Yangi angliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yangi angliya — AQShning shimsharqiy qismida tarixiy tarkib topgan hudud nomi. Ya.A.da Massachusets, Konnektikut, RodAylend, NyuXempshir, Vermont, Men shtatlari joylashgan. Mayd. 172,6 ming km². Aholisi 15,2 mln. kishidan ziyod (2002). Eng muhim sanoat, savdomoliya va madaniyat markazi va porti — Boston shahri Yuqori malakali mutaxassislar mehnati talab etiladigan sanoat tarmoqlari rivojlangan. Iqtisodiy faol aholining 1/3 qismi ishlab beruvchi sanoat tarmoqlarida band. Yangi angliya shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashtan.

"YA.A." nomi shu hududdagi Shim. Amerika sohillarini tadqiq etgan (1614) ingliz kapitani J.Smit tomonidan berilgan. Hududni mustamlakaga aylantirish, asosan, 17-asrning 20-y.laridan boshlangan. Ya.A. inglizlarning Amerikadagi mustamlakalari orasida iqgisodiy jihatdan eng rivojlangan hududi edi. Ya.A. aholisi 1775—78 yillarda Shim. Amerika mustaqilligi uchun va 1861—65 yillardagi fuqarolik urushida faol ishtirok etgan.