Adele

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Adele

Adele 2021-yilda
Umumiy maʼlumot
Tugʻilishi 5-may 1988-yil (1988-05-05) (33 yosh)
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Kasbi Qoʻshiqchi, shoir, bastakor
Faoliyat yillari 2006 — hozirgacha
Janr Soul, pop[1]
Sayt adele.tv

Adele Laurie Blue Adkins[2] (talaffuzi: Adel Lori Blu Adkins; 1988-yil 5-mayida tugʻilgan), Adele mononimi bilan tanilgan ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisidir. 2006-yili doʻsti MySpacega uning demosini ortganidan keyin Adelega XL Recordings studiyasidan shatrnoma taklif etildi. 2007-yili u Brit Awards taʼsis etgan „Munaqqidlar Tanlovi“ va BBC 2008 Ovozi mukofotlarini qoʻlga kiritdi. Uning 19 deb nomlangan ilk albomi 2008-yili chiqarilib, tijoriy va tanqidiy muvaffaqiyat keltirdi. Bu albom Birlashgan Qirollikda toʻrt, Amerika Qoʻshma Shtatlarida ikki karra platina sertifikatini oldi.[3][4] Uning AQShdagi karyerasi 2008-yil oxirlarida Saturday Night Live teletomoshasidagi chiqishidan soʻng yuqorilab ketdi. 2009-yilgi Grammy Awards marosimida Adele Eng Zoʻr Yangi Artist va Eng Zoʻr Ayol Pop Vokal Ijrosi mukofotlarini qozondi.[5][6]

Adele 21 nomli ikkinchi albomini 2011-yil boshida chiqardi.[7][8] Bu albom xush qarshilanib, muvaffaqiyati debut albominikidan oshib ketdi.[9] 21 Adelega 2012-yili oltita Grammy, shu jumladan Yil Albomi mukofotini keltirib, bir kechada eng koʻp Grammy olgan ayol rekordi oʻrnatildi.[10][11] Albom shuningdek unga boshqa qator mukofotlarni ham qozonishga yordam qildi. Albom Birlashgan Qirollikda 16 karra platina mavqeʼiga erishdi;[3] AQShda u chart birinchiligini uzoq ushlab turdi.[12][13]

21 muvaffaqiyati tufayli Adele Guinness rekordlar kitobiga kirdi. U Birlashgan Qirollikda bir yil ichida 3 milliondan oshiq albom sotgan birinchi artistdir.[14] Ikki albomi va 21dagi ikki singli — „Rolling in the Deep“ va „Someone Like You“ bilan Adele UK Official Singles va Official Albums chartlari yuqorisidan bir vaqtning oʻzida besh oʻrin olgan birinchi hayot artist boʻldi (bungacha buni faqat 1964-yili Beatles uddalashgandi).[15][16] „Set Fire to the Rain“ qoʻshigʻi chiqishi va AQShda uchinchi bora birinchi raqamli singl boʻlishi bilan Adele tarixda Billboard 200 uchta ashula bilan boshlab turgan birinchi artist boʻldi.[17]

2012-yili Adele VH1ning Musiqadagi 100 Eng Buyuk Ayol roʻyxatida beshinchi pogʻonaga qoʻyildi,[18] Time jaridasi esa Adele′ni dunyoning eng taʼsirli odamlariga sirasiga qoʻshdi.[19]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Adele: New Record is 'Quite Different'“. SPIN.com (2-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 8-may 2011-yil.
  2. Frehsée, Nicole (22 January 2009), „Meet Adele, the U.K.'s Newest Soul Star“, Rolling Stone. (1070):26
  3. 3,0 3,1 „Certified Awards Search“. British Phonographic Industry. 17-Yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-mart 2011-yil.
  4. „Recording Industry Association of America“. RIAA. 5-Yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-Iyun 2012-yil.
  5. „Brits on top: Duffy, Adele and Coldplay clinch top awards as they lead British winners at Grammys“, Daily Mail, London: Associated Newspapers (9-fevral 2011-yil). Qaraldi: 12-iyul 2011-yil.
  6. Jody Thompson. „Coldplay, Robert Plant, Radiohead, Duffy and Adele win at Grammy Awards after Rihanna pulls out of show - 3am & Mirror Online“. Mirror.co.uk (9-Fevral 2009-yil). Qaraldi: 29-Iyun 2012-yil.
  7. „Adele: New Record is 'Quite Different'“. Spin Magazine (2-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 8-may 2011-yil.
  8. „Adele to Release '21' Sophomore Album in February Billboard 2 November 2010“. Billboard (14-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 8-may 2011-yil.
  9. „British soul singer Adele preps summer U.S. tour“, Los Angeles Times (8-fevral 2011-yil). Qaraldi: 8-may 2011-yil.
  10. „Grammy Awards 2012: Adele wins six awards tying with Beyoncé for most trophies won in one night“. Telegraph. Qaraldi: 29-Iyun 2012-yil.
  11. „Grammys 2012 winners: Adele wins SIX Awards as music world remembers Whitney Houston | Mail Online“. Dailymail.co.uk (14-Fevral 2012-yil). Qaraldi: 29-Iyun 2012-yil.
  12. Caulfield, Keith. „Adele's '21': Longest-Running No. 1 Album Since 'Purple Rain'“, Billboard (Fevral). Qaraldi: 1-mart 2012-yil.
  13. Caulfield, Keith. „Adele's '21' Hits 24th Week at No. 1 on Billboard 200“, Billboard (13 Iyun). Qaraldi: 14-iyun 2012-yil.
  14. Kaufman, Gil „Adele, Lady Gaga, Justin Bieber Land New Guinness Records“. MTV (14-sentabr 2011-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2011-yil.
  15. Simon Cable. „Adele beats Lady Gaga to No 1 and matches The Beatles | Mail Online“. Dailymail.co.uk (21-Fevral 2011-yil). Qaraldi: 29-Iyun 2012-yil.
  16. „Adele's 'Someone Like You' Tops UK Singles Chart | Adele | News | MTV UK“. Mtv.co.uk (21-Fevral 2011-yil). Qaraldi: 29-Iyun 2012-yil.
  17. 27th January 2012, 13:13. „Adele Makes Billboard History After 'Set Fire To The Rain' Tops US Chart“. Capital FM (27-Yanvar 2012-yil). Qaraldi: 29-Iyun 2012-yil.
  18. Graham, Mark „VH1′s 100 Greatest Women In Music [COMPLETE LIST] – | VH1 Tuner“. Vh1.com (13-Fevral 2012-yil). Qaraldi: 29-Iyun 2012-yil.
  19. Pink. „Adele - 2012 Time 100: The Most Influential People in the World“, Time, Time Inc. (Time Warner) (19-aprel 2012-yil). 19-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-aprel 2012-yil.

Bibliografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]