Shimoliy Fargʻona kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shimoliy fargʻona kanaliFargʻona vodiysidagi kanal. Uchqoʻrgʻon shahri yaqinida Norin daryosidagi Uchqoʻrgʻon toʻgʻonidan boshlanib, Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyati (Asht tumani)da tugaydi. Kanal 1940 yilda eski kanallar — Yangiariq (1820), Rozenbax (1890), Anhor (1938) kanallari oʻrnida xalq hashari yoʻli bilan qurildi. Uz. 162,5 km (Oʻzbekiston hududida 144 km, Tojikistonda 18,5 km). Suv oʻtkazish imkoniyati 103 m³/s Namangan viloyati Chust va Pop tumanlari (71,5 ming ga) va Tojikistonning Asht tumanidagi (45,8 ming ga) yerlarni sugʻoradi. Shimolida adir etaklaridan Namangan shahrini aylanib oʻtadi. Bu yerda kanal (9 km) chuqur oʻyiq va koʻtarmalar orasidan oʻtadi. 91,6 km da kanal koʻpgina yirik va mayda soylar (Gʻovasoy, Japarsoy, Olmossoy, Kosonsoy, Sumsarsoy) ni kesib oʻtadi, soʻng togʻ oldi tekisligidan oqadi. Kanalda 400 dan ortiq gidrotexnika inshooti, jumladan, bosh rostlagich, 5 toʻgʻon inshooti, 197 suv chiqargich, 15 dyuker, 5 ta temir yoʻl, 35 ta avtomobil yoʻli koʻprigi, 95 nasos styasi, 8 tashlama inshoot qurilgan. 228 mustaqil tarmoqqa ega; eng yiriklari: Yangiariq (23 m³/s), Rozenbax (7 m³/s gacha); PopOqsuv, Toʻda, Sang (3 dan 5 m³/s gacha), Anhor (3 m³/s) va boshqalar.