Rentgenologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rentgenologiya (rentgen va ... logiya) — tibbiyot sohasi; aʼzolar va sistemalar tuzilishi hamda funksiyalarini tekshirishda, kasalliklar rentgenodiagnostikasida rentgen nurlaridan foydalanish masalalarini oʻrganadi. R.rentgen nurlari kashf etilishi bilan yuzaga kelgan. R. odam morfologiyasi, fiziologiyasi va patologiyasiga oid bir qancha masalalarni ishlab chiqishda, shuningdek, sogʻliqni sakdashni amaliy rivojlantirishda muhim rol oʻynadi. Rentgenologik metod kasalliklarni aniqlashda yetakchi usullardan hisoblanadi (qarang Rentgenodiagnostika). R.ning 20-asrning ikkinchi yarmidagi rivoji fan va texnika taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliq. Hozirgi R. oldida tibbiyot sohasidagi rentgen texnikasini va kasalliklarni tekshirish metodikasini takomillashtirish, kasalliklarni rentgen nurlari bilan aniqlash nazariyasini rivojlantirish, turli organlarning rentgenogrammasi va flyuorogrammasini hosil qiladigan avtomatik qurilmalarni yaratish, angiografiya va limfografiyani rivojlantirish, elektrorentgenografiyani amalda tatbiq etish, bemorlarni rentgenologik tekshirishdan oʻtkazishda ularni rentgen nurlaridan muhofazalashni kuchaytirish kabi muqim masalalar turibdi.

R. bilan radiologiya tarixan oʻzaro jips bogʻlangan boʻlib, bu bogʻliklik, Mas, intlar, ilmiy jamiyatlar, jurnal va boshqa (rentgenoradiologiya tarzida) nomlanishida oʻz aksini topgan. Koʻpgina mamlakatlarda R. maʼnosini "radiologiya" termini ishlatiladi. R.fani tibbiyot intlarining R. va radiologiya kafedralarida oʻqitiladi.

Oʻzbekistonda ilk bor 1921 y. Oʻrta Osiyo universiteti tibbiyot fakultetida rentgen kabineta, 1923 yildan bu kabinet negizida alohida R. boʻlimi tashkil etildi. Keyinchalik birinchi oʻzbek rentgenologiyalaridan 3. Egamberdiyev, S. Nosirov va boshqa shu sohada faoliyat koʻrsata boshladilar. 1958 y. Toshkentda Oʻzbekiston Rentgenologiya, radiologiya va onkologiya i.t. instituta tashkil etilishi, ToshTI, SamTI, Pediatriya tibbiyot instituti, Andijon tibbiyot instituti, Respublika vrachlar malakasini oshirish institutida R. kafedrasi ochilishi munosabati bilan R. fani rivojlandi. Bunda J. M. Abdurasulov, J. N. Maxsumov, Sh. Mirgʻaniyev, A. R. Mansurov, K. Otabekova kabi olimlarning xizmati katta.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil