Kontent qismiga oʻtish

Toshkent tibbiyot akademiyasi: Versiyalar orasidagi farq

tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
{{Taʼlim muassasasi|nomi=|bakalavriat=|koʻchasi=|shahar nomi=<!-- Bu parametr orqali taʼlim muassasi joylashgan shahar nomi [[]] teglarisiz kiritilishi kerak. Misol: Toshkent -->|davlat_nomi=<!-- Bu parametr orqali taʼlim muassasi joylashgan davlat nomi [[]] teglarisiz kiritilishi kerak. Misol: Oʻzbekiston -->|manzil=Tashkent Medical Academy 100109, Tashkent, Uzbekistan Farabi street 2|kampus=|o‘qituvchi=<!-- kiritilgan maʼlumotdan keyin „ta“ qoʻshiladi. -->|professor=<!-- kiritilgan maʼlumotdan keyin „ta“ qoʻshiladi. -->|doktor=<!-- kiritilgan maʼlumotdan keyin „ta“ qoʻshiladi. -->|akademik=<!-- kiritilgan maʼlumotdan keyin „ta“ qoʻshiladi. -->|doktorantura=|aspirantura=|magistratura=|fakultet=<!-- kiritilgan maʼlumotdan keyin „ta“ qoʻshiladi. -->|qisqartma=TTA|talabalar=|rektor=|prezident=|sohasi=<!-- stomatologiya/shunga oʻxshash (kichik harflar bilan) [[]] teglarisiz kiritilishi kerak. -->|tipi=<!-- tibbiyot/mashinasozlik (kichik harflar bilan) [[]] teglarisiz kiritilishi kerak. -->|turi=<!-- institut yoki universitet (kichik harflar bilan) [[]] teglarisiz kiritilishi kerak. -->|asos_yil=|shior=|tasvir_tagyozuvi=Yotoqxona|tasvir=Ректорат ТМА.jpg|xalqaronom=The Tashkent Medical Academy|asl_nomi=|vebsayt=[https://tma.uz/uz/ tma.uz/uz/]}}'''Toshkent tibbiyot akademiyasi''' — respublikada yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-iyuldagi 178-qarori bilan Toshkent shahrida 1- va 2- Toshkent davlat tibbiyot institutlari negizida (qarang [[Toshkent birinchi tibbiyot instituti]], [[Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti]]) tashkil etilgan. Akademiya yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish va sifatini oshirish, oʻqish jarayonini tashkil qilishning zamonaviy talablariga mos keladigan zarur oʻquv va moddiy texnika bazasini yaratish, ilgʻor taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish asosida yangi mazmun bilan boyitish, boʻlgʻusi mutaxassislarning taʼlimi ular tomonidan aniq davolash amaliyoti malakalarini egallash bilan chambar-chas bogʻlab olib borilishini taʼminlash maqsadida tuzilgan. Akademiyada 5 ta (davolash, tibbiy-pedagogika, tibbiy-profilaktika, oliy hamshiralik ishi va malaka oshirish) fakultetlari, 58 kafedra, aspirantura, markaziy i.t. va markaziy klinik lab., 2200 oʻrinli klinika, ilmiy tibbiy axborot boʻli-mi, muzey, akad. litsey, kutubxona (800 mingdan ziyod asar), nashriyot va bos-maxona bor. Hozirgi 7000 ga yaqin talaba, shuningdek, magistratura yoʻnalishida 40 mutaxassislik boʻyicha 280 dan koʻproq rezident taʼlim oladi ([[2005]]). Toshkent tibbiyot akademiyasia. Toshkent shahridagi yirik kasalxonalarda qoʻshimcha klinik bazalarga ega. Akademiyada 1100 oʻqituvchi, shulardan 10 ga yaqini Oʻzbekiston FA va xalqaro akademiyalar akad., 200 dan koʻproq fan doktori, professor, 600 dan koʻproq fan nomzodi va dotsentlar faoliyat koʻrsatadi. Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha 6 ta ixtisoslashgan kengash ishlaydi. Akademiya ilmiy toʻplam, monografiya va metodik qoʻllanmalar nashr etadi.<ref>[[OʻzME]]</ref>
 
TTA — [[Toshkent tibbiyot akademiyasi]] [[Markaziy Osiyo|Markaziy Osiyoda]] tibbiyot mutaxasisilari tayyorlaydigan eng yirik oliy taʼlim muassasi xisoblanadi.
==Filiallari==
toshkent tibbiyot akademiyasining filliallari quyidagilar:
 
== Tarix ==
# toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filliali
'''Turkiston davlat universiteti, tibbiyot fakulteti'''
#
 
'''(1919-1931 yy)'''
 
13 aprel 1919 yilda [[Turkiston]] davlat universiteti tarkibida tibbiyot fakultetini tashkil etish qarori qabul qilingan.
 
17 sentyabr 1919 yilda Turkiston davlat universitetining birinchi ilmiy kengashida tibbiyot dekani etib professor P.P.Sitnovskiy saylangan.
 
1920 yilning 7 sentyabrida Turkistonda [[dorilfunun]] taʼsis etish haqidagi xujjat imzolangan. Dorilfunun tarkibiga tibbiy fakultet ham kiritilgan edi. 1921 yildan boshlab tibbiy fakultet shifokorlarni tayyorlay boshlagan.
 
1919-1921 yillarda fakultetning tashkiliy davri boʻlib, fakultetning moddiy bazasi yaratilgan.
 
Keyingi davrlarda fakultetga prof. K.G.Xruщev (1921-1924 yy.) va M.I.Slonim (1924-1926 yy.) lar rahbarlik qilganlar. Ushbu davrlarda fakultetning moddiy texnik bazasi ancha yaxshilangan bulib, klinik kafedralarda darslar oʻtilishi takomillashib borgan. Taʼlim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida ilmiy-pedagoglar tarkibiga prof.N.I.Ragoza (ichki va [[Yuqumli Kasalliklar|yuqumli kasalliklar]]), A.N.Murzin ([[koʻz kasalliklari]]), I.S.Milman (teri va tanosil kasalliklari), N.I.Osinovskiy ([[bolalar kasalliklari]]), S.A.Molchanov ([[rentgenologiya]]), G.N.Terexov (patologik anatomiya), G.I.Ilin (operativ jarrohlik), S.E.Tsimmerman (normal [[anatomiya]]), M.S.Astrov (fakultet jarrohligi), D.A.Vvedenskiy ([[urologiya]]) lar taklif etilgan. 1922 yilda 27 ta talaba tibbiyot fakultetini tamomlagan.
 
1923 yilda tibbiyot fakultetida 973 ta talaba tahsil olgan boʻlib, ularning koʻpchiligini (425tasini) qizlar tashkil etgan edi.
 
Fakultetning rivojlanishida fakultet dekanlari P.F.[[Pyotr Borovskiy|Borovskiy]] (1926-1928 yy.), N.I.Ragoza (1928-1929 yy.) hamda G.P.Fedorov (1929-1931 yy.) lar katta hissalarini qoʻshganlar.
 
'''Toshkent Davlat tibbiyot instituti'''
 
'''(1931-1990 yy.)'''
 
1931 yilda tibbiyot fakulteti mustaqil tibbiyot institutiga shakllantirilgan. 1931 yilda uning birinchi direktori lavozimiga G.P.Fedorov tayinlangan, shu yilning oxiriga kelib tibbiyot fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan X.U.Umarov institut direktori etib tayinlangan.
 
1932 yilga kelib 177 ta oʻqituvchi, shundan 25 ta professor, 26 ta dotsent, 104 assistent 1099 ta talabaga tahsil berar edi.
 
1932 yildan 1936 yilgacha institutga B.Sattarov raxbarlik qilgan.
 
1935 yilda Oʻrta Osiyo tibbiyot instituti Toshkent tibbiyot instituti deb nomlana boshlagan.
 
1937 yilga kelib institutda 1400 ta talaba tahsil olar edi.
 
1938 yilda institutga M.U.Mirsagatov rektor lavozimiga tayinlangan. Ushbu davrga kelib Respublika rahbariyati institutga katta mablagʻ ajratgan bulib, koʻpgina yangi klinik binolar (eksperimental bino, yuqumli kasalliklar, onkologiya, protezlash ortopediyasi) qurilib, mavjudlari esa katta mukammal taʼmirdan chiqarilgan. Institut maydoni yangi qurilgan binolar, klinikalar hisobiga 2 barobarga kengaygan.
 
1940 yilda institutga B.I.Berliner, 1941 yilda R.I.Poʻlatov rektor lavozimiga tayinlangan.
 
1941-1945 yillarda Ulugʻ Vatan urushi davrida institut maydonida 10 dan ortiq evakogospitallar ochilgan va ayrim professor-oʻqituvchilar frontga joʻnab ketishgan. Ular orasida D.A.Vvedenskiy, L.D.Vasilenko, A.M.Geller, B.A.Stekolnikov va boshqalar bor edi.
 
1944 yilda institutga Ya.K.Moʻminov rektor lavozimiga tayinlangan.
 
Ulug Vatan Urushi yillarida Toshkent Davlat tibbiyot institutida 2122 vrach tayyorlangan boʻlsa ulardan 1630 tasi frontga ketgan. Ular orasida M.A.Ashrapova, M.Muxarramova, S.A.Fayziev, N.K.Axmedov, M.Akmalov, U.Umarov, V.S.Karuxina, L.I.Vaskovskaya, L.Ye.Sturgatskaya, S.A.Dopimov, F.F.Amirov, N.D.Maxsumov, N.A.Kanbulin va boshqalar bor edi.
 
ToshDavTIning tarixi satrlariga urushda halok boʻlgan A.A.Ayrapetov, R.L.Aminov, A.Yu.Gulqorov, G.D.Muxanov, V.I.Majitov, R.S.Oripov, N.G.Raщenko, Z.S.Rjevsiy, U.Z.Umarova va U.Xikmatxoʻjaevlarning xotirasi zarhal harflar bilan bitilgan.
 
1945 yilda institutga H.Z.Zoxidov rektor lavozimiga tayinlangan. Urushdan keyin institutda oʻqish 6 yil qilib belgilangan. Bu davrga kelib professor-oʻqituvchilar tomonidan yangi oʻquv dasturlari yaratilgan. Institut yangi maxsus tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlangan.
 
1945-1946 yillarda fakultetlarda jami 2752 talaba tahsil olgan boʻlsa, shulardan 600 tasi institutga yangi qabul qilingan 1 kurs talabalari edi. Institutda darslar oʻzbek va rus tillarida olib borilar edi.
 
1947 yilda institutga Ya.H.Toʻraqulov rektor lavozimiga tayinlangan. Institut ushbu yillarda tibbiyotning 12 ta katta muammoli masalalar boʻyicha maqsadli ilmiy yoʻnalishlarda ilmiy izlanishlar olib borgan edi.
 
TashDavTIga 1950 yilda A.Gʻ.Gʻulomov rektor lavozimiga tayinlangan va u 15 yil davomida 1965 yilgacha institutga raxbarlik kilgan.
 
1945-1953 yillarda talabalar soni 2752 tadan 3158 tagacha koʻpaygan.
 
1954 yilda institutda stomatologiya fakulteti qayta ochilgan.
 
1960 yillarning oʻrtalariga kelib, institutda 57 ta fan doktori, 18 ta Respublikada xizmat koʻrsatgan fan arboblari, 13ta xizmat koʻrsatgan vrach, 2 ta Oʻzbekiston fanlar Akademiyasining muhbir aʼzolari (A.A.Asqarov, N.I.Ismoilov) va 2 ta sobiq [[Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi|SSSR]] tibbiyot fanlari akademiyasi muhbir aʼzolari (Z.I.Umidov, E.I.Ataxanov) faoliyat koʻrsatganlar. 57 nafar professorlardan 22 tasi oʻzbek millatiga mansub edi.
 
1962 yildan institutda [[Osiyo]], [[Afrika]], [[Lotin amerikasi|Lotin Amerika]] davlatlaridan talabalar kelib oʻqiy boshlagan.
 
1960-1967 yillarda institutda kechki davolash fakulteti faoliyat koʻrsata boshlagan. 1961 yilda 4000 ta talabadan 2395 tasi oʻzbek millatiga mansub qizlar edi.
 
1965 yilning sentyabrida institutga akademik K.A.[[Komiljon Zufarov|Zufarov]] rektor lavozimiga tayinlangan.
 
1971 yilda akademik K.A.[[Komiljon Zufarov|Zufarov]] Ulka tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutiga direktor etib tayinlanishi munosabati bilan institutga akademik U.A.Aripov rektor etib tayinlangan va u 1984 yilgacha institutga rahbarlik qilgan.
 
1972 yilda institutning 2 ta davolash, pediatriya, sanitariya-gigiena, stomatologiya fakultetilarida 10 mingdan ziyod talaba taʼlim olgan boʻlsa, shu yili 1 — kursga 1500 ta talaba qabul qilingan.
 
Oʻzbekistonning yarim aholisini bolalar tashkil etganligini inobatga olib 1972 yilda mustaqil Oʻrta Osiyo pediatriya instituti, keyinchalik Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tashkil etilgan va ToshDavTI pediatriya fakulteti talabalari yangi tashkil etilgan institutga oʻtkazilgan.
 
ToshDavTIga 1961 yilda xorijiy davlatlardan 22 ta talaba qabul qilingan boʻlsa, 1980 yillarga kelib ularning soni 170 tadan oshib ketgan. Bu institutning xalqaro miqyosidagi obroʻ-eʼtibori oshganligini koʻrsatgan.
 
1980 yillarning oxirlariga kelib institutda professor-oʻqituvchilarning soni 1042 tani, shu jumladan 6 ta akademik, 24 ta Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan shifokor, 90 ta tibbiyot fanlari doktori, professorlar, 207 ta tibbiyot fanlari nomzodlari, dotsentlar talabalarga taʼlim-tarbiya berishgan.
 
Ushbu davrda institutdagi oʻquv, oʻquv — uslubiy, ilmiy, davlat ishlari va xalqaro aloqalar yanada yaxshilangan. Institut Vengriya, Germaniya, Polsha va Rossiyaning etakchi tibbiyot oliygoxlari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. 1984 yilda institutga rektor lavozimiga professor O.S.Maxmudov tayinlangan. 1987 yilda tanlov asosida professor N.X.Shomirzaev rektor etib tayinlangan. Ushbu yillarda institutda talabalar [[Rossiya]] va [[Ukraina|Ukrainaning]] etakchi tibbiyot oliygoxlariga ham ukishga qabul qilina boshlangan. 2 yil mobaynida ularning soni 2000ta talabadan ziyod bulgan.
 
== Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlari ==
1990 yilga kelib bir necha oʻquv bazalarida joylashgan katta institutni boshqarishda tugʻilgan qiyinchiliklarni eʼtiborga olib institutni ikki kismga — birinchi va ikkinchi tibbiyot institutlariga ajratish xakida 1990 yil 23 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori qabul qilingan.
 
Institut ikkiga ajratilgandan soʻng, Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori lavozimiga Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi professor T.A.Daminov, Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori lavozimiga professor X.Yo.Karimov tayinlanganlar.
 
Dastlab, Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutida ikkita fakultet — davolash va stomatologiya fakultetlari, Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutida davolash va sanitariya-gigiena fakultetlari mavjud edi.
 
'''Filiallar va malaka oshirish markazi'''
1992 yil mart oyida [[Urganch]] shahrida Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutining filiali ochilgan. 1992 yilning mart oyida [[Fargʻona]] shahrida Fargʻona Davlat universiteti qoshida Tibbiyot markazi ochilgan (sanitariya -gigiena fakulteti) keyinchalik ushbu markaz Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti filialiga aylantirilgan. Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti qoshida yangi oʻqituvchilar malakasini oshirish fakulteti tashkil etilgan. Keyinchalik ushbu fakultet 1998 yilda tibbiyot oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilarini malakasini oshirish Markazi deb nomlangan. Ikki institutda ham 1998 yildan umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash dasturiga oʻtilgan. 2000 yilda yuqori malakali ilmiy pedagogik kadrlarni hamda mutaxassis shifokorlarni tayyorlash maksadida magistratura yunalishi tashkillashtirilgan.
 
== Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ==
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi [http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=659606 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 19 iyulidagi PF-3629 sonli farmoni asosida] faoliyati tugatilgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlarining negizida yuqori malakali tibbiy xodimlarini tayyorlash sifatini oshirish va oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy talablariga javob beradigan zarur oʻquv va moddiy-texnik bazani yaratish, unga ilgor taʼlim texnologiyalarini kiritish asosida yangi mazmun bilan boyitish, boʻlgʻusi mutaxassislar tayyorlanishini tibbiyot amaliyotining muayyan koʻnikmalari bilan bir vaktda egallashlarini uzviy bogʻlash maqsadida tashkil etilgan.
 
== Havolalar ==
* https://tma.uz/uz/akademiya-haqida/qisqacha-tarix/
* https://oliygoh.uz/oliygohlar/toshkent-tibbiyot-akademiyasi
* https://abt.uz/university/toshkent-tibbiyot-akademiyasi/2021
* https://shosh.uz/toshkent-tibbiyot-akademiyasi/
 
==Adabiyotlar==
{{OʻzME}}
==Havolalar==
*{{Rasmiy sayt|http://www.tma.uz www.tma.uz}}
 
 
{{university-stub}}