Akatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Akatsiya – burchokdoshlar oilasiga mansub daraxt va butalar: 1) chin A. (Acacia) – mimozadoshlar kenja oilasiga mansub daraxt. 500 ga yaqin turi bor. Ko‘proq Avstraliya (250 dan ortiqroq turi), qisman Afrika va Arabiston yarim orol ida tarqalgan. Keyingi vaqtda A.ning ba’zi turlari boshqa joylar (Qora dengiz sohillari)da ham iqlimlashtirilgan. Chin A. mayda patsimon bargli, to‘pgullari erta bahorda ochiladigan bo‘lgani uchun xushmanzara o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Senegal, Efiopiya va Arabiston A.laridan aqoqiyo, ko‘pchilik chin A.turlarining po‘stlog‘idan oshlovchi moddalar olinadi; ba’zi chin A.turlarining mevasi va yog‘ochida ham oshlovchi va yelim moddalar bor; yog‘ochi mebel ishlab chiqarishda foydalaniladi; 2) oq A. yoki soxta A. (Robinia pseudoacacia) – kapalakguldoshlar kenja oilasiga mansub daraxt (qarang Ots akasiya); 3) sariq A. (Caragana arborescens) – buta tarzida o‘sadi (qarang Qarag‘ay).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Akatsiya" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil