Moviy masjid (Tabriz)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Moviy masjid, Tabrizdan yoʻnaltirildi)

 

Masjid
Tabriz Moviy masjidi
forscha: مسجد کبود
Mamlakat  Eron
Hudud Tabriz
Manzil 38°04′24.91″N 46°18′03.88″E / 38.0735861°N 46.3010778°E / 38.0735861; 46.3010778 G OKoordinatalari: 38°04′24.91″N 46°18′03.88″E / 38.0735861°N 46.3010778°E / 38.0735861; 46.3010778 G O
Masjid turi Jomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslub Islom, sharq meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Jahonshoh
Binokorlik 1465-yil—???


Moviy masjidning 1840-yildagi holati (Paskal Koste)
Moviy masjidning tashqi ko'rinishi, Tabriz

Moviy masjid ( forscha: مسجد کبود, ozarbayjoncha: Göy məscid ) [1]Eronning Tabriz shahrida joylashgan tarixiy masjid . Masjid va boshqa jamoat binolari 1465-yilda Qora qo'yunli hukmdori Jahonshoh buyrugʻi bilan qurilgan. [2]

Moviy masjidning ichki yo‘laklari, Tabriz

Masjid 1780-yildagi zilziladan qattiq shikastlangan [3], fojeadan soʻng faqatgina ayvoni qolgan. [4] 1973-yilda Eron Madaniyat vazirligi nazorati ostida Rizo Memoron Benom tomonidan rekonstruksiyasi boshlangan. Biroq, u yakuniga yetkazishga ulgurmagan.

Asosiy zalning ichki ko'rinishi, Moviy masjid, Tabriz, Eron

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabrizdagi Moviy masjid Qora qoʻyunlilar hukmdori Jahonshoh buyrugʻi bilan barpo qilingan. [2] Jahonshohning rafiqasi Xotun Janbegim (1469-yilda vafot etgan) masjid qurilishi uchun vaqf taʼsis etgan. [5] Biroq oradan bir necha yil o‘tib Jahonshoh va uning Qora qo‘yunlilari Uzun Hasan boshchiligidagi Oq qo‘yunlilar tomonidan ag‘darib tashlandi va Tabriz qo‘lga kiritildi. [5] Jahonshohning qizi Soliha Xotun yangi hukmdorlar nazorati ostida qolgan qurilish ishlarini boshqargan. [5] Uzun Hasanning vorisi Yoqub davrida “masjid maqbarasi gumbazi hamda uning asosiy qismlari qurib bitkazildi”. [5] Sandra Obening qo‘shimcha qilishicha: “Maqbara ichki qismidagi bir necha tafsilotlar, masalan, devor panellaridagi alebastr parchalari va asosiy mehrob maqbara hech qachon to‘liq qurib bitkazilmaganligini ko‘rsatadi (Golombek va Vilber, 407-bet; Obe, 248-bet)". [5]

Maqbara hech qachon qurib bitkazilmagan boʻlsa-da, Tabriz Safaviylar davlati poytaxtiga aylantirilganida, 16-asrning birinchi yarmida Moviy masjid yangi hukmdorlar uchun asosiy masjid sifatida xizmat qilgan. [5] 1514-yilda hal qiluvchi Chaldiron jangida Safaviylar magʻlubiyatga uchragach, Usmonlilar Tabrizni egallab shaharni, jumladan Moviy masjidni ham talon-taroj qildilar. [5] Obening qayd etishicha, kamida sakkizta gilam turklar tomonidan talon-taroj qilingan va Istanbulga olib ketilgan. [5] Obening taʼkidlashicha, Turklar Moviy masjidni bosib olish chogʻida inshoot tuzilishiga hujum qilgani nomaʼlum boʻlsa-da, 16-18-asrlar oraligʻida bir necha zilzilalar binoga jiddiy zarar yetkazgan. [5] Ayniqsa, 1780-yilgi zilziladan masjid jiddiy zarar ko'rgan. [3] [5] Biroq, 17-asrda Moviy masjid allaqachon "butunlay vayron qilingan va tashlab ketilgan" haqida xabar berilgan. [5] 19-asrda mahalliy Tabriz aholisi bino vayronalarini talon-taroj qilgan. [5] 20-asrda, Pahlaviylar davrida masjid nihoyat qayta quriladi. [5] Rekonstruksiyaga Eron Madaniy meros tashkiloti mas'ulligida tabrizlik anʼanaviy meʼmor Muhammad Rizo Memoron Benom rejalari va nazorati ostida amalga oshirilmoqda.

Xattotligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhur xattot Ne'matullo bin Muhammad al-Bavab masjidning turli kufiy va tulus yozuvlari, arabeska naqshlari va bu jabhalarining xoramatik kompozitsiyalarini yaratgan. Ichki va tashqi devorlar mozaik plitkalar bilan qoplangan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Erondagi masjidlar ro'yxati
  • Hoqoniy bog'i
  • Eron me'morchiligi
  • Fors gumbazlari tarixi

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Miller 2021.
  2. 2,0 2,1 Newman 2006.
  3. 3,0 3,1 Melville 1981.
  4. Berberian 2014.
  5. 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 5,10 5,11 5,12 Aube 2011.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Melville, Charles (1981). "Historical Monuments and Earthquakes in Tabriz". Iran 19: 159–77. doi:10.2307/4299714. 
  • Newman, Andrew J. Safavid Iran: Rebirth of a Persian Empire. I.B. Tauris, 2006. 
  • Berberian, Manuel. Earthquakes and Coseismic Surface Faulting on the Iranian Plateau Shroder Jr.: . Elsevier, 2014. 
  • Persian Bulletin of Blue Mosque, Iranian Cultural Heritages Organization.

Qo'shimcha o'qish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Aube, Sandra (2016). "The Uzun Hasan Mosque in Tabriz: New Perspectives on a Tabrizi Ceramic Tile Workshop". Muqarnas Online 33 (1): 33–62. doi:10.1163/22118993_03301P004. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]