Kontent qismiga oʻtish

Mirakbar Rahmonqulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mirakbar Hojiakbarovich Rahmonqulov
 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi
Mansab davri
1997-yildan – 2013-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Bahodir Toshmatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-oktyabr 1952-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 12-fevral 2026-yil(2026-02-12)
(73 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Maʼlumoti Oʻzbekiston milliy universiteti
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni

Mirakbar Hojiakbarovich Rahmonqulov (5-oktyabr 1952-yil – 12-fevral 2026-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek davlat arbobi, yuridik fanlar doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.

1952-yil 5-oktabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1975-yilda Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetini tugatgan[1]. Oʻzbek, rus va ingliz tillarini biladi.

1975—1989 yy. – OʻzSSR Ilmiy-tadqiqot, ilmiy va markaziy tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlagan.

1989—1992 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumi boshqarmasi boshligʻi – Bosh ilmiy kotib oʻrinbosari.

1992—1993 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ekspert guruhi mudirining oʻrinbosari.

1993—1994 yy. – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining birinchi prorektori.

1994—1995 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh konsultanti.

1995—1997 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori.

1997—2013 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi kotibi, davlat maslahatchisi.

2013-yildan – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professori.

2013—2018 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari.

2014—2018 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktorining oʻrinbosari.

2018-yildan 2026-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori.

2020-yildan 2026-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari.

2026-yil 12-fevral kuni vafot etgan[2].