Mels Mahmudov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mels Mahmudov
Tavalludi 22-noyabr 1944-yil (1944-11-22) (79 yosh)
Shofirkon tumani, Buxoro viloyati
Vafoti 7-sentyabr 2023-yil
Istiqomat joylari Buxoro
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pedagog, olim
Taʼlimi Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi Buxoro davlat universiteti)
Ilmiy darajasi

falsafa fanlari doktori (1990)

pedagogika fanlari doktori (2004)
Ilmiy unvoni professor (2006)
Tezis sarlavhasi „Taʼlimni didaktik loyihalashning nazariy asoslari“ (2004, doktorlik)

Mels Hasanovich Mahmudov (1944-yil 22-noyabr, Shofirkon tumani, Buxoro viloyati[1]) — pedagogika fanlari doktori (2004), professor (2006)[2][3].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mels Mahmudov 1944-yil 22-noyabrda Buxoro vioyati Shofirkon tumanida tugʻilgan. 1960-yilda Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi Buxoro davlat universiteti)ning pedagogika fakultetiga oʻqishga kirgan. 1965—1970-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutining falsafa kafedrasida oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritgan. 1970—1973-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagoika universiteti) falsafa kafedrasi aspiranti, 1973—1974-yillarda esa mazkur institutning falsafa kafedrasi oʻqituvchisi boʻlgan.

U 1974-yildan Buxoroga qaytib, 1974—2003-yillarda Buxoro davlat universiteti falsafa kafedrasi oʻqituvchisi va dotsenti, 1980—1981 va 1997—2003-yillarda falsafa kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. Mels Mahmudov 1981—1986-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutining boshlangʻich taʼlim va musiqa fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi, 1991—1993-yilarda Buxoro davlat tibbiyot institutining ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 1993—2010-yillarda Buxoro davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti dekani lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mels Mahmudov „Xorazm va Buxoro Xalq Respublikalarida kapitalizmni chetlab sotsializmga oʻtish jarayonida inqilobiy qayta qurishlarning xususiyatlari“ mavzusidagi nomzodlik (1974) va „Taʼlimni didaktik loyihalashning nazariy asoslari“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan (2004)[4]. Uning rahbarligida 2 nafar fan nomzodlari yetishib chiqan.

Ilmiy-uslubiy asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mels Mahmudovning 100 ga yaqin ilmiy asarlari eʼlon qilingan. Jumladan, „Maʼnaviyat — komillik saodati“ (1997), „Oila maʼnaviyati“ (1998), „Falsafa dasturi va reyting tizimiga yangicha yondashish“ (Metodik qoʻllanma. 1999), „Taʼlim etaloni“ (1999), „Taʼlim texnologiyasi“ (Risola. 1999), „Soʻz bagʻridagi maʼrifat“ (Qoʻllanma. 2001), „Taʼlimni didaktik loyihalash prinsiplari“ (Risola. 2002), „Taʼlimni didaktik loyihalash“ (Risola. 2002) va boshqalar. Uning rahbarligida 2001-yilda „Pedagogik mahorat“ ilmiy-nazariy va metodik jurnali nashr etila boshlangan[5].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasi xalq maorifi aʼlochisi nishoni (1980).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „БУХОРО ШАҲРИДАГИ 14-УМУМТАЪЛИМ МАКТАБИДА МАСТЕР КЛАСС ДАРСЛАРИ“ (2020-yil 20-dekabr).
  2. „Махмудов Мэлс Хасанович“ (2021-yil 30-noyabr). Qaraldi: бухарский государственный университет.
  3. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI“.
  4. „Mahmudov Mels Hasanovich“ (2021-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
  5. Сафаров С (2016). „Педагогик маҳорат журнали 15 ёшда“. Педагогик маҳорат. № 3. 175-bet.