Mir Ali Tabriziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mir ali tabriziy (13301405) — xattot, nastaʼliq xatining ixtirochisi (Sultonali Mashhadiyning taʼkidlashicha, M.A.T. bu xatni nasx va taʼliq yozuvlari asosida yaratgan). Amir Temur va Shohrux Mirzo xizmatida boʻlgan. Nastaʼliq xatining qonunqoidalari bayon etilgan risola yaratgan, koʻplab shogirdlar tayyorlagan. U koʻchirgan qoʻlyozmalar, jumladan, Kirmoniyning "Xumoy va Humoyun", "Kamolnoma", "Ravzat al-anvar" dostonlari (1396, Britaniya muzeyida), Saʼdiyning "Kulliyot"i, "Boʻston" asari (1377), Nizomiy va Dehlaviyning "Hamsa"lari (Eron milliy kutubxonsida) va qitʼalar (1donasi Sankt-Peterburgdagi Rossiya milliy kutubxonasida) bizgacha yetib kelgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil