Afonso de Albuquerque

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

ALBUKERKI (A1iyaiyegyaiye) Afonsu d’ (1453, Aleksandriya, Lissabon yaqinida – 1515.15.12, Arabiston dengi-zi, Goa yaqinida) – portugaliyalik istilochi, Hindiston vitse-qiroli (1510–15). Ost-Indiyadagi Portugaliya mustamlaka imperiyasi asoschisi. 1503 yil Kochin shahrida portugal flotiliyasiga qoʻmondon boʻlib, fort qurgan. 1506 yil Tristan da Kunyaning ekspeditsiyasida qatnashgan, uning ixtiyorida ekspeditsiyadagi 16 kemadan 5 tasi boʻlgan. 1507 yil Fors qoʻltigʻidagi Hoʻrmuzki bosib olgan, biroq uni qoʻlda tutib tura olmagan. 1510 yil Goani egallab olib, uni portugaliyaliklarning Sharkdagi istilolarining tayanch punktiga aylantirgan. Dengiz savdo yoʻllarini nazorat qilish uchun 1511 yil Malakkani bosib olgan. A. portugaliyaliklarning Malabar sohillari, Seylon orol, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga qilgan dastlabki ekspeditsiyalariga rahbarlik qilgan. 1513 yil Adanni egallashga uringan, 1515 yil Hoʻrmuzni 2-marta bosib olgan.