Skyfall: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Malikxan 007:Skyfall sahifasini Skyfallga koʻchirdi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 38: Qator 38:
[[Turkum:2012-yil filmlari]]
[[Turkum:2012-yil filmlari]]
[[Turkum:James Bond haqidagi filmlar]]
[[Turkum:James Bond haqidagi filmlar]]



{{Film-stub}}
{{Film-stub}}

15-May 2020, 10:07 dagi koʻrinishi

007: Skyfall
Rejissyor(lar) Sam Mendes
Prodyuser(lar) Barbara Broccoli
Ssenariynavis(lar) John Logan
Rollarda Daniel Craig
Javier Bardem
Raiph Fiennes
Judi Dench
Ola Rapace
Ben Whishaw
Bastakor(lar) Adele[1]
Davomiyligi 143 daqiqa
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til ingliz
Byudjeti 200 000 000 $
Daromadi 1 002 563 000
Avvalgi film Mehribonlik kvanti
Keyingi film 007: Doira[2]

007: Skayfoll (inglizcha: Skyfall[3]) — Ian Fleming qalamiga mansub roman asosida suratga olingan, britaniyalik mashhur afsonaviy agent 007 — James Bond haqidagi filmlarning yigirma uchinchisi. Film James Bond tugʻilib oʻsgan joy sharafiga shunday nomlangan. Bond rolini uchinchi marta Daniel Craig ijro etgan.

Film voqealari

Bond Istanbulda yollanma qotilning iziga tushadi. Uning ortidan quvib yetadi va qotil qoʻlidagi diskni olish uchun kurashayotgan vaqtida unga oʻz sherigi tomonidan uzilgan oʻq tegib daryoga qulaydi. Bond ishlaydigan MI-6 agentligi esa uni halok boʻlgan deb hisoblaydi. Biroq, koʻp oʻtmay Bond ishga qaytadi. Uning ishga layoqati avvalgiday yaxshi boʻlmaydi, shunga qaramay, u jinoyatchilar izidan quvishda davom etadi. Bu orada terroristik tashkilot tomonidan agentlikning bir nechta xodimi oʻldiriladi. Bond Shanxayga yoʻl oladi va u yerda yollanma qotilni oʻldirib, undan kiberterror tashkilotiga doir maʼlumotlarni olishga erishadi. Bond terror tashkiloti yetakchisi, sobiq agent Tiagro Rodrigez (Silva)ni qoʻliga tushadi, biroq uni yengib, agentlikka yetkazishga erishadi. Tez orada qamab qoʻyilgan Silva (Javier Bardem) qamoqdan qochishga erishadi. Bond va uning rahbari M (Judi Dench) birgalikda Skayfoll vodiysiga yoʻl olishadi va u yerda Silva bilan hal qiluvchi jangga tayyorlanishadi. Koʻp oʻtmay Silva koʻp jangarilar bilan yetib kelib, Bond qasrini oʻqqa tutadi. Bond qasrni portlatib yuboradi va natijada atrofda turgan jangarilar halok boʻladi. Bu orada M yaralanadi. Bond va M cherkovga yoʻl olishadi. Silva ularning ortidan quvib yetadi, Silva va M uchrashishadi. Silva M ni oʻldirmoqchi boʻlganda Bond uning ortidan kelib, beliga pichoq sanchadi va Silva oʻladi. Yaralangan M ham jon beradi.

Kinoprokat

Ushbu film prokatlarda 1 milliard dollardan koʻp mablagʻ yigʻdi[4][5].

Manbalar

  1. Theme song
  2. Simon Brew. „denofgeek.com «Production delay hits James Bond 24»“ (30 jun 2014 - 06:26). Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.
  3. Skyfall
  4. Box Office Milestone: Daniel Craigʻs 'Skyfall' Crosses $1 Billion Worldwide. Directed by Sam Mendes, the 23rd installment in the iconic spy franchise is the third film of 2012 to hit that mark. // 9:43 AM PST 12/30/2012 by Pamela McClintock: „hit $1 billion, by far the best showing of any Bond pic, not accounting for inflation.“
  5. [1]