Pyotr Borovskiy
Pyotr Fokich Borovskiy | |
---|---|
Tavalludi |
27-may 1863-yil Pogar (hozirgi Bryansk viloyati), Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
15-dekabr 1932-yil (69 yoshda) Toshkent, OʻzSSR |
Fuqaroligi |
Rossiya imperiyasi SSRI |
Sohasi | Tibbiyot |
Taʼlimi | Sankt-Peterburg harbiy-tibbiy akademiyasi |
Mashhur ishlari | Penda yarasi va teri leyshmaniozi (Borovskiy kasalligi) tadqiqotlari |
Mukofotlari |
Pyotr Fokich Borovskiy (ruscha: Пётр Фоки́ч Боро́вский; 27-may (eski taqvimda 8-iyun) 1863 — 15-dekabr 1932) — jarroh va parazitolog, Oʻzbekistonda oʻpka patologiyasi asoschilaridan biri; tibbiyot fanlari doktori (1891), professor (1920), Mehnat Qahramoni (1927). Toshkent harbiy gospitalida jarroh va bakteriologik laboratoriya boshligʻi (1892—1910), Qizil Yarim oy jamiyati kasalxonasida jarroh. (1910—20), 1920-yildan umrining oxirigacha Oʻrta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakulteti jarrohlik kafedrasining mudiri boʻlgan. Tibbiyot fani tarixida birinchi boʻlib (1898) yomon jarohat (leyshmanioz) mikrobini topgan. Qovuqqa chok solish (tikish)ning yangi usulini taklif qilgan.
Borovskiy sharafiga Toshkent shahar P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kolleji va shu kollej joylashgan koʻcha nomlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |