Mishkal masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Mishkal masjidi
Mishkāl Palli
Masjidning kirish qismi
Mamlakat  Hindiston
Shahar Kerala
Koordinatalar 11°15′N 75°46′E / 11.25°N 75.77°E / 11.25; 75.77 G OKoordinatalari: 11°15′N 75°46′E / 11.25°N 75.77°E / 11.25; 75.77 G O
Yoʻnalishi sunniy
Asosiy sana:
14-asr
Gumbazlar soni 0
Minoralar soni 0

Mishkal masjidi (malayalam: മി്കാൽ പള്ളി, shuningdek, Mithqal masjidi[1]) – Hindiston janubidagi Malabar sohilida Kojikodeda joylashgan oʻrta asrda qurilgan masjid. Keralada saqlanib qolgan oʻrta asrlarga tegishli kam sonli masjidlardan biri boʻlgan mazkur inshoot Keralaning muhim madaniy, tarixiy va meʼmoriy yodgorligi sifatida qabul qilingan.

Masjid 14-asrda musulmon savdogar-kema egasi (naxuda) tomonidan qurilgan[1][2]. Mishkal – 1340-yillarda Kojikodeda faoliyat olib borgan – „katta boylik“ka ega boʻlib, „Hindiston, Xitoy, Yaman va Fors bilan savdo qilish“ uchun kemalar flotiga ega boʻlgan[3]. Naxudalar nomi bilan mashhur boʻlgan kema egalari Oʻrta asrlar Hind okeani dunyosining eng boy savdogarlaridan edi[3].

Mishkal masjidi Kojikodedagi Thekkepuram plyajining tarkibida boʻlgan Kuttichira mahallasida joylashgan.

Masjidning tashqi koʻrinishi

1510-yil yanvar oyida Zamorin saroyini ham egallagan Albuquerque tomonidan Portugaliyaning Kojikodega hujumi natijasida masjid qisman yoqib yuborilgan. Keyinchalik hujum Zamorinning Nair qoʻshinlari tomonidan qaytariladi, 300 dan 500 tagacha portugaliyalik halok boʻladi va qolganlari bazoʻr tirik qoladi[4]. Masjidning yuqori qavatlarida hamon bu hujumdan qolgan zararning maʼlum bir qismi saqlanib qolgan[2][5].

Vayron boʻlgan masjid keyinchalik Zamorin nazorati ostida taʼmirlanadi. U yerda musulmonlarga moʻljallangan namozgoh yoki masjid qurish uchun ruxsat beriladi. Quttichiradagi Muchundi masjidida hozirgacha toshga yozilgan yozuvlar mavjud boʻlib, musulmonlar XIII asrda uning qurilishiga qoʻshgan moliyaviy hissasi haqida yozilgan.

Mishkal masjidi dastlab besh qavatli boʻlgan. U1510-yilda sodir etilgan yongʻinda jiddiy ziyon koʻrgan va 1578-1579-yillarda[1]. Keraladagi shunga oʻxshash oʻrta asr masjidlari uchun bunday qurilish uslubi odatiy boʻlib, unda gumbazlar va minoralar yoʻq hamda yogʻochdan koʻp foydalaniladi.

Misqal masjidi

Masjidga Quttichira tankeri deb nomlanuvchi katta suv tanker biriktirilgan. Masjidning 47 ta eshigi, 24 ta oʻyma ustunlari va 400 ga yaqin kishi sigʻadigan katta namozgohi bor. Namoz zali yaxshi ventilyatsiya tizimiga va murakkab naqshli yogʻoch bezaklariga ega.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Prange, Sebastian. Monsoon Islam: Trade and Faith on the Medieval Malabar Coast". Cambridge University Press, 2018. 78-81. 135-36.
  2. 2,0 2,1 „Mishkal Mosque at Kuttichira“. 2009-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 3-noyabr.
  3. 3,0 3,1 Prange, Sebastian. Monsoon Islam: Trade and Faith on the Medieval Malabar Coast". Cambridge University Press, 2018. 78- 81.
  4. Dale, Stephen Frederick (muh.), „Portuguese attack on Calicut“, Islamic Society in the South Asian Frontier
  5. „Mishkal Mosque“. 2008-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 3-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]