Nikol Pashinyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nikol Vovaevich Pashinyan
armancha: Նիկոլ Վովայի Փաշինյան
 16-Armeniya respublikasi pemyer ministri
 
Prezident Armen Sarkisyan (2018—2022)
Alen Simonyan (2022;)
Vaagn Xachaturyan (2022 dan)
Oʻtmishdoshi Serj Sargsyan
Karen karapetyan
 Armeniya respeblikasi milliy yig'ilishida „ELK“ Fraksiya lideri
 
Mansab davri
18-may 2017 – 8-may 2018
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Idjevan, Armyan SSR, SSSR
Turmush oʻrtogʻi Anna Akopyan
Bolalari Mariam, Ashot, Shushan, Arpine
Onasi Svetlana Pashinyan
Otasi Vova Pashinyan
Maʼlumoti Yerevan davlat universiteti
Vebsayti primeminister.am (rus.)

Nikol Vovaevich Pashinyan (armancha: Նիկոլ Վովայի Փաշինյան; 1975-yil 1-iyunda tavallud topgan) – Armaniston davlat va siyosiy arbobi, 2018-yil 8-maydan Armaniston Bosh vaziri[1][2][3]. 2021-yil 25-apreldan 2-avgustgacha bosh vazir lavozimida ishlagan va iyun oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida gʻalaba qozongan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Armaniston Milliy Assambleyasi deputati (2012–2018), Yelk fraksiyasi rahbari (2017–2018). Hozirgi paytda esa KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi raisi sifatida faoliyat olib boradi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U uylangan, Mariam, Shushanna, Arpin ismi qizlari va Ashot ismli oʻgʻli bor. Uning rafiqasi Anna Akopyan „Aykakan Jamanak“[4] gazetasining bosh muharriri. Oʻgʻli Ashot Pashinyan 2018-yil iyul oyida oʻz xohishi bilan Togʻli Qorabogʻda harbiy xizmatga yuborilgan[5].

Pashinyan oʻzining ona tili boʻlmish arman tilidan tashqari, rus[6], ingliz[7][8] va fransuz[9][10] tillarini yaxshi biladi.

Yoshlik davrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pashinyan inqilob davrida

Nikol Pashinyan 1975-yil 1-iyunda Ijevan shahrida tugʻilgan. Uning ismi otasi tomonidan 1943-yilda[11] Ulugʻ vatan urushi paytida Kavkaz frontida halok boʻlgan bobosi sharafiga qoʻyilgan. Pashinyanning otasi jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishlagan[12]. Onasi Svetlana Pashinyan 1987-yilda yaʼni Nikol 12 yoshligida vafot etgan. U otasining ikkinchi xotini boʻlgan, oʻgay onasi Yerjanik Chibuxchyan tomonidan tarbiyalangan[13][14]. Armen va Artak ismli ikki akasi bor[15]. Armiyada xizmat qilmagan, chunki undan oldin ikkita katta akasi xizmat qilgan va qonun boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashi shart emasdi[16][17].

Siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilgi parlament saylovlarida Pashinyan prezident Robert Kocharyan va Bosh vazir Serj Sarkisyanning isteʼfosini talab qilgan „Impichment“ bloki roʻyxatida birinchi raqamda edi[18][19]. Natijada blok 1,29 foiz ovoz (17 mingdan ortiq saylovchi) toʻplab, 12-oʻrinni egalladi.

2008-yilda Armaniston prezidentligiga nomzod Levon Ter-Petrosyanning saylovoldi shtabining aʼzosi boʻlgan va 2008-yil 1-2 mart kunlari Yerevanda yuz bergan tartibsizliklardan keyin qidiruvga berilgan[20]. 2010-yil yanvar oyida, ommaviy tartibsizliklarni uyushtirganlikda ayblanib 7 yilga qamalgan. Keyinchalik sud hukmni ikki baravarga qisqartirdi va 2011-yil may oyida Pashinyan Armaniston mustaqilligining 20-yilligi munosabati bilan tayinlangan amnistiyaga binoan ozod qilingan[21].

Tashqi siyosatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pashinyan Yevropa Ittifoqini Armanistonning islohotlardagi asosiy hamkori deb atadi[22] va Yevropa Ittifoqi va Armaniston oʻrtasida vizasiz rejim joriy etish niyatini bildirgan[23][24].

2018-yilning 27-sentabr kuni Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan MDH sammiti doirasida Pashinyan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi vaziyatni yumshatish boʻyicha choralar koʻrish boʻyicha kelishuvga erishildi[25]. Uchrashuvdan soʻng Pashinyan Aliyev haqida ijobiy fikr bildirgan[26].

2019-yilda Nikol Pashinyan Facebook’dagi obunachilar bilan eng koʻp bogʻlanadigan yetakchilar roʻyxatiga kirgan[27].

Togʻli Qorabogʻ[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan Davosdagi Xalqaro iqtisodiy forumda

2016-yilgacha Pashinyan bir vaqtlar Levon Ter-Petrosyan tomonidan aytilgan Qorabogʻ masalasini murosa yoʻli bilan hal qilishni qoʻllab-quvvatlagan. Biroq, 2016-yildan keyin Pashinyan oʻz pozitsiyasi oʻzgartirib[28]shunday dedi: „Bizning Ozarbayjonga oʻtkazadigan yerlarimiz yoʻq“[29]. Shuningdek, Artsaxning Ozarbayjonga, yaʼni Ozarbayjon nazoratidagi Shohumyan viloyatiga oʻz hududiy daʼvolariga ega ekanligini aytdi[30].

2018-yil aprel oyida BBCga bergan intervyusida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Yerevanning zabt etilishi hamda Armaniston va Qorabogʻning „kapitulyatsiyasi“ haqida gapirar ekan, Pashinyan Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasida „konstruktiv muloqot“ boʻlishi mumkin emasligini taʼkidlagan[31].

2020-yil 27-sentabrda Ikkinchi Qorabogʻ urushi boshlandi, u shu yilning 10-noyabrgacha davom etgan va shundan soʻng Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Togʻli Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot qabul qildilar[32][33].

