Burchoqdoshlar: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ {{birlashtirish|Dukkakdoshlar}}
Olaf Studt (munozara | hissa)
Qator 15: Qator 15:


{{OʻzME}}
{{OʻzME}}
[[Turkum:Oʻsimliklar]]
[[Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar]]

11-Iyul 2014, 19:19 dagi koʻrinishi

Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar), (Fabaceae, Leguminosae) — ikki urugʻ pallali oʻsimliklarning bir oilasi. Yer yuzining hamma mintaqalarida keng tarqalgan. Baʼzan B.ni 3 kenja oila — mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaseaye yoki Fabaceae)ra ajratiladi. B.ning barglari koʻpincha ketmaket joylashgan, odatda, yon bargli va murakkab. Gullari asosan boshoqsimon, shingilsimon yoki kallaksimon toʻpgullarda oʻrnashgan, odatda zigomorf, ayrimlarida aktinomorf. Mevasi — dukkak.

B.ning 12000 turni birlashtirgan 500 turkumi (Oʻzbekistonda 528 turni uz ichiga olgan 57 ta turkumi) bor. B.dan oqsilga boy boʻlgan mosh, noʻxat, loviya, soya, yer yongʻoq oziq-ovqat uchun, toʻyimli oʻtloq oʻsimliklaridan beda, sebarga, esparset yemxashak uchun koʻplab ekiladi.

B. orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan, balzamli va qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar bor. Yer yongʻoq, Sano, qashqarbeda, shirinmiya, shildirbosh, oqquray, afsonak kabilardan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar, smolalar, vitaminlar va organik kislotalar tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

Choʻllarda uchraydigan qizboltir, oqmiya, achchiqmiya kabilar zaharli hisoblanadi. B.ning baʼzi zaharli turlari (derris, lonxokarpus) insektitsid sifatida ishlatiladi.

Kup B. (akatsiya, gledichiya, tuxumakva b.) manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. B.ga mansub koʻp oʻsimliklarning ildizida atmosfera azotini oʻzlashtiradigan azotobakter yashaydi. Shuning uchun B. azot birikmalari kam boʻlgan tuproqda ham yaxshi oʻsadi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil