Muslim Yo‘ldoshev
Muslim Islomovich Yoʻldoshev | |
---|---|
Tavalludi |
12-iyun 1958-yil |
Fuqaroligi | → |
Kasbi | suxandon, shoir, yozuvchi |
Mukofotlari | Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi |
Muslim Islomovich Yoʻldoshev (1958-yil 12-iyunda tugʻilgan, Toshkent) — oʻzbek suxandoni, shoir, yozuvchi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muslimbek Yoʻldoshev 1958-yil 12-iyun sanasida Toshkent shahrida Yosh tomoshabinlar teatri aktyorlari xonadonida tugʻilgan. U oʻrta maktab, soʻng kasb-hunar bilim yurtida oʻqigan. Boʻlajak suxandon Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutini, Toshkent davlat yuridik institutini tegishli ravishda “Drama va kinoteatr aktyori va huquqshunos” mutaxassisliklari boʻyicha tamomlagan. Muslimbek Yoʻldoshev 1978-yildan televideniyeda suxandon boʻlib ishlagan.
1978-yildan buyon televideniyeda ishlagan Muslim Yoʻldoshev suxandonlik sirlarini mukammal oʻrganadi. Agar dastlab u viloyat va shahar miqyosida bolalar va yoshlar dasturlari tadbirlariga mezbonlik qilgan boʻlsa, u tezda hukumat tadbirlarining diktori sifatida ulgʻaygan. 1985-yilda unga Vladimir Leninning 115 yilligiga bagʻishlangan yubiley konsertini oʻtkazish topshirildi. Zalda Oʻzbekiston Kompartiyasining barcha yuqori martabali rahbarlari, KPSS Markaziy Qoʻmitasi a’zolari, chet ellik mehmonlar hoziru nozir boʻlgan. Shundan soʻng u Oʻzbekiston Respublikasining barcha davlat va hukumat tadbirlarining doimiy suxandoniga aylandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining Turkmaniston – Ashxobod, Qirgʻiziston – Oʻsh va Bishkekka davlat tashrifi chogʻida hamkorlik konsertlarida boshlovchi sifatida ishtirok etdi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, Sevara Tursunova bilan birga ushbu muhim sanaga bagʻishlangan ilk konsert dasturini dunyoning yuzlab mamlakatlariga efirga uzatdi. Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahrida Oʻzbekiston madaniyati va san’ati kunlari boʻlib oʻtdi, unda Muslim Yoʻldoshev ushbu konsertlarda boshlovchilik qildi.
Muslim Yoʻldoshev “Oʻzteleradiokompaniya”ning doimiy suxandoni sifatida “Axborot” va “Yangiliklar” (rus va oʻzbek tillarida) axborot dasturlari, “Turkiston” va “Haftanoma” axborot-tahliliy dasturlarini oʻqib kelgan. “Turkiston” axborot dasturi oʻsha davrda Oʻrta Osiyoning besh respublikasi: Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston va Oʻzbekistonda efirga uzatilar edi. Respublika paxtakorlari va gʻallakorlarining mehnat gʻalabalariga bagʻishlangan dasturlarda ishlagan. “Yangi yil nuri”, 8-mart, Oʻqituvchilar kuni, Konstitusiya kuni va hokazo bayram dasturlarida boshlovchilik qilgan. Assalom, Oʻzbekiston” axborot-koʻngilochar-musiqiy dasturi tashkil etilgan buyon boshlovchilik vazifasini olib bormoqda.
Muslimbek 1978-yilda institutning 1-kurs talabasi sifatida V.Yaxontov nomli Butunittifoq kitobxonlar tanlovida ishtirok etgan. Mazkur tanlov laureati boʻlib, respublika bosqichida faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi. Televideniyeda suxandon boʻlib ishlagan holda, ssenariylar, "Bir aktyor teatri" koʻrsatuviga adabiy kompozisiyalar tayyorladi. Bu eshittirishlarda u A.S.Pushkin, A.Oripov, H.Olimjon, Oybek, Gʻafur Gʻulom she’rlaridan namunalar oʻqidi.
Sakkiz yildan ortiq vaqt davomida u bolalar va yoshlar uchun "Kitob - bizning doʻstimiz" dasturining doimiy boshlovchisi edi. Har bir koʻrsatuv unga yozuvchi va shoirlar bilan tanishish, yangi roman yoki she’riy toʻplamni oʻqish imkonini berdi. Bularning barchasi uning yozuvchi sifatidagi faoliyatiga ta’sir qildi. 1992-yilda “Siz meni taniysiz” nomli ilk she’riy toʻplami nashrdan chiqdi. Shu bilan birga u rus tilidan shoir va yozuvchilarning she’r va hikoyalarini oʻzbek tiliga tarjima qila boshladi. A.S.Pushkin, M.Bajan, R.Gamzatov, A.Dementiyev she’rlari, G.Karenkoning "Koʻz yoshlari favvorasi" qissasi, M.L.Kingning "Mening orzuim bor!" M.Yoʻldoshev tarjimasi bilan oʻzbek tilida paydo boʻlgan.
1996-yilda “Yor kuchasi” ikkinchi toʻplami, 2000-yilda “Soʻz sehri”, “Men intilgan manzil” she’r toʻplamlari nashrdan chiqdi. 2003-yilda "Koʻnglim koshonasi", 2007- yilda - "Yor ham yangilik emas", 2012-yilda - "Shajara", 2016-yilda - "Diydor shirin”,“Moʻminga begona bahor” va 2017-yilda “Suxandonlar”(TV diktorlari haqida).
Muslimbek Yoʻldoshevning ayrim she’rlari qoʻshiqqa aylangan. Ularni respublikamizning taniqli xonandalari ijro etishgan. Ular orasida Oʻzbekiston xalq artistlari Gʻ.Yoqubov, O.Nazarbekov, Respublikada xizmat koʻrsatgan artistlar S.Nazarxon, H.Hamidov, K.Razzoqova, M.Asalxoʻjayeva, S.Hamroqulov, Sh.Qayumov, J.Otajonov, D.Soipova. 2004-yilda “Onajon” audiosini chiqardi. Unda muallif M.Yoʻldoshevning tanlangan va qoʻshiqqa aylangan she’rlari oʻrin olgan. 2004-yil — "Ayolni ardoqla" deb nomlangan CD disk koʻrinishidagi ikkinchi albomi chiqdi.
Yoʻldoshev Muslim Islomovich 1990-yilda Oʻzbekiston Lenin komsomoli mukofoti laureati, 1997-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. 2001-yilda u Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi[1], “Oʻzbekiston xalq ta’limi a’lochisi” unvoni bilan taqdirlangan.
2012-yilda telejurnalistika sohasida “Oltin qalam” Milliy mukofoti bilan taqdirlangan[2]. Va oʻsha yili “Turon” Fanlar akademiyasining akademigi etib saylandi.
Muslim Yoʻldoshev MTV telekanalida namoyish etilgan “Dilkash davralar” koʻrsatuvida muallif va boshlovchi sifatida ishlagan. Ayni kunda Oʻzbekiston Respublikasining turli vazirlik va idoralarida, teleloyihalarda, Nutq madaniyati” notiqlik san’ati boʻyicha “Mahorat darslari” oʻtkazib keladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 24 avgust 2001 года № УП-2921 «О награждении в связи с десятилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации, общественных сфер
- ↑ Победители VII национальной премии "Олтин калам" Tanlov.uz