Kontent qismiga oʻtish

Miina Härma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miina Härma
Tavalludi 9-fevral 1864-yil
Vafoti 16-noyabr 1941-yil(1941-11-16)
(77 yoshda)
Tartu, Estoniya
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi Estoniya bayrogʻi Estoniya
Taʼlimi Sankt-Peterburg konservatoriyasi
Kasbi kompozitor, organchi, xor dirijyori

Miina Härma (talaffuzi: Miina Harma; 1935-yilgacha Miina Hermann; 1864-yil 9-fevral, KõrvekülaTartu, Estoniya1941-yil 16-noyabr, Tartu, Estoniya) — estoniyalik kompozitor, organchi, xor dirijyori.

Hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miina Härma oʻqituvchi va musiqachi oilasida tugʻilgan. Miina Härma Tartudagi maktabga borgan. 15 yoshidan boshlab estoniyalik kompozitor va yozuvchi Karl August Hermanndan fortepianino chalishni oʻrganadi. 1883-yildan 1890-yilgacha Miina Sankt-Peterburg konservatoriyasida organ (Lui Gomilius qoʻl ostida) va kompozitorlikni oʻrgangan. Oʻqishni tugatgach, Miina Sankt-Peterburgda qoladi. Bu yerda musiqa oʻqituvchisi va organchi boʻlib ishlagan. Xorijda konsertlarda qatnashgan. 1894-yilda Tartuga qaytib keladi. Bu shaharda organchi boʻlib ishlagan va aralash xorga asos solgan (1920 yildan „Miina Hermanni Lauluseltsi segakoor“). 1903-yildan 1915-yilgacha Miina Kronshtadtda yashab, asosan shu yerda musiqa oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Birinchi jahon urushi paytida Tartuga qaytib ketadi. 1917-yilda qizlar gimnaziyasida musiqa oʻqituvchisi boʻlib ishga kirib, u yerda 1929-yilgacha ishlaydi. Shu bilan birga, „Eesti Muusika Kuukirja“ oylik jurnalining bosh muharriri va „Tartu musiqa sanʼati uyushmasi“ (estoncha: Tartu Helikunsti Selts) raisi ham boʻlgan[1][2]. 1919-yilda boshqa musiqachilar bilan birgalikda Tartuda Oliy musiqa maktabiga asos solgan. 1939-yilda Tartu universitetining faxriy doktori etib saylanadi va Tallin konservatoriyasining faxriy professori boʻladi[3]. Miina oʻlimigacha Tartuda yashaydi. Raadi qabristoniga dafn qilingan. 1965-yilda estoniyalik haykaltarosh Aleksandr Eller uning qabriga granitdan qabrtosh oʻrnatirgan.

Miina Härma gimnaziyasi

1917-yildan beri Miina Härma dars bergan Tartudagi ayollar gimnaziyasi (Jaan Tõnissoni koʻchasi, 3-uy) 1964-yilda uning nomi bilan atala boshlandi[4]. 1984-yilda uning haykali gimnaziya oldida oʻrnatiladi. 2014-yilda Miina Härma tavalludining 150 yilligiga bagʻishlangan eston yevro esdalik tangasi chiqariladi. Yozma va onlayn ovoz berish natijalariga koʻra 1999-yilda tuzilgan XX asrdagi Estoniyaning 100 ta buyuk arboblari roʻyxatiga kiritilgan[5].

Musiqiy asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miina Härma nafaqat organchi va Estoniya musiqiy hayotining faol ishtirokchisi, balki birinchi navbatda Estoniya qoʻshiq festivallarida xor rahbari va kompozitor sifatida ham tanilgan. Miina Härma lirik ohangi bilan ajralib turadigan 200ga yaqin xor asarlarini yozgan. Bundan tashqari, Miina Härma xorlar uchun uchta qoʻshiq kitobni, oʻnta kavatinani, „Kalev va Linda“ kantatasini (1895), bir nechta mashhur xalq qoʻshiqlari aranjirovkalarini va „Murueide tütar“ musiqiy pyesasini (1902) yozgan[6].

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tallinning Lasnamäe tumanidagi koʻcha va piyodalar koʻprigi uning nomi bilan ataladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Leida Kalling-Kant, Miina Härmaga enne ja nüüd, Tulimuld nr 1, 1964, lk 29
  2. Eesti nõukogude entsüklopeedia, 3. köide, lk 510/511, Tallinn: Valgus, 1988
  3. Eesti elulood.
  4. „Архивированная копия“. 2010-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-mart.
  5. Sajandi sada Eesti suurkuju / Koostanud Tiit Kändler. — Tallinn: Eesti Entsüklopeediakirjastus, 2002. — 216 lk. ISBN 998570102X.
  6. Artur Vahter, Miina Härma, lk 149—153, Tallinn: Eesti Raamat, 1971