdf. Qaraldi: April 15, 2010. Nyu-Jersi provinsiyasi]]
  7. The Concession and Agreement was the first of three fundamental documents that governed the Province of New Jersey.
  8. Avalon Project. „Province of West New-Jersey, in America, The 25th of the Ninth Month Called November“. Yale Law School. 2007-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 17-dekabr.
  9. See: New Jersey State Constitution#Previous versions.
  10. Aun, Fred (January 1995). "A Fine Old Line Across New Jersey". Coordinate 15 (1). http://www.surveyhistory.org/a_fine_old_line_across_new_jersey1.htm. Qaraldi: 2 May 2013. Nyu-Jersi provinsiyasi]]
  11. Streissguth pg 30-36
  12. 12,0 12,1 12,2 See: New Jersey State Constitution#Previous versions.
  13. „The New Jersey Constitution of 1776“. Qaraldi: 2006-yil 17-dekabr.
  14. Tanner, Edwin. The province of New Jersey, 1664-1738 (Volume 1). 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Cunningham, Jon T. Colonial New Jersey (1971) 160pp
  • Doyl, Jon Endryu. Amerikadagi ingliz koloniyalari: IV jild Oʻrta koloniyalar (1907) onlayn 7-8-chi boʻlim
  • Makkormik, Richard P. Nyu-Jersi koloniyadan shtatga, 1609-1789 (1964) 191pp.
  • Pomfret, Jon Edvin. Kolonial Nyu-Jersi: tarix (1973), standart zamonaviy tarix

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]