Ibrohim Gʻafurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ibrohim Gʻofurovdan yoʻnaltirildi)
Ibrohim Gʻafurov
Tavalludi 27-dekabr 1937-yil (1937-12-27) (86 yosh)
Mukofotlari Oʻzbekiston QahramoniOʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobiMehnat shuhrati ordeni

Ibrohim Gʻofurov — yozuvchi, tarjimon, tarjimashunos, tanqidchi. 1937-yil 27-dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻildi. Oʻrta maktabni tugatgach, 19561961-yillarda SAGU (hozirgi OʻzMU) ning filologiya fakultetida oʻqidi. 19611982-yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishladi. Jeyms Joysning „Uliss“ romanini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mumtoz adabiyot, folklor, adabiy tanqid, badiiy tarjima, koʻp tomlik asarlarning nashr etilishida munosib hissasini qoʻshdi. 1982-1995-yillarda „Oʻzbekiston adabiyot va sanʼati“ gazetasida bosh muharrir oʻrinbosari boʻlib ishladi. 1995-yilda „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasini tashkil etdi. U mazkur partiyaning raisi (1996-yildan), „Milliy tiklanish“ gazetasining bosh muharriri.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibrohim Gʻafurov „Goʻzallikning olmos qirralari“ (1964) „Unutilmagan bogʻ“ (1965), „Joziba“ (1970), „Yonar soʻz“ (1973), „Yam-yashil daraxt“ (1976), „Yurak-alanga“ (1980). „Lirikaning yuragi“ (1982), „Sheʻriyat - izlanish demak“ (1984), „Oʻttiz yil izhori“ (1987), „Dil erkinligi“ (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. U „Darvoza“, „Humo qushim“, „Qaldirgʻochim“ singari sheʼriy nasrlar yoxud mansuralari bilan eʼtibor qozondi. ,,Yangi asr avlodi" nashriyoti tomonidan muallifning 20 jildlik asarlari nashr etish rejalashtirilgan, hozirgacha 8 jildi chop etildi.

Tarjimalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibrohim Gʻafurov jahon adabiyotining "Jinoyat va jazo", „Telba“, „Qimorboz“, ,,Aka-uka Karamazovlar", "Iblislar", ,,Ayrilmas er" (F. Dostoyevskiy), „Azizim“ (Mopassan), „Alvido, qurol“, „Chol va dengiz“ (E.Xeminguey), „Qiyomat“, „Chingizxonning oq buluti“ (Ch. Aytmatov), „Yongʻin“ (V. Rasputin), ,,Buzrukning kuzi" (G. G. Markes) singari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibrohim Gʻafurov filologiya fanlari nomzodi (1973), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti (1989) laureati, „Doʻstlik“ ordeni sohibi (1995). 1996-yildan u I va II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati. Parlamentda „Milliy tiklanish“ eraksiyasi rahbari, 2000-yildan Oliy Majlis matbuot va axborot qoʻmitasi raisi oʻrinbosari. 2021-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ozod Sharafiddinov. Balogʻat. ("Matbuot fidoiylari" Toʻplam. 3-Kitob "Oʻzbekiston nashriyoti", 2002.)
  2. Najmiddin Komilov. Bedor qalb. „Tafakkur“ jurnali, 1997, 4-son