2021-yil 11-yanvar kuni Moskvada Rossiya Prezidenti, Ozarbayjon Prezidenti va Armaniston Bosh vaziri oʻrtasida uch tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi, unda yetakchilar qoʻshma bayonotni imzoladilar[34][35].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Пашинян подал в отставку с поста премьера Армении“ (ru). РИА Новости (25 aprel). 25-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2021-yil.
  2. „Пашинян объявил об отставке“ (ru). РБК. 25-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2021-yil.
  3. „Пашинян уходит в техническую отставку, но продолжит исполнять обязанности премьера Армении“. ТАСС. 25-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-aprel 2021-yil.
  4. „Никол Пашинян: что мы знаем о нём?“. 2-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-may 2018-yil.
  5. Sputnik. „Ашот Пашинян отправляется в армию: как провожают сына премьер-министра?“ (ru). ru.armeniasputnik.am. 13-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-avgust 2018-yil.
  6. „Почему Путин не вмешался в бархатную революцию в Армении - Никол Пашинян в "Немцова.Интервью"“ (ru). Deutsche Welle (29-may 2018-yil). 30-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  7. „Armenia's man of the hour, Nikol Pashinyan“. Euronews (30-aprel 2018-yil). 3-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  8. „Exclusive CGTN interview with Armenian opposition leader Pashinyan“. CGTN (8-may 2018-yil). 25-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  9. „Վարչապետ Նիկոլ Փաշինյանի ելույթը Ֆրանկոֆոն հասարակական կազմակերպությունների 11-րդ ֆորումին“. Government of Armenia (12-sentyabr 2018-yil). 21-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  10. „After speaking in very decent English, Nikol concluded in French in homage to @OIFfrancophonie coming up next month.“. Emil Sanamyan on Twitter (25-sentyabr 2018-yil). 12-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  11. Ghukasyan, Seda. „Prime Minister’s Father Vova Pashinyan: «There are many Nikols in Armenia»“. Hetq (9-may 2018-yil). Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  12. Yeghiazaryan, Siranush „Նիկոլ Փաշինյան. "Գուցե իմ ամբողջ կյանքը խենթություն է"“ (hy). mediamax.am (15-yanvar 2015-yil). 12-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-may 2018-yil. ()
  13. „"Փաշինյան, հյուր ունենք", կամ այց վարչապետի ծնողներին“ (hy). armeniasputnik.am. Sputnik Armenia (23-may 2018-yil). 21-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  14. „Биография премьера Армении Никола Пашиняна“. 15-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-iyun 2020-yil.
  15. „Никол Пашинян — родом из Иджевана“. 10-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-may 2018-yil.
  16. Ghukasyan, Seda. „Ինչ հիմքերով են պարտադիր զինվորական ծառայությունից ազատվել կառավարության անդամները. մաս 1“ (hy). Hetq (21-avgust 2018-yil). Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  17. „Նիկոլ Փաշինյանը բանակում իր չծառայելու մասին“ (hy). news.am (28-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  18. „«КАРАБАХ — ЗА ПРЕЗИДЕНТСКОЕ КРЕСЛО»“. 24-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-aprel 2018-yil.
  19. „«Импичмент» обвинили в популизме“. 24-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-aprel 2018-yil.
  20. „Zavershilos predvaritelnoe sledstvie otnositelno 7 obvinyaemix, naxodyaщixsya pod predvaritelnim zaklyucheniem“, genproc.am Andoza:Проверено
  21. „Первые плоды амнистии — вышли на свободу Сасун Микаелян и Никол Пашинян“. 22-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-aprel 2018-yil.
  22. „Пашинян назвал ЕС главным партнёром Армении по реформам“. 30-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-iyun 2020-yil.
  23. „Пашинян подтвердил, что будет добиваться отмены визового режима между Арменией и ЕС, ТАСС, 9 мая 2018“. 9-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-dekabr 2018-yil.
  24. „Европейский союз готов обсуждать безвизовый режим с Арменией, armmuseum.ru, 19 июня 2018“. 9-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-dekabr 2018-yil.
  25. „Nikol Pashinyan, Ilham Aliyev agree to de-escalate situation on border line and prevent incidents“. 26-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  26. „Nikol Pashinyan: Aliyev left impression of an educated person“. 28-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  27. „World Leaders on Facebook 2019“ (en). Twiplomacy (9-aprel 2019-yil). 6-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-noyabr 2019-yil.
  28. Adilgizi, Lamiya. „Azerbaijan watches Armenian rebellion with jealousy and hope“. Eurasianet (27-aprel 2018-yil). Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  29. de Waal, Thomas. „Armenia's Revolution and the Karabakh Conflict“. Carnegie Europe (22-may 2018-yil). Qaraldi: 30-iyun 2020-yil.
  30. Abrahamyan, Eduard. „Pashinyan Stiffens Armenia's Posture Toward Karabakh“. Jamestown Foundation (10-may 2018-yil). Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  31. „Никол Пашинян: со стороны Армении отношениям с Россией ничего не грозит [Nikol Pashinyan: Nothing threatens relations with Russia from the Armenian side“] (ru). BBC Russian Service (29-aprel 2018-yil). Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  32. „Армения заключила мир и пошла на уступки Азербайджану. Главное к 15:00“ (ru). РБК. 12-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-noyabr 2020-yil.
  33. „Конец войны в Карабахе. Стороны договорились о вводе в регион российских миротворцев“. BBC News Русская служба. Qaraldi: 13-noyabr 2020-yil.
  34. „Путин, Алиев и Пашинян приняли заявление о Карабахе“ (ru). РБК. 11-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-yanvar 2021-yil.
  35. „«Конкретные шаги по строительству экономических связей»: Путин, Алиев и Пашинян подписали заявление о развитии Карабаха“ (ru). RT на русском. 11-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-yanvar 2021-yil.